Xorazm musiqasi rivojining ikkinchi davr
(hijriy 1221-1281/1803-1863 yillar)
Muhammad Rahimxon I zamonidan to Muhammad Rahimxon II (soniy) zamonigacha o‘tgan oltmish yil Xorazm musiqasining ikkinchi davrini tashkil qiladi. Bu davrda qadimdan davom etib kelgan umumiy turkiy sozlar qo‘llanilsa-da, yangidan davraga kirgan musiqiyshunoslar o‘z mahorat va iqtidorlari bilan Xorazm musiqiysiga yangi uslub va yo‘llarni kirita boshladilar. Ko‘pchilik ularning yangi uslublariga taqlid qilishga kirishgan va Xorazm musiqiysi ancha taraqqiy etishga yuz tutgandi.
Tanbur bilan barcha maqomlarni ijro etish uchun tanburni uch turli etib sozlanadi:
1. Rost maqomiga, Panjgoh maqomiga sozlamoq uchun ikki yon tarafdagi torlarining erkin va tarangligi barobar qilinib, tovushlari bir-birlariga teng, tik ohang (ikkalasi ham katta oktava “sol”, unison – B.M.) bo‘ladi. Ammo o‘rta tori bo‘shroq (salki, birinchi tor katta oktava “sol” – ikkinchi tor katta oktava “do” oraliq sozi kvinta - B.M.) bo‘ladi.
2. Segoh maqomiga, Iroq maqomiga, Buzruk maqomiga, Dugoh maqomlari uchun, o‘rtadagi tor Rost maqomiga qaraganda bir oz tarang (birinchi tor katta oktava “sol” – ikkinchi tor katta oktava “re” oraliq sozi kvarta – B.M) sozlanadi.
3. Navo maqomi uchun o‘rtadagi tor yuqoridagi ikki turli sozlanishga qaraganda ham tarangroq tortiladi (birinchi tor katta oktava “sol” – ikkinchi tor katta oktava “fa”, oraliq sozi katta sekunda – B.M).
Bu uch turli sozlanishda ham o‘rtadagi torning tarangligi har ikki tarafdagi torlarning tarangligiga nisbatan bo‘shroq bo‘ladi. Shunday tarzda sozlangan tanburda xarrak (eshak)ning joylashadigan o‘rni tanburning bosh tarafidan dastasiga qarab pastga uch barmoq hajmidagi o‘lchamda bo‘ladi.
Tanburning oltinchi pardasi Dugoh, Iroq, Buzrug maqomlarini chalganda yettinchi bilan oltinchi pardalarining o‘rtasidagi oraliqning uchdan biri qadar pastga tushiriladi. Segoh, Navo, Rost maqomlarini chalganda mazkur oltinchi parda o‘z o‘rnida turadi.
Xulosa
Ushbu mustaqil ish davomida Xorazm maqomlari, Xorazm musiqiy rivojining ikki bosqichi va Xorazm maqomlarida musiqiy asboblarining o’ziga hosligi haqida keng tushincha va bilimlarga ega bo’lindi. Xorazm maqomining bizgacha yetib kelgan shakli — olti maqom (Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom asosida 19-asr boshlarida shakllanganligi va har bir maqom belgilovchi omil — muayyan lad tizimi va uning asosida yuzaga kelgan kuy yoʻllaridan iboratligi, Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomi kabi mustaqil tuzilishga ega boʻlgan chertim (cholgʻu) va aytim (ashula) boʻlimlarini oʻz ichiga olishi haqida o’rganildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
(“Асрлар нидоси” Ҳайдар Хоразмий “Гулшан ул-асрор”. T., Адабиёт ва санъат нашриёти. 1982. 40 б.)
O.Ibragimov. T.: San'at, 2006.
Wikipediya - Xorazm maqom turkumi
Do'stlaringiz bilan baham: |