8-mavzu. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH BO’YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI
1. Auditning maqsadi, ma'lumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish
Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'iy nazar korxonalardagi mehnat jarayoni ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi respublika mehnat qonunchiligining asosiy hujjati O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi1 (O`zR MK) hisoblanadi. Unda xodimlarning asosiy mehnat huquqlari belgilangan.
«Har bir xodim:
o`z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo`lmagan miqdorda haq olish;
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o`rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to`lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish;
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
ish bilan boqliq holda sog`ligiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o`rnini qoplash;
kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
qariganda, mehnat qobiliyatini yo`qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy ta'minot olish;
o`zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
jamoalarga doir mehnat nizolarida o`z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir»2.
Audit jarayonida auditor, ayrim korxona darajasida ishga haq to`lash va ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish unda qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga oshirilganligi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari ishtirokida ishlab chiqilganligiga alohida e'tibor berishi lozim.
Mehnat shartnomalari3:
ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o`rtasida (jamoa shartnomasi);
ish beruvchi va ayrim xodimlar o`rtasida (mehnat shartnomasti, to`liq moliyaviy mas'uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin.
quyidagilar ish beruvchilar bo`lishi mumkin:
korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo`linmalari o`z rahbarlari timsolida;
mulkdorlarning o`zi ayni bir vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar;
o`n sakkiz yoshga to`lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
Ish beruvchi:
korxonani boshqarish va o`z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat tuzish va bekor qilish;
mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
o`z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beruvchilar bilan jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo`lish huquqiga egadir.
«Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emasligi kafolatlangan»4. Ularni qo`llash mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, «agar ish beruvchi xodimga ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni»5 to`lamagan taqdirda xodim o`z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan O`zR MK da belgilab qo`ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga haqli. Ish beruvchi haq to`lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi vakillik organi (yoki korxona xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa biror organ) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o`rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me'yoriy hujjatdir. Uning shartlari mehnat jamoasi a'zolari uchun ham, xodimlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Jamoa shartnomasining predmeti mehnat va unga haq to`lash shartlari, mehnat jamoasi a'zolariga ijtimoiy uy-joy-maishiy va tibbiy xizmat ko`rsatish, ish beruvchi tomonidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar hisoblanadi.
Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o`zlari vakolat bergan boshqa vakillik organ - orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.
Tekshiruv o`tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to`lash va mukofotlash to`g`risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to`lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo`limi komputerlashganligi va boshqalarni aniqlashi lozim. Test savolnomasini o`tkazish bo`yicha namunaviy savollar ro`yxati 8.1-jadvalda keltirilgan.
8.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |