Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbekistonda siyosiy-huquqiy fikrlar



Download 0,57 Mb.
bet8/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#755393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
007 XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O’ZBEKISTONDA SIYOSIY HUQUQIY FIKRLAR

Avaz birikim shoiri tozadur.
Vale tozalik ichra ovozadur.
Kamoliga gar yetsa bu fan aro,
Bo’lur nazm aro fozili bebaho.
Avaz mexnatkash ommaning xuquqsizlik, og’ir moddiy muhtojlikka giriftor etilgani, buning evaziga bir to’da hukmron doiralarning farog’at surayotganliklarini tushuna boshlaydi2.
Avaz siyosiy qarashlaridagi g’oyaviy niyat el-yurt ravnaqi uchun xizmat qilishi lozim deb hisoblaydi, shu jihatdan u saroy ahlining qarashlari bilan o’z qarashlari o’rtasida keskin farq borligini ta’kidlaydi.
Avaz saroy ahli izidan bormagani, xalqchillik va ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surgani uchun ham zamonasining reaksion guruhlari ta’qibiga, jazolariga giriftor bo’ldi.


XULOSA
XIX asrning ikkinchi yarmida O’zbekiston tuprog’ida ibratomuz tarzda yashagan, mamlakatimiz siyosiy-huquqiy qarashlar tizimiga hissa qo’shgan ko’plab ma’rifatparvar shoiralarning ijtimoiy - siyosiy va falsafiy asarlari, jumladan bu asarlarda olg’a surilgan va asoslangan hurfikrlilik g’oyalari diqqatga sazovordir.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev aytganlaridek, “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor”1.
Darhaqiqat, o’zbek xalqining boy ma’naviyati ham o’zining chuqur tarixiy ildizlariga ega. Bu ildizlar yaqin o’tmishda yashagan ulug’ bobokolon olimlarimizning, taniqli ma’rifatparvarlarimizning g’oyat boy, jumladan siyosiy-huquqiy, buning tarkibiy qismi bo’lgan hurfikrlilik g’oya, qarashlariga borib taqaladi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashagan va ijod qilgan Furqat, Zavqiy, Muqimiy, Gulxaniy, Anbar Otin, Avaz O’tar va Ahmad Donish
kabilarning ibratli hayoti, ko’p qirrali faoliyati va sermazmun ijodlariga o’sha davrdagi ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayot bevosita ta’sir etgan,ularning faoliyati va ijodlarida aks etgan.
U davr esa 100 yildan ziyodroq vaqtni o’z ichiga olgan juda og’ir, murakkab, musibatu kulfatli, azobu-uqubatli zamon edi. Markaziy Osiyo uch xonlikka, XIX asr ikkinchi yarmida esa ikki xonligi Turkiston general-gubernatorligiga bo’ linib ketgan edi. Mazlum xalq boshidan kechirayotgan vaqt esa bu mintaqaning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli singari juda sekin, samarasiz, notinch o’tib borgan edi.
Ulug’ mutafakkirlarning ilmiy tadqiqotlari, ijtimoiy-falsafiy g’oyalari, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashagan va ijod qilgan o’zbek ma’rifatparvarlari ijod va faoliyatlarida davom ettirilgan, boyitilgan, Bularning boy siyosiy-huquqiy qarashlari, jumladan, hurfikrlilik sohasidagi fikrlari milliy qadriyatlarimizda salmoqli o’rinni egallaydi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillikni mustahkamlash uchun g’oyat zarur bo’lgan siyosiy-huquqiy qarashlar rivojini o’rganish, umuman siyosiy-huquqiy fikrlarni jiddiy tarzda qayta ko’rib chiqishni, ularni xolisona, yangi yondoshuvlar asosida tahlil qil ishni taqozo etadi. Bu esa birinchi navbatda, qayta tiklanayotgan merosga farqlab yondoshishga, eng muhimi, umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratlashtirish jarayonini mustahkalash va yangilash talablariga javob beradigan, siyosiy-huquqiy jihatdan ahamiyatli jihatlarini tanlab olish zaruriyatini talab qiladi.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek, “O’zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og’ir sinovlar bo’lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O’zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to’siq va sinovlarni o’z kuchi va irodasi bilan yengib o’tishga qodir, deb baralla aytishga to’la asos beradi. 
Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz”1. Shuning uchun, mamlakatimiz xalqining tarixi haqidagi haqiqat el-yurtimizning fidoyi, ma’naviy jihatdan boy, o’z yo’lidan, maslagidan qaytmaydigan yoshlarni xabardor qilish zarur. Uzoq va yaqin o’tmishda yashagan, ijod qilgan mutafakkiru ma’rifatparvarlarimizning bizga meros qilib qoldirgan siyosiy-huquqiy qarashlari davlatchiligimiz tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu holatni nazarda tutib, biz faqat hurfikrlilik darajasiga yetgan va ijodida
hurfikrlilik g’oyalari mavjud bo’lgan siymolarnigina o’rganib chiqdik va mazkur bitiruv malakvaiy ishni o’rganishda quyidagi xulosa va takliflarni chiqdik:

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish