100 ga yazdin turi malum. Dengizlarda yakka xolda suv tubidagi loyga komilib yoki koloniya bolib hayot kechiradi. Tanasi bilaterial simmetriyali bolib, 3 bolim: Xartum (bosh kalqoni), oyokcha va gavdadan tashkil toptan. Selom boshligi xartumida bitta, oyoqcha va gavdasida esa bir juftdan boladi. CHalaxordalilar ichak devorida notoxord deb ataladigan xartumni totib turish vazifasini bajaradigan organ hosil boladi. Ichak devorida juft jabra yoriqlarining bolishi ularni xordalilar tipi bilan yaqinlashtiradi. Bu tipga ichak bilan nafas oluvchilar va qanot jabralilar sinfi kiradi.Ichak bilan nafas oluvchilar (enteropneusta) sinfiDengiz tubidan qazib yashaydigan 70 ga yaqin vakillari malum. Kopchilik turlari bir necha santimetr, ayrimlari esa 2,5 m ga etadi.Tuzilishi. Tanasi xartumcha, yoqacha va gavda deb ataladigan uchta bolimdan iborat. Xartumchasi yongoqsimon shaklda, uning ingichkaroq asosini yoqacha orab turadi. Gavdasi oldingi qismining yon tomonlarida ikki qator mayda jabra yoriklari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |