Mavzu; Xorazm maqomlari turkumi Reja



Download 77,88 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2022
Hajmi77,88 Kb.
#677880
  1   2   3   4
Bog'liq
Xorazm maqomlari mustaqil ish


Mavzu; Xorazm maqomlari turkumi

Reja;
Kirish

  1. Umumiy

  2. Xorazm maqomlarining cholg‘u yo‘llari (chertim yo‘li)

  3. Xorazm musiqiy rivojining ikki davri

  4. Xorazm maqomlarida musiqa asboblarinig oziga hosligi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Xorazm maqomlari muayyan tizimdagi turkum shaklida XIX asrning birinchi yarmida qaror topgan bo‘lib, bu turkum Buxoro maqomlari singari asosan Olti maqomdan iborat:
1. «Rost» maqomi (yoki Maqomi Rost).
2. «Buzruk» maqomi (Maqomi Buzruk).
3. «Navo» maqomi (Maqomi Navo).
4. «Dugoh» maqomi (Maqomi Dugoh).
5. «Segoh» maqomi (Maqomi Segoh).
6. «Iroq» maqomi (Maqomi Iroq).
Yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xorazm maqomlarining uzil-kesil qaror topishida Buxoro maqomchilik an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu o‘rinda atoqli musiqachi Niyozjon Xo‘janing xizmatlari alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Shunga ko‘ra, Niyozjon Xo‘ja XIX asr boshlarida Buxoroga kelganligi va Shashmaqomni maxsus o‘rganib, so‘ngra bu san’atni Xorazmda tarqatganligi aytiladi. Ayni vaqtda maqomlar Xorazm sharoitiga moslanib, mahalliy badiiy an’analar bilan bog‘liq jihatlarga ega bo‘lganligi ham ta’kidlanadi. Biroq, bu kabi ma’lumotlar Buxoro «Shashmaqomi» Xorazmga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirilganligini anglatmaydi, balki Xorazmda qadimdan mavjud maqomchilik an’analari namunalarini yaxlit bir tizmga tushirishda Shashmaqom turkumi andoza sifatida olinganli­giga ishora etadi.
XIX asrda yashab ijod etgan shoir va musiqashunos olim Pahlavon Niyoz Muhammad (taxallusi Komil Xorazmiy, 1825–1897) o‘zi kashf etgan «Tanbur chizig‘i» nomli o‘ziga xos «nota yozuvi» vositasida Xorazm maqomlarini yozib olish tajribasini boshlab bergan edi. Bu ishni uning o‘g‘li – Muhammad Rasul Mirzaboshi davom ettirgan. O‘ng tomondan chapga qarab o‘qilgan mazkur «nota yozuvi»da tanbur pardalariga oid 18 ta muvoziy chiziqlar bo‘lgan va bunda sadolanishi (bosilishi) lozim bo‘lgan pardalar nuqtalar vositasida belgilangan.

1.Umumiy tushincha


Xorazm maqomlari - maqom turi. Xorazmda maqom yoʻllariga yaqin mumtoz musiqa namunalari qadimdan maʼlum boʻlgan.
Bizgacha yetib kelgan shakli — olti maqom (Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom asosida 19-asr boshlarida shakllangan. Har bir maqom belgilovchi omil — muayyan lad tizimi va uning asosida yuzaga kelgan kuy yoʻllaridan iborat. Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomi kabi mustaqil tuzilishga ega boʻlgan chertim (cholgʻu) va aytim (ashula) boʻlimlarini oʻz ichiga oladi. Chertim yoʻli (boʻlimi) tani maqom, tarje, peshrav, muxammas, saqil, ufar kabi shaklan yakunlangan va nisbiy mustaqil qismlardan tashkil toptan. Boshlangʻich tani makom va yakunlovchi ufar har bir maqomda bittadan boʻlsa, oʻrtada keladigan peshrav, muxammas, sakil 2—3 tagacha boʻladi. Cholgʻu yoʻli yakkanavozlik va joʻrnavozlik usulida chalinadi. Yakkanavozlikda tanbur asosiy soz hisoblanadi. Joʻrnavozlik, odatda, tanbur, dutor, nay, boʻlamon, qoʻshnay, gʻijjak, chang , doiradan iborat ansamblda amalga oshiriladi.
Shuningdek, Xorazm maqomlarining dutor, surnay yoʻllari ham mavjud. Mas, 19—20-asr boshlarida Xivada 11 ta Xorazm dutor maqomi mashhur boʻlgan: Chapandoz, Navoiy, Sadri Iroq, Tashniz, Agʻyor va boshqa Tanbur yoʻllaridan farqli oʻlaroq ular turkumli asarlar boʻlib, har bittasi 2— 7 qism (mas, "Iroq" dutor maqomi "Oʻrta ufori", "Nigoron", "Oromijon", "Boymuxammad", "Saklansin") dan iborat boʻlgan. "Oraz bam va uforisi", "Majnun dali", "Roviy", "Miskin va uforisi", "Moʻgʻulcha ufori"lari M. Yusupov tomonidan "Oʻzbek xalq muzikasi"ning 6jildiga kiritilgan.
Aytim yoʻli tani maqom, talqin, nasr kabi asosiy qismlar — shoʻʼbalar va ular negizida tuzilgan tarona, suvora, naqsh, faryod va ufar deb nomlangan variant qismlardan tashkil topadi.

Dastlab Xorazm maqomlari ijrosida forstojik (Hofiz, Jomiy kabi) va keyinchalik uzbek, ozar mumtoz shoirlari (Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiylar)ning gʻazallaridan foydalanilgan.
Xorazm maqomlari va Buxoro Shashmaqomining umumiy va farq qiluvchi tomonlari mavjud. Tashqi tomondan Xorazm maqomlari Rostdan, Shashmaqom Buzrukdan boshlanadi. X.mda Iroqning ashula boʻlimi unutilgan, Rost maqomining chertim yoʻllari asosida 8 qismdan iborat Panjgoh turkumi yaratilgan; suvora, naqsh, faryod qismlari oʻziga xos xususiyatlarga ega; savt va moʻgʻulcha kabi 2guruh shoʻʼbalari uchramaydi. Ichki tuzilishi jihatidan koʻpchilik doyra usullari, kuy kiyofasi, ijrochilik uslubi mustakilligi bilan ajralib turadi.
Xorazm maqomlari Komil Xorazmiy ixtiro qilgan tanbur chizigʻida uning oʻzi va oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzaboshi tomonidan toʻla yozilgan (1886). Hozirgi nota yozuvida Ye. Romanovskaya chertim yoʻllarini ("Xorazm klassik muzikasi", T., 1939) va M. Yusupov chertim va aytim yoʻllarini ("Oʻzbek xalq muzikasi", 6j., T., 1958) yozib olgan. M. Yusupov tomonidan keyinchalik nashrga tayyorlangan "Xorazm maqomlari" toʻplamiga (T., 1980—1987) Xorazm mumtoz musiqasining boshqa janrlari (suvora, faryod kabi) namunalari ham kiritilgan. Ye. Romanovskaya, Il. Akbarov tomonidan Matyoqub Xarratov tanburda ijro etgan ayrim parchalar fonografga yozilgan (1934). Sanʼatshunoslik intida K. Otaniyozov va K. Ismoilovlardan Rost, Navo, Dugoh, Segoh (1949), H. Boltayevdan Buzruk (1952) makomlarining ashula yoʻllari magnit lentasiga yozib olingan.
Xorazm maqomlari ijrochiligining yirik namoyandalari Niyozjonxoʻja, Komil Xorazmiy, Feruz, Xudoybergan muhrkan, Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar, M. Xudoyberganov, K. Otaniyozov, H. Boltayev, M. Raximov, N. Yusupova, M. Yusupov, R. Jumaniyozov va boshqa dir
Xorazm maqomlari asoslariga kelsak, bu masalaga ikki tomonlama yondoshish zaruriyati tug’iladi. Chunki Xorazm maqomlari yuzasidan turlicha qarashlar, bahstalab fikrlar mavjud bo’lib, barchasiga ma’lum darajada yondoshish, qaysi tomonning fikri haqiqatga yaqinroq ekanligini idrok etish zarur bo’ladi. Bu san’at muxlislarining fikriga bog’liq.
Birinchidan, Xorazm maqomlarining yaralishi va ijro uslublari haqidagi bahslarga quloq tutmoq zarur bo’ladi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, xorazmlik sozanda va bastakor Niyozjon Xo’ja XIX asr boshlarida Buxoroga borib «Shashmaqom»ni o’rganib, Xorazmda uni targ’ib qilgani, Xorazm maqomlari «Shashmaqom»ning o’zginasi ekanligi aytib o’tiladi.
Ikkinchi bir manbalarda Xorazm maqomlarining ayrim qismlaridagi parchalar tuzilish jihatidan va xarakter jihatidan bir-biridan farq qilinishi aytiladi. Qanday bo’lmasin, Xorazm maqomlari Muhammad Rahimxon Soniy - Feruz davrida mashhur shoir va musiqashunos Komil Xorazmiy va o’g’li Muhammad Rasul Mirzo hamda shogirdlari tomonidan Xorazm olti yarim maqomi «Tanbur chizig’i»ga notalashtirilganligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud.
Xonning o’zi ham etuk shoir, sozanda, bastakor, hofiz bo’lganligi, qadimiy maqom kuylari asosida «Navo», «Segoh», «Dugoh»larga bog’lab kuylar yaratgani, u yaratgan Feruz I, II, III ijrolari xalq ichida mashhur bo’lib ketganligi aytib o’tiladi. Hatto Xorazm maqomlarini xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilib, maqomlarni kamsitgan yoki buzib ijro etganlarni qattiq jazolash haqida farmoni oliy chiqarganligi aniq manbalar asosida ko’rsatiladi.

Xorazm maqomlarini notalashtirishga qator musiqashunos olimlar qo’l urishgan. Mulla Bekjon bilan mashhur musiqashunos Matyusuf Devon 1925 yilda Moskvada chop etilgan «Xorazm musiqiy tarixchasi» asarida Xorazm maqomlarining tuzilishi, shakllari, ijro yo’llari haqida ma’lumotlar berishgan va ayrim nota ko’rinishlari bilan to’ldirishgan. Xorazm maqomlari bilan taniqli musiqashunos E.E. Romanovskaya ham shug’ullangan bo’lib, shunday yozadi:
«So’nggi xonlar davrida (XIX asr) Xivada ijro etib kelingan maqomlar ham 1934 yilda O’zbekiston san’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti ekspeditsiyasi yozib olgan maqomlar aslida Buxoro maqomlaridir. Bu maqomlarni bundan taxminan 130 yil burun Niyozxo’ja degan sozanda, mashshoq Buxorodan Xivaga olib kelgan».
Bu haqda qanday fikrlar aytilmasin, baribir, Xorazm maqomlari ijrosida alohida uslub va shakllarga ega bo’lgan, usul va ritmi jihatidan «Shashmaqom»dan farq qiladigan alohida ijro maktabini kuzatamiz. O’z davrida Xorazm ijrochilik maktabining buyuk namoyondalari etishib chiqdilar. Muhammad Yoqub devon, Bobo bulomon, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Bayoniy, Qurji ota, Polli do’zchi, Muhammad Rasul Mirzo, Xudoybergan Muhrkan, Muhammad Yusuf Devon-Chokar, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ulug’ san’atkorlar shular jumlasidandir.
Xorazm maqomlarini Matpano ota, Madrahim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov va boshqa ustozlardan o’rganib notaga olgan, uni avval bir jild, keyin 1980 yilda uch jildlik etib chop qildirgan, yana bir ulkan bastakor Matniyoz Yusupovdir (1925-1992).
Xorazm maqomlari quyidagi tartibda keladi:
Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq, Panjgoh.
Xorazm maqomlarining bevosita tuzilishi va ijroviy xususiyatlariga kelsak, avvalda Shashmaqom yo’llarining aytim bo’limidagi sho’hbalar saqlab qolingan. Lekin keyinchalik Xorazm ijrochilik maktabining tez rivojlanishi natijasida ashula yo’llarida juda ko’p o’zgaruvchanlikni kuzatamiz.
Ba’zi sho’hbalarning nomlanishida ham ijro xususiyatlarida ham o’zgaruvchanlik mavjud. Masalan, tarona qismlari «Rost» maqomida, «Suvora», «Naqsh», «Faryod»; «Buzruk»da esa «Sayri gulshan», «Navo»da - «Suvora», «Faryod», «Naqsh»; «Dugoh»da - «Suvora»; «Segoh»da - «Naqsh» va «Muqaddima» deb nomlanadi. Aytim bo’limlarining bosh sho’hbasi bo’lgan Sarahborlar Xorazmda maqomlar nomi bilan - Maqomi Rost, Maqomi Buzruk, Maqomi Navo, Maqomi Segoh, Maqomi Dugoh deb nomlanadi. Shunday holat - chertim bo’limlarida ham kuzatiladi.
Xorazm maqomlaridagi aytim va chertim bo’limlarining boshlanish qismidagi bir xillik bunga sababdir. Xorazm maqomlarida Sarahborlarning ba’zi taronalari terma holda, avj qo’shilib, yirik shakldagi ashulaga aylantirilgan. «Sarahbori Rost»da uchta tarona mavjud bo’lib, «Tarona», «Suvora», «Naqsh» deb nomlanadi.
Sarahborlar taronalari bilan aytilganidan so’ng, talqin sho’hbalariga o’tiladi. Ular Talqini Rost, Talqini Buzruk, Talqini Navo, Talqini Segoh deb nomlanadi. Xorazm maqomlarida o’n beshta nasr yo’llari mavjud bo’lib, «Xorazm maqomlari» kitobida sakkizta nasr sho’hbalari beriladi. Ular «Rost» maqomida «Navro’zi sabo», «Buzruk»da Nasrulloyi, Navoda - Faryod va Orazi Navo, Dugohda Chorgoh va Bayot, Segohda - Sabo, Navro’zi Xoro, Nasri Ajam deb nomlanadi.
Xorazmda keng tarqalgan aytim ijrolaridan biri Suvora yo’llaridir. Suvora iborasi tojikcha otliq, chavandoz ma’nolarini bildiradi. Suvoralar shakl jihatdan maqom sho’hbalari kabi yirikdir va usullari Soqiynoma yoki Ufar doyra usullarida bo’ladi. Hozirda Suvora yo’llarining turli namunalari keng tarqalgan. Birinchi asosiy Katta Suvora «Ona Suvora» deyiladi yoki «O’zbek Suvorasi» deyiladi. Ba’zida «Tojik Suvorasi» deb ataladi. Asosiy suvoralar quyidagilardan iborat:

Download 77,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish