Faqat togarak ogizlilarda va qalqondorlarda ular entodermadan hosil boladi.Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning nafas olish organi opka. U hiqildoq orqali halqumga ochiladigan bir juft xaltachadan iborat. Opka embrional rivojlanish davrida halqum devorining qorin tomonida paydo boladigan bortmalar sifatida hosil bolib, entodermal kelib chiqishga ega. Rivojlanishining boshlangich davrlarida opka jabra yoriqlarining bir juft ichki, yani entodermal boshlangichini eslatadi. SHu holat va jabra bilan opkaning qon taminotidagi oxshashlik opka jabra xaltasining oxirgi juftiga gomologik ekanligidan dalolat beradi. Qon aylanish organlari. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi bosh suyaksizlarniki kabi yopiq. U ozaro bogliq qon tomirlardan iborat bolib, oddiy sxemada ikki oqimga bolinishi mumkin: elka oqimida qon boshdan dumga qarab oqsa, qorin oqimida teskari tomonga qarab oqadi. Bulardagi qonning harakati yurak faoliyatiga bogliq. Chalaxordalilar (hemichordata) tipi Tuban tuzilgan ikkilamchi ogizli hayvonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |