Mavzu: Xondamirning ‘‘Makorim ul-axloq’’ asarida Navoiy shaxsiyati va faoliyatiga doir qarashlar. Mavzu: Xondamirning ‘‘Makorim ul-axloq’’ asarida Navoiy shaxsiyati va faoliyatiga doir qarashlar



Download 61,33 Kb.
bet7/10
Sana21.04.2022
Hajmi61,33 Kb.
#568915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Navoiyshunoslik 1-slayd

Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma'naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot beradi.Alisher Navoiy tarjimai holi va uning fazilatlari haqida maktab xrestomatiyalari va darsliklarida ham ko‘plab lavhalar keltirilgan, ilmiy ishlar yaratilgan. Bularning barchasiga Xondamirning «Makorim ul-axloq» kitobida keltirilgan materiallar ham asos bo‘lganligiga shubha yo‘q.U bolalik davridan boshlab ilm olishga harakat qiladi. Yigitlik davrida olim va fozillar yig‘inlarida ishtirok etadi. Mustaqil holda kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Samar­qandda Xoja Fazlulloh Abullaysiydan saboq oladi.Hirotda shoirning do‘sti Husayn Boyqaro hokimiyatni qo‘lga olgach, Navoiy Hirotga qaytadi va «Bunda eng yuqori mansab - amirlik darajasiga ko‘tariladi. Hukumat arboblarining rahbarligini, butun xalq va hukumat maqsadlarini hal qilishni, mamlakat va millat ishlarini tartibga solishni, din va davlat ahvolini intizomga qo‘yishni o‘z ustiga olish bilan birga, butun vaqtini kitob iboratlarini tuzatish, ma'nolarini tekshirish, dalillar bilan isbot etish, masalalarni hal qilish, naq­liy (eshitish orqali bilingan, o‘zlashtirilgan bilim) ilmlarning sirlarini va aqliy fanlarning nozik nuqtalarini topishga harakat qildi». Amirlik lavozimidagi Navoiy atoqli olimlar, san'at ahllarini ham ma'naviy, ham moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi, talabalarga nafaqalar belgilab, chuqur va mus­tahkam bilim olishlari uchun madrasalar qurdiradi. «Xalosiya» xonaqohi, «Ixlosiya», «Shifoiya», «Nizomiya», «Xusraviya» madrasalari shular jumlasidan bo‘lib, bu o‘quv dargohlarida zamonasining yirik olimlari saboq beradi. Fuqaro va darveshlar uchun saxovat ishlarini boshlab yuboradi.

U qurdirgan rabotlar, hovuzlar, ko‘priklar, hammomlarning son-sanog‘i yo‘q edi. Buzilgan obidalar, masjidlar uning rahnamoligida qayta ta'mirlanadi. Alisher Navoiy qobiliyati va zehnining o‘tkirligi tufayli har ikki tilda - turkiy va forsiyda bab-baravar badiiy yuksak she'rlar yozadi.Uning turkiy tilda Nizomiyning «Panj ganj»i­ muqobilida yaratilgan besh dostondan iborat «Xamsa» asari, 25 ming baytni o‘z ichiga sig‘dirgan turkiy g‘azallardan tuzilgan turkiy devoni - «Xazoyin ul-maoniy»ga bolalik, yigitlik, o‘rta yosh va, nihoyat, keksalik davrida yozilgan g‘azallari tartib berilgan.Navoiyning yana bir buyuk asari «Mezon ul-avzon» risolasi ham turkiy tilda aruz vazni haqida yozilgan bo‘lib, shoirning she'r san'ati borasida yuksak mahoratga hamda chuqur bilimga egaligidan dalolat beradi.Alisher Navoiy forsiy tilda yaratgan qasida va g‘azallar ham olti ming bayt­ni tashkil etadi.Xondamir shoir asarlarining shuhrati haqida shunday yozadi: «G‘oyatda ochiq va yengilligi, ajoyib ma'nolar bilan bezalishi, so‘z boyligi va betakallufligi, zo‘rakilikning yo‘qligi orqa­sida, oz muddatda bu badiiy baytlar va to‘la ziynatli nazmlarning latiflik va noziklik shuhrati shunday darajaga yetdiki, dunyo tevaragidagi mamlakatlarning podshohlari ataylab Hirot poytaxtiga suxandon elchilar yuborib, san'atning nishonli kulliyotlarini talab qiladilar. Arab va Ajam... Hirot va Xo‘tan mamlakatlarining chegaralaridan boshlab, to Rum va G‘arb mamlakatlarining oxirigacha shoh va gado, yosh va qari, musulmon va kofir, yaxshi va yomon og‘zida ul hazratning go‘zal nazmlari mazkur va butun xalq ommasi va ayrim tabaqalarning ko‘ngil sahifalarida va qalb lavhalarida muborak she'rlari naq­shlangandir», - deb ta'rif beradi.


Download 61,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish