.Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan qorin va opka ichak tomirlaridan iborat. Orqa qon tomiri yoqacha orqali xartumga otadi va bu erda kengayib, qon lakunini hosil qiladi. Bu joyda mayda almashinuv maxsulotlari toplanib, xartum selomiga, undan xartum teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboqiladi. Orqa tomiri orqali qon oldinga otadi va qisman jabralarga ketadigan juft tomirlarga otadi. Jabra yoriklari devorida qon tomirlari lakunlar tyrini hosil qiladi, bu erda oksidlangan ichak qorin tomirlariga keladi. Qonning asosiy qismi esa xartum lakuniga keladi, u erdan ikkita xalqumoldi tomirlari bilan xalqumni aylanib otib, qorin qon tomirlariga kelib kuyiladi. Qon qorin tomiridan tananing keyingi tomoniga oqadi va ichak yonidagi qon tomirlari orqali orqa qon tomiriga kelib quyiladi. Qonning qon tomirlari boylab harakatlanishi xartum bilan qon lakuni oraligida joylashgan muskulli pufakchaga oxshash yurak ning ritmik qisqarishi va kengayishi bilan bogliq. Muskullar qisqarganida pufakcha torayadi, lakun boshligi kengayib, qon uni toʻldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |