Mavzu: Xondamirning ‘‘Makorim ul-axloq’’ asarida Navoiy shaxsiyati va faoliyatiga doir qarashlar. Mavzu: Xondamirning ‘‘Makorim ul-axloq’’ asarida Navoiy shaxsiyati va faoliyatiga doir qarashlar



Download 61,33 Kb.
bet6/10
Sana21.04.2022
Hajmi61,33 Kb.
#568915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Navoiyshunoslik 1-slayd

Gʼiyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk oʼzbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning hayoti hamda adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati toʼgʼrisidagi qimmatli manba hisoblanadi. «Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli toʼliq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini oʼzaro solishtirish asosida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi. Tarjimaning tadqiqot qismida Xondamirning hayoti va ijodi, asarning qoʼlyozma nusxalari va uning nashri toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berilgan. Qisqacha qilib aytganda, «Makorim ul-axloq» buyuk shoir va olim Navoiyning yirik davlat va jamoat arbobi hamda ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi shaxsiyatini bor boʼyi bilan koʼrsatib beradigan muhim manbadir. Xondamir oʼzining debocha, muqaddima, oʼn maqsad (bob), xotima hamda Navoiyning qanday vafot etganligi toʼgʼrisidagi bobdan iborat boʼlgan ushbu asarida asosiy diqqat-eʼtiborni uning donishmandligi va yuksak zakovati, olimlik, shoirlik va yozuvchilik borasidagi isteʼdodlari hamda rahmdillik, saxiylik va xokisorlik kabi goʼzal xulqlari va olijanob xislatlariga qaratish bilan birgalikda, ushbu buyuk shaxs hayotida uning bolalik chogʼlaridan tortib umrining oxirigacha boʼlgan davrda yuz bergan muhim voqealarni ham imkoni boricha qamrab olishga harakat qilgan.

Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma'naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot beradi.Alisher Navoiy tarjimai holi va uning fazilatlari haqida maktab xrestomatiyalari va darsliklarida ham ko‘plab lavhalar keltirilgan, ilmiy ishlar yaratilgan. Bularning barchasiga Xondamirning «Makorim ul-axloq» kitobida keltirilgan materiallar ham asos bo‘lganligiga shubha yo‘q.U bolalik davridan boshlab ilm olishga harakat qiladi. Yigitlik davrida olim va fozillar yig‘inlarida ishtirok etadi. Mustaqil holda kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Samar­qandda Xoja Fazlulloh Abullaysiydan saboq oladi.Hirotda shoirning do‘sti Husayn Boyqaro hokimiyatni qo‘lga olgach, Navoiy Hirotga qaytadi va «Bunda eng yuqori mansab - amirlik darajasiga ko‘tariladi. Hukumat arboblarining rahbarligini, butun xalq va hukumat maqsadlarini hal qilishni, mamlakat va millat ishlarini tartibga solishni, din va davlat ahvolini intizomga qo‘yishni o‘z ustiga olish bilan birga, butun vaqtini kitob iboratlarini tuzatish, ma'nolarini tekshirish, dalillar bilan isbot etish, masalalarni hal qilish, naq­liy (eshitish orqali bilingan, o‘zlashtirilgan bilim) ilmlarning sirlarini va aqliy fanlarning nozik nuqtalarini topishga harakat qildi». Amirlik lavozimidagi Navoiy atoqli olimlar, san'at ahllarini ham ma'naviy, ham moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi, talabalarga nafaqalar belgilab, chuqur va mus­tahkam bilim olishlari uchun madrasalar qurdiradi. «Xalosiya» xonaqohi, «Ixlosiya», «Shifoiya», «Nizomiya», «Xusraviya» madrasalari shular jumlasidan bo‘lib, bu o‘quv dargohlarida zamonasining yirik olimlari saboq beradi. Fuqaro va darveshlar uchun saxovat ishlarini boshlab yuboradi.


Download 61,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish