Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmida o’zbekistonda siyosiy-huquqiy fikrlar


II BOB. MA’RIFATPARVARLIK HARAKATI NAMOYONDALARI TOMONIDAN ILGARI SURILGAN SIYOSIY-HUQUQIY FIKRLAR



Download 0,57 Mb.
bet5/12
Sana07.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#755393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
007 XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O’ZBEKISTONDA SIYOSIY HUQUQIY FIKRLAR

II BOB. MA’RIFATPARVARLIK HARAKATI NAMOYONDALARI TOMONIDAN ILGARI SURILGAN SIYOSIY-HUQUQIY FIKRLAR
2.1. Ahmad Donishning o’z davrdagi siyosiy-ijtimoiy masalalarga munosabati
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro madaniyatining taraqqiyparvar arboblari orasida Ahmad Donish yetakchi o’rinda turadi.
Ahmad Donish 1827 yilda Buxoro shahrida kambag’al mulla oilasida tug’iladi. Donish-bu uning adabiy taxallusidir. Boshi kattaligi uchun uning zamondoshlari Ahmad Kalla deb atashgan. Tabiiy va aniq fanlarni yaxshi bilgani uchun uning taxallusi yoniga Muhandis deb laqab ham qo’yganlar. Uning ota-onasi savodli odamlar bo’lishib, ammo nochor holda yashashgan. Uning otasi dehqon oilasidan Sug’ut qishlog’idan shaharga o’qishga kelgan va o’qishni tamomlagandan keyin Buxorodagi masjidlardan birida mullachilik qilgan. Onasi bilimga chanqoq ayol bo’lgan va bu narsa yosh Ahmadga o’tgan. U to’qqiz yoshga to’lganda maktabga berishadi. U yerda u Qur’onni yod olishi va qori nomini olishi kerak edi. Biroq yosh Ahmad uchun bu yerdagi ta’lim u qadar qiziqarli bo’lmagan. Quyidagi uning so’zlaridan buning sababini ko’rishimiz mumkin: «Bolaligimizda deb yozadi keyinchalik Donish- mehnatimni bekorga sarf qilgan ekanman. Men ko’rdimki, qori bolalarga Qur’on o’qib, yod olishni o’rgata olish kerak va o’yladimki bunday bo’lishni nima keragi bor? Axir bolalarni to’poloni va ularni savalashdan boshqa yakuniy natijani ko’rmayapman. Boshqa foydasini ko’rmayapman.
Amir uni ishga olib har bir qo’lyozma uchun 10 dirhamdan ish haqi tayinlaydi. Ustozi vafot etgandan keyin uning o’rniga Ahmadni tayinlab 1000 dirham oylik maosh tayinlaydi. Ertadan kechgacha amirning huzurida bo’lgan bu paytda Ahmad Donish 24-25 yoshlarda bo’lgan. Donishning yozishicha uni saroy ahli shunchaki hattot va rassom deb bilishgan, keyinchalik uning boshqa fanlarda qobiliyatlari nomoyon bo’lgach hurmati yanada oshadi.
Ahmad Donish, Ibn Sino, Umar Xayyom, Navoiy, Fuzuliy va ayniqsa Bedil asarlarini juda qiziqib o’qidi. Ahmad Donish tomonidan Fuzuliyning ozarbayjon, turk tilida yozilgan she’rlaridan olgan parchalari juda qiziqarlidir. Bu esa Donishning Fuzuliy g’oyalari, uning astronomiya haqidagi fikrlari bilan qiziqqanligidan dalolat beradi.
Ahmad Donish Bedil asarlarini yuqorida ko’rsatilgandek, uning falsafiy qarashlarini xususan koinotning abadiyligi, materiya, ruhning jismga munosabati va hakozalar haqidagi qarashlarini tahlil qiladi.
1857 yil amir Nasrullo Peterburgga o’z elchilik delegatsiyasini yuboradi. Elchilar zimmasiga rus hukumatiga Nikolay I (1855) vafoti sabab ta’ziya izhor etish va yangi imperator Aleksandr II taxtga o’tirgani bilan qutlash ya’ni Rossiya va Buxoro o’zaro savdo aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish haqida shartnomalar boshlash majburiyati yuklatilgan edi. Ahmad Donish amir hurmat e’tibori bilan elchilar delegatsiyasining kotib sifatida boradi. Shaxsan Amir Nasrulloning Ahmad Donishga Rossiyadagi davlat qurilishi va uning hayotini ko’rib, o’rganib kelishni topshiradi. Bu haqda Ahmad Donish shunday yozadi: «Menga shunday topshiriq berilgan edi, mamlakat ichki tartiblarini o’rgan, davlat qurilishiga yaxshi e’tibor ber va bu haqda amir janoblariga etkaz. Biz qo’shni davlatlar haqida faqat savdogar va sayyohlar so’zlaridangina bilamiz1.
Buxoro elchilari Peterburgda 1857 yilning yanvaridan 1858 yilning 11-12 yanvarigacha bo’lishadi. Bu vaqt davomida rasmiy uchrashuv va kelishuvlardan tashqari vazirlar bilan Rossiya hukmdor doiralari elchilar missiyasi poytaxtning bir qator diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladilar. Shu jumladan texnika instituti, Aleksandrovsk imperator manafakturasi, Isakov sobori, Fosfor zavodi, Imperator botanika bog’i, Imperator FA muzeyi, Pulkovsk astronomiya rasadxonasi, Sar qishlog’i (qirollik) va boshqalar.
Ahmad Donish elchilar tarkibida Peterburgda bo’lib, Yevropa madaniyati, ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi, mutafakkir dunyoqarashida katta burilish yasadi va o’z taassurotlari ta’sirida Buxoroda mavjud tartiblarni isloh qilish loyihasini olg’a surdi2. Ahmad Donishning o’z taassurotlari va isloh qilish haqida g’oyalari amirga ta’sir qilmadi.
1860 yil Buxoro taxtiga amir Muzaffar o’tiradi uning davrida Samarqand, Jizzax, Qo’qon xonligi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinadi. Buxoro amirligining qolgan qismi Chor Rossiyasining vassaliga proretoratiga aylanadi. Uning davrida mamlakatning iqtisodiy ahvoli yanada pasayib amir Muzaffar davrida ham Ahmad Donish amir saroyida faoliyat yuritadi.
1868 yilda amir Muzaffarning Chor Rossiyasi bilan tuzgan sulhidan keyin Peterburga yana o’zini elchilarini yuboradi. Elchilar tarkibida yana Ahmad Donish ham bor edi. Elchilar delegatsiyasi 1859 yil 2 noyabrdan to 10 dekabrgacha bo’lishadi. Elchilar tarkibida amirning o’g’illaridan biri bo’lib, Ahmad Donish yozishi bo’yicha madaniyatsiz, johil Rossiya hukumati haqida hech qanday tasavvurga ega emas bo’lib, Buxoro elchilarining Rossiyaga tashrifi boshidan oxirigacha “kulgili”, “sharmandali” bo’lib, bularning hammasiga amirning yaramas odamlari sabab1.
Elchilar delegatsiyasi oldidagi eng asosiy vazifa imperator Aleksandrga sodiqligi va amir Muzaffarning do’stona munosabatda ekanligini yetkazish, CHor Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyoda bosib olingan yerlarni qaytarishni, so’rash topshirig’i edi. Ahmad Donish tushunib yetadiki, bundan hech narsa chiqmaydi va buni utopiya ekanligini tushunadi. Ahmad Donish yozishicha, Buxoro elchisi imperatorga quyidagi so’zlar bilan murojaat qiladi: “Janob oliylari elchi qilib o’z o’g’illarini yubordilar, va imperator janoblaridan egallangan Toshkent, Samarqand, Jizzaxni qaytarishni so’raydi”, shunda imperator qo’lini silkitib, oyog’ini erga urib dedi: “bu hududlar Toshkent gubernatoriga tegishli hudud bo’lib, bu sabab bilan unga murojaat qiling”.
Ahmad Donish o’ziga shunday savol beradi –nahotki rus imperatori shunchalik ahmoq bo’lsa, shunchalik bosib olgan erlarni oson qaytarsa?
“Shunaqa sharmandalik bilan, biz yana Toshkentga qaytdik. Shahzoda (Amirning o’g’li) gubernator yerlarni qaytarishga ishonardi. Biroq gubernator quruq va’dalar bilan bizni kuzatib qo’ydi. Biz Buxoroga qaytdik”, - deb yozadi A.Donish2.
Ahmad Donish kulgi bilan Buxoro elchilarini kuzatadi. Uning qalbida qayg’u va alam paydo bo’ladi. Ahmad Donish bu haqda “Buxorodan Peterburgga sayohat” nomli asarida yozib qoldirgan. Bu elchilik delegatsiyasi davrida Ahmad Donish Rossiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan yaxshilab tanishadi. Elchilar delegatsiyasi qatorida qishloq xo’jaligi, geologiya, transport muzeylariga tashrif buyuradi. Undan tashqari rasadxonaga, qog’oz ishlab chiqarish bo’yicha ekspeditsiya qiladi, shisha va fosfor zavodiga, kemalar qurilishi sanoatiga, Kronshtadt qal’asiga boradi. «Sar Kondal» opera spektakliga, «Konek-Gorbunok» baletiga tashrif buyuradi.
Ahmad Donish Peterburgda Rossiya Tashqi Ishlar Vaziri bilan yaqindan tanishadi. Ahmad Donish uni namunali inson deb e’tirof etadi. Uning sharofati bilan Ahmad Donish rus xalqining hayoti va odatlari bilan tanishadi. Rasmiy uchrashuvlarda va qabullarda o’zini tutishi, tarbiyasi bilan hukmron doiralar orasida katta hurmat va ehtirom qozonadi1.
Ahmad Donish Buxoroga qaytgach, amirga elchilarning sharmandali holati haqida gapirib beradi. Ammo bu hech narsani hal qilmaydi. Elchilar yana o’z o’rinlarida davlat organlarida ishlayveradilar. Ahmad Donish Rossiyada hurmat, e’tibor qozongani uni yana ham saroydagi holatini yuqori ko’taradi. 1871-1872 yillar Ahmad Donish saroyning hurmatli ma’muriy lavozimiga o’tirishni taklif qiladi. Biroq Donish tushunadiki, faqat o’zining davlat ishidagi ishtiroki bilan davlat boshqaruvi ildizlarini isloh qilmasdan, mamlakat ahvolini yaxshilash mushkul ish. Shuning uchun u amirning taklifidan bosh tortadi.
1873 yili Chor Rossiyasining Xiva xonligiga qilgan yurishining g’alabasi imperator Aleksandr II ning qizi Mariyaning ingliz shahzodasi Alfred bilan bo’ladigan to’yi munosabati bilan Buxoro amiri Peterburgga Abdulqodir Dodho boshchilik elchilar delegatsiyasini sovg’a salomlar bilan jo’natadi. Elchining birinchi o’rinbosari etib Ahmad Donish tayinlanadi. SHunday qilib Buxoro elchilari Peterburgga 1874 yil 6 yanvarda etib kelib, u erda 1,5 oycha bo’ladilar1.
Ahmad Donish va boshqa delegatsiya a’zolari Peterburg va Moskvadagi nikoh to’yi tantanalarida ishtrok etdilar. Aleksandr II ning qizi Mariyaning to’y marosimida mashhur fransuz artisti Adelina Patti qatnashadi. Ahmad Donish uning qobiliyatiga qoyil qoladi. Unga atab she’r ham yozadi2. Undan tashqari elchilar rus davlati amaldorlari bilan ish yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Peterburg ma’muriy obidalari bilan tanishdilar. Ayniqsa bular Ahmad Donishda juda katta qiziqish va taassurot uyg’otdi.
Bu elchilik delegatsiyasi tarkibi hali oldingi elchilardan farq qilmasdi, masalan Abdulqodir Dodho va boshqa elchilar johillarcha o’zlarini elchilik chog’ida ustun tutadilar (qo’yadi), hatto ochiqchasiga rus hukmron doiralarining rasmiy shaxslariga shama qiladilar. Bu haqda Ahmad Donish keyinroq o’zining «Navodir- ul-vaqo’e» asarida quyidagicha yozadi3: Bir kuni uning Kozimbek ismli tarjimon kelib: «bu yerga Qoshg’ardan elchilar keldi. U Peterburgni maqtab bir qancha bayt yozibdi. Men uni imperatorga tarjima qilib berdim, u juda mamnun bo’ldi. Agarda sen ham (ya’ni A.Donish) bir nechta bayt yoza olsang bu sizlarning missiyangiz uchun katta foyda bo’lardi. Undan tashqari yozgan g’azalning o’zbekcha g’alizlikni (qo’pol) yuvib ketadi»,-deydi.
Shundan so’ng Ahmad Donish Peterburgga atab she’r yozadi. Bu she’r rus va boshqa chet tillariga ham tarjima qilinadi. Ahmad Donish yana yozadiki: “tarjimon aytadiki, - deb Buxoro amirlari qoloq va ilmsiz kishilarni bizning davlat sirlarimizni oshkor qilmaydi deb elchi qiladilar, aksincha ular davlat tartibsizliklari va ojiz tomonlarini fosh qiladilar”1.
Ahmad Donish bu elchilik safari chog’ida asosiy e’tiborni Rossiya jamiyatining ijtimoiy hayotiga qaratadi. Sinchiklab diqqat bilan kuzatib rus xalqining kundalik hayoti haqida quyidagi xulosaga keladi; Rossiya jamiyati ikki alohida guruhdan iborat, ya’ni turli ijtimoiy holatlarga ega: biri to’qlikda yashaydi, boshqasi doim kambag’allikda yashab, qiyinchilikda o’z huquq va erkinliklaridan foydalanmaydi. Donish bu haqda shunday yozadi: “Men qayg’u-alamdan qiynalmagan odamni ko’rmadim, men savdo qatorlarida, bozorlarda va boshqa manzillarda ham qayg’usiz, hotirjam odamni uchratmadim”2.
Shunga qaramasdan Ahmad Donish mashhur rus olimlari va shaxslari bilan uchrashadi. Bunday uchrashuvlardan birinchisi mashhur rus sharqshunosi V.V.Grigorev bo’lib, u Orenburgdagi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining vakili edi. Va bu uchrashuv uning Peterburgga birinchi elchilik safari chog’ida bo’lgan edi.
Ikkinchi safari chog’ida 1869-yil avgustda Ahmad Donish revolyutsion demokratik, o’zining ilg’or g’oyalari bilan mashhur sharqshunosi P.I.Pashino bilan uchrashadi. Bu uchrashuvlar albatta A.Donishning ijtimoy – siyosiy qarashlarini rivojlanib shakllanishida uncha katta bo’lmasada ahamiyatga egadir.
Elchilik chog’ida Ahmad Donish bir qator rus hukmron doiralari tomonidan yana ham katta hurmatga sazovor bo’ldi. Imperatorning o’zi, bir suhbatda Donishga “Menga seni ma’lumotli, ilmli inson, bu erda 2-3 marta bo’lgan deb maqtashdi. Ammo nima uchun rus tilini o’rganmading?”. Ahmad Donish unga: “Men sizning yurtingizga kelganimda kunu-tun sayohat qilaman, ustaxonalarda, teatrda bo’laman. Bir yerda o’tirib alifbo bilan shug’ullanishni istamayman. Go’yoki yana boshqa bu erlarga kelamanmi yo’qmi deb o’ylayman, hamma qiziqarli joylarni ko’rishga oshiqaman”, -deb javob qaytaradi1.
Ahmad Donish Buxoroga qaytganidan so’ng amir Muzaffar yana uni davlat devonida mas’uliyatli amalni egallashga taklif qiladi. Biroq, Ahmad Donish saroy ahli bilan o’tkazgan uzoq yillik umri achchiq tajribadan iborat edi. U uzoq va sabr bilan amirni davlat boshqaruvida islohotlar qilishga, ya’ni yuqori va saroy mansab, lavozimlariga bilimli insonlarni tayinlashni uqtiradi. Ahmad Donish faqat shu yo’l bilangina mamlakatda tartib o’rnatib, mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilash, xalqning turmush darajasini yaxshilash mumkinligini tushunib etadi.
Ahmad Donish Rossiya iqtisodiy-siyosiy hayoti bilan tanishgandan keyin yana ham iqror bo’lgan ediki, Buxoro amirligidagi mavjud tuzumni o’zgartirmasdan turib, o’z maqsadini amalga oshira olmas edi. Va shunda Ahmad Donish o’zi yozgan “Davlat qurilishi va odamlarning o’zaro munosabatlari haqida risola” asarini amirga ko’rsatib agar shu lavozimga o’tirishni xohlasa, quyidagi talablarni bajarishini aytadi. Risolaning kirish qismida Ahmad Donish quyidagicha yozadi: “shu satrlarni yoza turib, o’z g’ururim va bilimimga suyangan holda hukmdorlar va harbiy boshliqlar bilan ish yuzasidan muloqotda bo’ldim. Va ko’rdimki ularni atrofini yolg’onchilar, boylik orttirish payidagilar o’rab olgan, shuning uchun ular orasida xizmat qilish juda qiyin va men ulardan o’zimni chetga oldim. Agar amir meni o’z ilmiy faoliyatimni tashlab, davlat devonida xizmat qilishimni xohlasa, boshqa davlatlardek davlat boshqaruvini aniq bir tizimga solishi kerak. Albatta o’zbeklar (mang’it) orasida tartibni o’rnatish albatta qiyin, shuning uchun men Yevropa davlatlari va amirlik davlat boshqaruvi prinsiplarini o’zida ifodalagan risolani yozayapman. Agarda ular bunga (risola) amal qilsalar men har kuni saroyga borib, u yerda 4-6 soatlab, kuchim yetgancha ishlayman. Agar bunga rozi bo’lmasalar, meni kechirsinlar”1.
Shunday qilib Ahmad Donish davlat tizimi va boshqarish tartibida Yevropaning ba’zi peshqadam davlatlari hamda Rossiyaning davlatchilik tizimidagi ba’zi tamoyillar va tuzilmalar shaklini joriy etishni, asosiy e’tiborni davlat boshqaruvi tartibiga qaratishni, parlament tizimini maqsadga muvofiq deb tan olishni lozim topgan edi.
Ammo afsuski, Ahmad Donish siyosiy qarashlari amir saroyidagi mansabdor shaxslarga yoqmadi. Ma’lumki, amirlikning bu bosqichdagi tarixida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning barcha sohalarida reaksion aqidalar ustun bo’lib, o’sha davr Buxoro O’rta Osiyoda diniy taassub markaziga aylangan, misol sifatida, shuni ko’rsatish mumkinki, madrasalarda har qanday dunyoviy ilmlarga zohir etilgan moyillik yoki qiziqish ta’qib ostiga olinib, “gunohkor” odamlar jazoga tortilganlar. Bunday shaxslar kofir deb e’lon qilinib, xalqning nafratiga yo’liqtirilar edi. Natijada Ahmad Donish ham zamonning shu oqimida “qurbonlar” qatoriga aylandi2.
Amir va uning atrofidagilar Ahmad Donishning bu taklifini jim tingladilar. Donishning bu botirligi ular uchun, ya’ni Buxoro hukmdorlari uchun qo’pollik, noshukrlik deb qabul qilindi. Endi Amir Donishni nafaqat davlat xizmati, balki uni saroy atrofidan, hatto Buxoroning o’zidan yo’qotishga bor kuchi bilan harakat qilib, jahl bilan: “Men uni Rossiyaga elchilik tarkibida jo’natsam, u bo’lsa menga o’rgatmoqchi bo’lyapti. Men unga boshqa rahm qilmayman”,- deydi. Donish buni eshitib o’z do’stlariga: “Men endi bu eshshak kallaga boshqa xizmat qilishni istamayman”, - deydi va shu vaqtdan boshlab, Ahmad Donishning mashhurligi oshib, uning progressiv (ilg’or) g’oya va fikrlari o’z asarlarida namoyon bo’lib, o’sha davrning eng oldi ilm ahli va shoirlari orasida tez va keng yoyila boshladi. Bundan qo’rqqan amir, Ahmad Donishni Buxorodan chiqarib yuborish yo’lini izladi. Chunki amir Ahmad Donishning isloh qilishga undovchi g’oyalari bilan boshqalarga ta’siri kuchayishidan qo’rqgan edi. 1882 yil Ahmad Donishni G’uzorga qozi qilib jo’natishadi. 1885 yilda esa u Narpayga qozi bo’lib ketadi. Keyin u qozilik lavozimidan chetlashtirilib Zafarxo’ja kutubxonasining mudiri etib tayinlanadi. 1889 yil sentyabrigacha shu lavozimda faoliyat yuritadi1.
Ahmad Donish Amir Muzaffar o’limidan so’ng Buxoroga qaytadi va butunlay ijodga sho’ng’iydi. Ahmad Donish umrining qolgan qismi Buxoroda shakllangan adabiy-siyosiy muhiti doiralari orasida o’tadi. Bu muhit doirasidagilar shoirlar, adabiyotchilar, tarixchilar, musiqachilar bo’lib, ular amir hukumatiga tanqidiy munosabatda edilar.
Ahmad Donishning qizg’in ijodiy faoliyatini ko’ra olmagan dushmanlari ya’ni saroydagi yolg’onchi mutassiblar unga tuhmat qilishadi. Ular Donishni xudosiz, jodugar deb, uni noshukurlikda va manmanlikda ayblaydilar. Ammo Donish ham yolg’iz emas edi. Uning do’stlari Buxoro ilm ahli uni do’stlarcha himoya qilib, unga ma’naviy ko’mak beradilar. Donishning uyida doim progressiv kayfiyatdagi shoirlar, musiqachilar, olimlar yig’ilib turishar, adabiy va musiqiy kechalar o’tkazishar edi. Ko’pincha bunday yig’inlarda ular she’riyat, tarix, siyosat, jamiyat qurilishiga doir masalalar, muammolarni muhokama qilar edilar. Katta qiziqish va diqqat bilan Donishning Peterburgga elchilik safarlari haqida uning o’zidan tinglashar edi.
Ahmad Donish yana umrining shu davrida Buxoro amirligi aholisining hayoti bilan yaqindan tanishib chiqadi. U har yili butun amirlik qishloqlari bo’ylab ikki oylik sayohat uyushtirar edi. Asosiy e’tiborni Donish mehnatkash xalqqa, dehqonlarga qaratar edi. Soliq yig’ish vaqtidagi mahalliy hukmdorlar va boshqa amir amaldorlarning nohaqliklarini ko’rar, ezilgan mazlum xalqning arz-dodini eshitar edi. Undar tashqari Ahmad Donish amirning mamlakat sarhadlari bo’ylab uyushtiradigan safarlari chog’ida kuzatib borar edi. Yuqoridagi hamma ko’rgan bilganlarini Donish o’zining “Buxoro mang’it amirlarining qisqacha tarixi” risolasida yozib o’tadi.
Ahmad Donish umrining so’nggi kunlarida betoblanib yotib qoladi. Ammo uning do’stlari, sodiq safdoshlari uni yolg’iz qoldirmaydi. Ahmad Donish hijriy 1314, milodiy 1897 yilning ilk bahorida, ya’ni martda Buxoroda vafot etadi. Uning o’limi o’sha davr ilm, ziyo ahli uchun katta yo’qotish bo’ldi.
Ahmad Donish o’z zamonasining ilm ahli uchun ilmiy meros qoldirgan bo’lib, bu uning ijodini xotirasini manguga muhrlaydi. Yuqori betlarda yozilib o’tilganidek Ahmad Donish falsafa, tarix, astronomiya, riyoziyot, adabiyot xattotlik masalalariga doir ko’pdan-ko’p asarlar yozgan. Uning yozgan hamma asarlari hali to’plangan emas, O’zbekiston va Tojikiston kutubxonalarida mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining qo’lyozma fondida Ahmad Donishning 16 ta risolasi va yana bir qancha she’rlari kiritilgan tazkiralari, G’azzoliy, Jomiy asarlaridan ko’chirgan qo’lyozma nusxalari saqlanadi, ularning ko’pchiligi asl nusxa bo’lib, Ahmad Donishning o’zi tomonidan bitilgandir.
A.Donishning mehnat qilish haqidagi fikrlari ham ajoyibdir u ushbu asarning bir yerida mehnat qilmay, dangasalik bilan kun o’tkazgan odam bu dunyoda ham, u dunyoda ham obro’ topolmaydi, deydi. So’ng yana bir yerda o’zining mehnat qilish haqidagi fikrlarini yakunlaganday bo’lib: “Dunyoda zahmatsiz rohat, tashvishsiz ne’mat topilishi mumkin emas”,-deb yozadi. Ahmad Donish bu fikrni davom ettirib, dunyoda yashash, mehnat qilish uchun biror kasb-hunarning boshini ushlash kerak, degan g’oyani ilgari suradi. U “Navodir-ul-vaqoe”ning “O’g’illarga vasiyat…” qismida quyidagilarni yozadi: “…sizlarga aytadigan mening vasiyatim shulki, sizlar xalqning hojatini chiqaradigan bir hunarni boshini ushlanglar; shu bilan jamiyatga ham yordam qilgan bo’lasizlar… Qaysi bir hunar, qaysi bir kasbni qilmoqchi bo’lsanglar, undan kutilgan maqsad xalq uchun foyda etkazish bo’lsin”3..
Buxoro amirligini Yevropa mamlakatlari xususan Russiya bilan taqqoslab, Donish o’z vatanini iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada qolganligini ko’rsatib beradi va bu qoloqlikdan chiqish uchun ijtimoiy-siyosiy tuzumda islohotlar qilish zarurligini uqtiradi.
Donishning fikriga ko’ra, “davlat bir guruh kishining ehtiyojlarini qondirish uchun emas, xalq manfaatlari uchun, mamlakatni obod qilish uchun xizmat qilmog’i zarur. Biz dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlar kezib o’rganish uchun, er osti boyliklarini topish uchun, uning hamma qit’alari va aholisini bilish uchun tug’ulganmiz”,- deb yozgan edi Donish.
Buning uchun hukmdor bilimdon, ma’rifatli, odil va o’z fuqarolari manfaatlari uchun xizmat qilmog’i shart. U qanday masalani hal qilmasin, eng avval o’zini fuqaro o’rnida, ularni esa o’z o’rnida tasavvur qilmog’i lozim. Bu adolatni ta’minlashga imkon yaratadi. “Mamlakatni idora qilishda, - deydi Donish, hukmdor muhim davlat muammolarini o’z atrofidagi maslahatchilar bilan birgalikda hal qilishi kerak. Maslahatchilar ham donishmand va adolatli kishilar bo’lishlari kerak va ularning fikri bilan hisoblashishi shart, chunki ko’pchilikning aqli, bir kishining aqlidan ortiqroqdir”.
Ahmad Donish o’z vatanini qoloqlikdan chiqarish yo’llarini tinmay izladi. “Kishi o’z vatanini himoya qilsagina, o’z xalqi bilan birga bo’lsagina,-deydi Donish, - u har doim barhayotdir”. Donish G’arbda tarqalgan ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar bilan ham qiziqadi. Garchi bu ta’limotlarni Donish qabul qilmagan bo’lsada bularga nisbatan bo’lgan munosabati mutafakkirni keng ko’lamdagi tadqiqotchi va ijtimoiy-siyosiy orzulari kengroq ekanligini ko’rish imkonini beradi.
Yana Ahmad Donish davlat idoralariga bilimli, vakolatli shaxslarni tayinlash, ya’ni kadrlar masalasiga ham e’tibor qaratgan. U davlat boshqaruv va ishlab chiqarish tizimid bilimli, tajribali kishilar bo’lishi zarurligini ta’kidlagan. Mavjud davlat boshqaruvidagi ba’zi amaldor shaxslarni qoralab, o’z vazifalariga layoqatsiz ekanliklari, maqsadlari o’z kasb-vazifalariga sodiq qolib, xalq manfaatlari haqida qayg’urish emas, aksincha, “bu xildagi odamlarning saltanat o’rtasiga to’planib olishlariga sabab shuki, ular o’zlarining dangasaliklari tufayli biror kasb va hunarning uddasidan chiqolmasliklarini yaxshi biladilar. Ularning hech narsaga aqllari etmasa ham, bir amallab sulton xizmatiga kirib olsalar bas – kunlari podshohlikda o’taveradi”1. Ya’ni ular faqat qorin dardida ishlaydilar deb ta’rif beradi Ahmad Donish. Bunga sabab qilib Ahmad Donish amirlikda o’rdaning, ya’ni davlat boshqaruvining aniq bir intizomga kirmaganligini ko’rsatib o’tadi. Bularni oldini olish uchun amir, ya’ni podshoh tomonidan qat’iy intizom o’rnatilishi har bir kasb-kor, amal egasining vazifasi aniq ko’rsatilib, buning uchun ular ma’lum bir ilm, kasb-hunarga ega bo’lishlari lozimligini uqtiradi.
Shuningdek Ahmad Donish bu muammoni echimini quyidagicha yechadi: “Podshohga lozimdirki, katta bir mashvaratxona ochsin. Mamlakat xalqining turli tabaqalaridagi odamlar ichidagi eng aqlli va eng ilmlilaridan mashvaratxonaga a’zo saylab, ularga maosh tayin qilsin. U yerga yig’ilgan mashvaratchilar xalqning hamda davlatning manfaatini kuzatib fikr yurgizsinlar. Ular nima narsaga ittifoq qilgan bo’lsalar, u ishni amalga oshirsin.
Podshoh davlat arboblarini, saltanat ustunlarini yashirincha tekshirib, ularning yaxshi-yomon ishlaridan hamda tirikchilik va ahvollaridan xabardor bo’lsin. Chunki bilib bo’lmaydi, kelishmagan ishlardan biror narsa qilib yurgan bo’lsalar, yana u yashirin parda ostida qolmasin…”2. Yuqoridagilarga xulosa qiladigan bo’lsak, Donish taklif qilgan tizimning yangiliklari quyidagicha:
-bosh vazirni xalq roziligi va obro’ e’tiborga ega kishilar maslahati bilan tayinlash;
- lavozimdagi kishilarning aniq ish olib borish sohalarini belgilash;
- lavozimga tayinlashda kishilarning qobiliyati, tajribasi, bilimi hisobga olinishi;
- lavozimdagi kishilarga maosh tayinlash;
- lavozimga ega kishilarning hukmdor oldida hisobot berib turishlari va ular faoliyatini nazorat qilinishi.
Darhaqiqat Ahmad Donishning “Navodir-ul-vaqoe” asari uning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini o’zida namoyon etgan asardir. Uning qarashlari zaminini u Ibn Sino, Xayyom, Bedil va boshqa olimlar qarashlaridan, keyinchalik esa, uning Peterburgga qilgan safarlari, Rossiyaning ilg’or fikrli kishilari bilan uchrashuvlari, muloqo va suhbatlaridan olgan desak mubolag’a bo’lmaydi.
O’rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy fikri tarixida Ahmad Donish birinchilar qatori davlatning kelib chiqishi bilan mulk o’rtasidagi bog’liqlik g’oyalarini ilgari surdi1. Ahmad Donishning fikricha, davlatning eng birinchi vazifasi – xalq haqida g’amxo’rlik qilishdir. Donish davlat hokimiyatini taxtda o’tirgan insonga o’xshatadi. Uni ko’rish uchun 5 narsa kerak: adolat, qo’shin, xalq, suv, xazina2.
Ahmad Donish fikricha, davlat xalq manfaatlarini ta’minlashi zarur. Mana shu davlatgullab-yashanashi uchun quyidagi 5 shart bajarilishi zarur:
Birinchidan, adolatli, kuchli podsho bo’lishi. Ya’ni podshoh takabbur, sustlik, zolim, kuchsiz, zaif bo’lmasligi, aksincha, insofli, muruvvatli, hamisha hojatmand, nochor ahvoldagi kishilarni qaytarmasligi, ularni hojatlarini chiqarib berishi, kamtar, oddiy fuqarolardek kun kechirishi kerakligi, chunki sabr-qanoatli bo’lmagan podshoh adolatli bo’lishi mumkin emas, deydi Donish. Undan tashqari podshoh doimo shariat amallariga rioya qilgan holda hukm chiqarishi, hamisha xalqning ahvolidan xabardor bo’lishi, hamisha ilm ahli, oqil insonlar bilan hamsuhbat bo’lishi, ularga yaxshi sharoit yaratib berishi, o’ziga sadoqatli, aqlli 2 ta vazir tanlashi lozimligi, faqat va faqat o’z xalqi va o’z yurti obod, farovonligini o’ylab siyosat qilishi kerakligi uqtiriladi.
Ikkinchidan, davlat lavozimidagi shaxslar adolatli, vijdonli bo’lishi, ya’ni insofli bo’lishlari shartligi uqtiriladi. Ahmad Donishning fikricha, agarda amaldorlar zolim, adolatsiz bo’lsalar, podshoh harchand adolatli bo’lganda ham yurt vayron bo’lib, xalq hukumat va podshohdan norozi bo’ladi. Podshoh albatta ularga qarshi chora ko’rishi kerak, u holda o’zi ham ular qatoriga tushib qoladi.
Uchinchidan, har bir shaharda etarlicha tabib va shifokorlar bo’lishi. Bundan ko’rinib turibdiki, Ahmad Donish xalq nafaqat ma’nan, balki jismonan sog’lom bo’lishi, ana shundagina sog’lom avlod dunyoga kelishi haqida qayg’uradi. Darhaqiqat, inson jismonan sog’lom bo’lsagina, barkamol, etuk, komillik darajasiga eta oladi. Yuqoridagilarni isboti sifatida Ahmad Donish quyidagicha yozadi: “Agar shahar hoziq tabiblardan holi bo’lsa, ko’p odamlar ichki va tashqi sabablarga ko’ra, betob bo’lib, haloq bo’ladilar. Bunday bo’lgach jamiyat buziladi”1.
To’rtinchidan, shahar aholisi kelganlarga va yordamga muhtoj kishilarga g’amxo’r va mehribon bo’lishlari2; Ya’ni davlat musofir, g’arib, elchi, sayyoh va boshqalar, mamlakatga kelib-ketuvchilar uchun ma’lum qulay sharoitlarni yaratishi, ular uchun karvonsaroy, mehmonxona qurishi, garchi ular g’ayridin bo’lsalarda ularga xayru-ehson qilib, yaxshi munosabatda bo’lishlari kerak. Aks holda bunday davlat, o’zgalar, chet elliklar uchun yopiq hisoblanib, savdo-tijorat, elchilik munosabatlariga putur etkazib, mamlakat rivojlanishi orqada qolishi, yolg’izlanib uning nomi yo’qolishiga olib keladi. Ahmad Donish o’zining yana bir yirik asari bo’lmish “Buxoro amirlari qisqacha tarixi”da rus va boshqa chet ellik savdogar va sayyohlarning Buxoroga tashrifi chog’ida ularni yaxshi kutib olinmay, aksincha ular hibsga olinib, ularning mol-mulki musodara qilinib, tortib olingani, buning oqibatida buxorolik savdogarlarning Orenburgda hibsga olinganligi va boshqa bir qator salbiy oqibatlari haqida yozib, buning hammasi johil va o’zbilarmon vazirning buyrug’i bilan bo’lganligini ta’kidlaydi2.
Beshinchidan, dehqonchilik uchun suvning etarli bo’lishi. Ahmad Donish shunday yozadi: “Daryodan chiqkan katta-kichik ariqlardan oqgan suvlar mamlakat dehqonchiligi uchun etarli darajada mo’l bo’lishi kerak. Hayot olamida eng kerakli zarur narsa ham shudir. Har qanday shahar bo’lsa ham, agarda suvi etarli bo’lmas ekan, ko’p o’tmay unday shaharning xarob bo’lishi shubhasizdir”3. Ahmad Donish xalqning suvga muhtojlinini bilar shuning uchun ham erlarni sug’orish uchun Amudaryodan kanal qurish taklifi chiqdi.
A.Donishning yozishicha, davlat kuchli podshohga ega bo’lishi bilan birga, bu podshoh, ya’ni hukmdorning, bunday kishi albatta o’nta shartni bajarishi shartdir. Ular quyidagilar:
- ishni adolatli hal qilish uchun, o’zini shu vaziyatda qo’ra bilishi; ya’ni bunda boshqalarning o’ziga ziyon berishini yoqtirmaganidek, o’zini ham boshqalarga ziyon etkazishiga yo’l qo’ymasdan, boshqalar foydasini o’z foydasidek, ziyonini esa o’z ziyonidek ko’rsin. Agar shunday bo’lmasa, u o’z xalqiga xiyonat qilgan bo’ladi. Va misol tariqasida tarixdan misollar, voqeiy hikoyalar keltirib o’tgan:
- tez, hozirjavob bo’lib, kishilarni kuttirmaslik. Hojatli kishilarni tezda ishlarini hal qilib berish. Misol tariqasida Ahmad Donish quyidagi hikoyani keltiradi: “Xalifa Abdulaziz (Umar Abdulaziz Arabistonda Ummaviylar davridagi xalifalardan biri 683-720 yillarda yashagan) bir kuni ertadan peshingacha el ishi bilan shug’ullanib qattiq charchaganidan biroz dam olish uchun uyiga kirib yotgan. Buni ko’rgan o’g’li undan rozi bo’lmay, eshik oldida bir qancha hojatli odamlar qarb turibdi; siz ularni hojatlarini chiqarmasdan qanday uxlay olasiz, degan. Otasi esa to’g’ri aytding, deb idorasiga chiqib o’lturgan”1;
-sabrli, qanoatli bo’lib, ovqatlanish va kiyinishda oddiy fuqarolardek bo’lishga intilish. Ahmad Donishning fikricha, har ishda qanoatli bo’lmagan podshoh adolatli bo’la olmaydi2;
- yaxshilik qilish, xudbin bo’lmaslik;
- oqil olimlar, ma’rifatli donishmandlar bilan maslahatlashish, chunki hirsu-dunyo, xushomadgo’y olimlarning maqsadlari podshohga qulluq qilib, fikru-yodlari faqat undan foydalanib, mol-dunyo, obro’-e’tibor topishdir;
- shariatga qarshi chiqmaslik, islom qonun-qoidalariga amal qilgan holda hamma uchun teng qaror qabul qilish;
- mamlakat havfsizligini ta’minlash;
- qo’l ostidagilarni adolatli, vijdonli bo’lishga chaqirgan holda o’tgan xalifalar izidan borish. Qo’l ostidagi amaldor, xizmatchilarni doim nazorat qilib, agarda ulardan birining xiyonatlari oshkor bo’lsa, ularni hammaga iborat bo’lgulik jazoga tortish. Ya’ni bunda podshoh faqat o’zining insof va adolatliligi bilan chegaralanib qolmay barcha mansab egalarini nazoratda ushlash. Ahmad Donish bu haqda quyidagi fikrni yodda tutishga chaqiradi. Podshohning eng yomon dushmanlari uning xalqqa zulm qiluvchi amaldorlaridir1;
-qo’pollik qilmay har bir ishni isboti bilan ko’rish ya’ni har ishni hujjat va dalillarga suyangan holda ko’rish;
-kamtar, muruvvatli bo’lish.
Muruvvatli ya’ni, xalqqa mehribon, xalq holidan doim xabardor bo’lish, uning farovon yashashi uchun kuchli ijtimoiy siyosat yurgazish. Mehnatga layoqatsiz, qorilar, faqir, miskin, ojiz va kasalmandlar uchun xazinadan beriladigan mablag’lardan bir qismini ajratish. Ularga xazinada, ya’ni davlat byudjetidan kundalik nafaqalar ajratish. Qo’lida hunari bor, sog’lom odamlarni ishga jalb qilish, masalan, askar safiga xizmatga olish. Ularga ish haqi to’lab, majburiy bo’lsada yo’l tuzatish, ko’prik solish, katta binolar qurish kabilarga jalb qilish. Aks holda deydi Ahmad donish ular o’g’rilikka, qimorga o’rganadilar. Bu esa o’z navbatida mamlakatni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Ahmad Donish yana ijtimoiy himoyaga doir o’zining quyidagi qimmatli fikrlarini beradi: “Podshohlar etimlarning otalaridir. Shuday bo’lgach, podshohlar etimlarga o’z otalaridan ham ortiqroq g’amxo’rlik qilishlari lozimdir; toki podshoh ota bilan faqir otaning farqi bo’lsin. … Yetimlar balog’atga etguncha podshoh ulardan in’om qo’lini uzmasin. Imkoniyat boricha ehson eshigini ochiq tutsin.
Zamonamizning nizomlik davlatlarida bunday kishilarni tarbiyalari uchun turli choralar ko’rilmoqda. Chunonchi Rusiyaga qilgan safarimda bir kuni men ularni tarbiyaxonasiga kirganimda, bir gung qizni ko’rib, xat taxtasiga oting nima deb, yozib so’radim. Qiz taxtaga otim falon deb yozdi1. YUqoridagilarga xulosa qilib Ahmad Donishning quyidagi so’zlarini keltiramiz: “Agar sulton xalqqa adolat qilishni istar ekan, birinchida, o’z ustida fuqarolarning haqi borligini yaxshi tushunib, har birini o’rnida ado qilsin. Ikkinchidan, xalqning hojatlarini imkoniyat boricha chiqarib tursin”.
Mana shu yuqoridagi 10 ta shart adolatli hukmdorda bo’lishi kerakligini uqtirib, o’z navbatida amirni shunday bo’lishga chorlaydi. Ahmad Donish bularga amal qilmagan holda ham, hech bo’lmasa bir marta o’qib chiqish, ozmi-ko’pmi foydadan holi emasligini ta’kidlaydi. Ahmad Donish yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib “rahbar – manba buloq, uning atrofidagilar soylar, ular suvni buloqdan oladilar”2 deydi. Bundan ko’rinib turibdiki, adolat, ijtimoiy hayot, mamlakat rivoji, ma’rifat rahbarga bog’liqdir. Ahmad Donish bu asarida mudofaa, davlat va jamiyat qurilishi masalalariga alohida to’xtalib o’zining qimmatli fikrlarini berib o’tadi. Mamlakat obodligi uchun mudofaa tizimini yaxshilash, ya’ni bunda askar askarlarga, armiyaga katta e’tibor berish kerakligini uqtiradi. “Chunki bularsiz hech bir davlatning saqlanishi mumkin emasdi. Askarsiz podshoh bo’lmaydi, xazinasiz askar yashay olmaydi. Xalq ko’payib obodonchilik bo’lmaydi, xazina, boyligi ko’paymaydi. Mamlakat obod bo’lmaguncha fuqaro jamiyati bo’lmaydi.
Xazina boyligi bilan mamlakatni dushmanlardan saqlaydigan etarlik darajada askar tayyorlash podshohning vazifasidir”3.
Ahmad Donish o’z zamonasi uchun ilg’or g’oya bo’lgan quyidagi fikrni keltiradi, ya’ni bunda hukmdor askarlarni ikki xil kasb egalaridan, birinchisi, birinchisi, olimu-fozil yozuvchilardan, ikkinchi harbiy salohiyatga ega bo’lgan qilichli sipohlardan tayyorlashi nazarda tutiladi. Birinchi guruh mamlakat moliya, g’azna, iqtisodiy masalalari (soliq, yig’imlar, suv, adliya masalalari) kabilarni olib borsin. Ikkinchi guruh esa qurolli kuchlar hisoblanib, mamlakat sarhad va chegaralarini qo’riqlash, dushmanga qarshi turish kabi yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun xizmat qilishi kerak. Va bu ichki guruhning ishlari alohida tarzda, bir-biriga aralashtirmasdan olib borilsin. Hamisha mamlakatda doimiy askarlar armiyasi tayyor turishi, chunki kutilmagan joydan dushman bosh ko’tarishi mumkin. Aks holda tarqalgan armiyani yig’ib dushmanga qarshi chiqish qiyin masaladir.SHu tarzda Ahmad Donish hatto askarlikka olish askar boshlig’i qanday sifatlarga ega bo’lishi haqida ham keltirib o’tadi. Ular quyidagilar:
Birinchidan, shijoatli va bahodir bo’lishligi;
Ikkinchidan, faxm-farosatli, xushyor bo’lishligi;
Uchinchidan tajribali, malakali askar bo’lishligi;
To’rtinchidan, botirlik qilgan chog’da qilich va miltiqdan, o’t va suvdan parvo qilmaslik;
Beshinchidan, ziyrak, aqlli, har qanday vaziyatdan donishmandlarcha chiqib keta olish;
Oltinchidan, ish ko’rgan, maraka va maydonga tushgan bir necha bahodirlar bilan to’qnashgan bo’lsin1. Mana shu sifatlarga ega bo’lgandagina askar boshlig’i bo’lishi mumkin.
Ahmad Donish bundan tashqari mudofaa tizimiga doir yana bir qancha qimmatli ma’lumotlar, jang san’atlari haqidagi tarixiy hikoyalarni misol qilib keltiradi, dushman bilan to’qnash vaziyatlarda qanday qilib g’alaba qozonish mumkinligi haqida qimmatli maslahatlar beradi.
Ahmad Donishning bu mavzularga ham murojaat qilganligiga sabab, o’sha davrdagi tarixiy-siyosiy bo’lib turgan jarayonlar albatta. Amirning uquvsizligi oqibatida Chor Rossiyasiga engilishi misol bo’ladi. Ahmad Donish o’z ko’zi bilan ko’rgan achinarli ahvolga bo’lgan munosabatini shu tarzda bayon etgan. Albatta bunda Ahmad Donishning ko’p tarixiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lganligi yordam bergan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ahmad Donishning ijtimoiy-siyosiy qarashlari mamlakat rivojida alohida ahamiyatga ega. U davlat va aql, davlat va mulk o’rtasidagi munosabatlarni oydinlashtiradi, davlatning vazifalarini belgilab berdi, davlat boshqaruv tizimini o’zgartirish masalasini ilgari surdi, mamlakat ravnaqi uchun bajarilish kerak bo’lgan choralarni ishlab chiqdi, adolatli, ma’rifatparvar hukmdor g’oyasini rivojlantirdi, uning majburiyatlari, vazifalarini ko’rsatib erdi, diniy va dunyoviy ishlarga ijobiy munosabtaini bayon etdi, baxtli va farovon hayot uchun kurashdi.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish