Mavzu: XIX asr oxiri XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o‘zgarishlar darsning maqsadi: a ta’limiy



Download 409,79 Kb.
bet6/9
Sana18.02.2020
Hajmi409,79 Kb.
#40096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5361612047320614669


DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

AQSh iqtisodining rivojlanishi va dunyoda birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolarni o`z-o`zidan bartaraf etishga olib kelgani yo`q. AQShda ham ishchilar sinfi o`z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo`lgan. Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishish edi.

1886- yil 1- may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan ortiq ishchi ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi. Biroq, keyingi 2 yilda bu muvaffaqiyat deyarli yo`qqa chiqdi.

8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda ham keskin tus oldi. 1886- yil 3- mayda shaharning Senno maydonida bo`lgan ommaviy miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab o`q uzdi. Natijada 6 kishi o`ldirildi va ko`plab ishchilar yarador bo`ldi. Darg`azab bo`lgan Chikago ishchilari 4- mayda shu xunrezlikka qarshi norozilik bildirib, ommaviy miting tashkil qildilar. Qurolli politsiya otryadlari ishchilarga qarshi yuborildi. Sudning qaroriga muvofiq, 1887yil 9- noyabrda ommaviy harakat rahbarlaridan 4 kishi (Parsons, Fisher, Engel va Shpislar) dorga osildi. Ular o`limga tik qaradilar. Shpis oxirgi so`zida «Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o`tkirroq bo'ladi» degan'edi.

XIX asr oxiriga kelib ijtimoiy harakatga rahbarlik 1881- yilda tuzilgan «Qo`shma Shtatlar va Kanada uyushgantred-yunionlari va ishchi ittifoqi federatsiyasi»ga o`tdi. 1886- yilda u Amerika Mehnat Fetieratsiyasi degan nom oldi. AMF asosan yuqori malakali ishchilar manfaatini himoya qilardi. 1914- yiftla uning a'zolari soni 2 mln. kishini tashkil etdi. AMF siyosiy kurashga qarshi edi.

Fuqarolar urushidan so`ng negrlar ozodlikka erishdilar. Biroq, ular tenglikka erisha olmadilar. Mamlakatda segregatsiya tartibi qaror topdi. Negrlar oq tanlilar o`qiydigan maktabga, oq tanlilar qatnaydigan cherkovga borolmasdi. Oq tanli chiqqan transportga chiqa olmasdi. Hatto mozorlar ham alohida edi. Shu tariqa, mamlakatda irqchilik avj oldi. Ayniqsa, Janubda yashaydigan negrlar ahvoli og`ir edi. Ular Shimolga qochib o`tardilar.

AQShning tub yerli aholisi—hindular qattiq azob-uqubatlarga duchor etildi. Hindular o`z haq-huquqlari uchun kuchlari yetguncha kurashdilar. Biroq, kuchlar nihoyatda noteng bo`lgan kurashda ular yengildilar. 1880- yilgi oxirgi jangda yengilgan hindular alohida rezervatsiyalarga surib chiqarildi. Bu rezervatsiyalar eng unumsiz tashlandiq yerlar edi. Bu yerda ular hukumat «vasiyligi»ga olindilar. Hindular masalasi ana shunday yo'1 bilan hal etildi.

1900—1914- yillar AQSh tarixiga «taraqqiyparvar davr» nomi bilan kirgan. Bunga AQSh prezidentlarining monopoliyalarga qarshi kurash olib borganliklari sabab bo`lgan.



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.

O‘TIBDO‘: _______



Sana: “__” _________201__-yil. Sinflar: 9-“_____”. O‘qituvchi: __________

MAVZU: XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari

DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: o’quvchilarga XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari haqida ma’lumot berish;

b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Amerika qifasi shartli ravishda Shimoliy va Janubiy Amerikaga bo`lindi. «Janubiy Amerika» atamasi o`rniga ko`pincha «Lotin Amerikasi» iborasi ham ishlatiladi. Ma'lumki, Janubiy Amerikani yevropalik ispanlar va portugallar istilo qilgan edi. Ularning tili lotin tilidan kelib chiqanligiga nisbat berilib, Janubiy Amerika Lotin Amerikasi deb atalgan. Shimoliy va Janubiy Amerikaning taraqqiyoti bir xil darajada kechgani yo`q. Shimoliy Amerikada joylashgan AQSh dunyoning birinchi davlatiga aylangan bo`lsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda orqada qolib ketdi. Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bo`lgan davlatlarning tashkil topish jarayoni 1870- yilga kelib, deyarli tugallandi. Argentina, Meksika, Chili, Urugvay, Venesuela va Kolumbiya mamlakatlari Ispaniya hamda Portugaliya zulmiga qarshi uzoq vaqt o`z mustaqilliklarini saqlash va feodal monarxiyani ag`darib tashlash uchun kurashdilar. Lotin Amerikasi davlatlfarida kapitalizmning qaror topishi uzoq va o`ta mashaqqatli yo`ldan bordi. Bu mintaqaga eng ko`p kapital kiritgan davlat Angliya edi. Asosiy mablag`lar bandargohlarga, temiryo`llar qurilishiga, banklarga hamda tropik o`simliklarni o`stirishga va go`sht sanoatiga sarflanardi.

XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSh kapitali ham kirib kela boshladi. 1897- yili AQSh Lotin Amerikasiga 250—300 mln. dollar kapital qo`ygan bo`lsa, 1913- yili ko`rsatkich 1,5 mlrd. dollarga yetdi. 1868-1878- yillarda Kuba xalqi Ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib olgan edi). Biroq, Ispan qaramligidan ozod bo`lishga erishilmadi. Shunday bo`lsa-da, 1880- yilda qulchilikning bekor qilinishiga erishdi. Tez orada Kubaga AQSh da'vo qila boshladi. U Kubani sotib olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq, Ispaniya rozi bo`lmadi. 1895yilda Kuba xalqi o`z milliy qahramoni Xose Marti hamda Maksimo Gomeslar boshchilida qo`zg`olon ko`tardi. 1898- yil 25- aprelda Ispaniya bilan AQSh o`rtasida urush boshlanib ketdi. AQSh Ispaniya floti va armiyasini juda tez tor-mor qildi. Kubadagi inqilobiy milliy-ozodlik harakatini bostirdi. 1898- yil dekabrda Parijda sulh shartnomasi imzolandi. Kuba «mustaqil» deb e'lon qilindi. Biroq, amalda AQShning protektorati bo`lib qoldi. XIX asrning 70-yillarida AQSh—Meksika (Meksika 1828- yilda mustaqilligini qo`lga kiritgan edi) munosabatlari keskinlasha bordi. Bunga AQShning Meksikani o`ziga siyosiy va iqtisodiy qaram qilishga intilishi sabab bo`ldi. Chunonchi, 1876- yilda AQSh o`ziga chegaradosh Meksikaning shimoliy tumanlarida Amerika korxonalari va temiryo`llar qurish uchun Sebastian Lerdo de Texada (1872—1876) hukumatidan «ruxsat» so`radi. Biroq, hukumat bu murojaatni rad etdi. Natijada, davlat to`ntarishi uyushtirildi. AQSh va mahalliy pomeshchiklar reaksiyasiga tayangan Porfirio Dias 1876- yilda Prezident deb e'lon qilindi va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 199- yilgacha turdi.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.

O‘TIBDO‘: _______



Sana: “__” _________201__-yil. Sinflar: 9-“_____”. O‘qituvchi: __________

MAVZU: Lotin Amerikasining boshqa davlatlari

DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: o’quvchilarga lotin Amerikasining boshqa davlatlari haqida ma’lumot berish;

b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Braziliya Janubiy Amerikadagi yirik davlatlardan biri bo`lib, unda 15 mln. aholi yashagan. Braziliya, ayni paytda, eng qoloq davlat ham edi. Braziliyada qullik, qashshoqlik, jaholat va huquqsizlik keng avj olgan edi. Qullarni sotadigan bozorlar, o`z oilasiga, o`z uyiga ega bo`lish huquqidan mahrum bo`lgan kishilarni sotish, zahmatkash qulni nazoratchilar tomonidan qamchilab ishlatish 70—80- yillarda odatiy hol edi. Yirik qo`zg`olonlardan biri Riu-Grandi-du-Norti viloyatida Bonifatsio boshchiligida shakarqamish plantatsiyalarida ko`tarilgan qullar qo`zg`oloni bo`ldi. Qullar o`zlarining negr respublikasini e'lon qildilar va Bonifatsioni uning prezidenti etib sayladilar. Respublikaning asosiy vazifasi qullarni ozod qilish, deb hisoblagan Bonifatsio viloyat poytaxti Natal shahriga yurish boshladi. Biroq, hukumat qo`shinlari yo`lda unga yetib oladi va tor-mor qiladi. Qulchilik bekor qilingach, respublika uchun kurash kuchayib ketdi. 1889-yil 14-iyulda Riode-Janeyroda respublika tarafdorlarining katta namoyishi bo`lib o`tdi. Namoyishda talabalar, hunarmandlar, savdogarlar va shaharliklar qatnashdi. Politsiya namoyishni tarqatishga urinib ko`rdi va boshliqlarini turmaga tashladi. Bu namoyishdan armiyada marshal Deodoru de Fonseko rahbarligida isyon ko`targan respublikachilar foydalandi. 1889- yil 19noyabrda Pedru II taxtdan voz kechib, ingliz kemasida Portugaliyaga jo`nab ketdi. Hokimiyat harbiylar qo`liga o`tdi. Deodoru de Fonseko boshchiligidagi hukumat mamlakatni Respublika deb e'lon qildi. Braziliya 1891- yilda qabul qilgan yangi Respublika Konstitutsiyasiga binoan Braziliya Qo`shma Shtatlari deb ataladigan bo`ldi. 1870- yilda Aigentinada 2 mln. aholi yashardi. Uzoq davom etgan ichki kurash, Paragvay bilan olib borilgan vayronagarlik urushi (1870- yil martida) endigina tugagan, mamlakat xaroba holda edi. 1871- yil boshida Argentinada sariq, bezgak epidemiyasi tarqaldi. Iqtisodiy hayot deyarli to`xtab qoldi. Liberal doiralar vakili (federalistlar) bo`lgan Sarmyento hukumati (1868—1874) ichki ahvolni barqarorlashtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1872- yilda Buenos-Ayresda milliy bank ochildi. Hukumat immigrantlar kelishiga sharoit yaratdi. Sarmyento prezidentligi davrida Argentinaga 300 000 kishi ko`chib keldi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer oldilar. Ko`plab shaharlar, yo`llar qurib kengaytirildi. Maorif va ilm-fan tez rivojlana boshladi. Katolik maktablarining ko`pi yopildi va ularning o`rniga dunyoviy maktablar ochildi. Buenos-Ayresda piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta'limga asos solindi. Urush yillarida Argentina betaraflikka rioya qilib, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi yirik mamlakat bo`lib qoldi. Bug`doyni eksport qilish yiliga 15—20 mln. sentnerga yetdi. Makkajo`xori eksport qilish bo`yicha dunyoda birinchi o`rinni egalladi. Argentinadan Yevropaga ko`plab go`sht va go`sht mahsulotlari yetkazib berilardi. To`qimachilik, oyna, sement, metallurgiya va kemasozlik sanoatlari tez rivojlandi. Ayni paytda, chet el kapitalini kiritish ko`payib bordi. Chunonchi, Angliyaning 1914- yilda Aprentinaga qo`ygan kapitali qariyb 1,5 mlrd. dollarga yetdi.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.

O‘TIBDO‘: _______



Sana: “__” _________201__-yil. Sinflar: 9-“_____”. O‘qituvchi: __________

MAVZU: XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli

DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: o’quvchilarga XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli haqida ma’lumot berish;

b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya edi. Butun hokimiyat podsho (sar) qo`lida to`plangan edi. (Tarix kitoblarida podsho hokimiyatiga nisba- tan «chorizm», «samoderjaviye» iboralari ham ishlatiladi.) Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshchiklar hamda pra- voslav cherkovi edi. Podsho xonadonining o`zi eng katta pomeshchik bo`lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina =1,1 gektar) yerga egalik qilardi. Pomeshchik xo`jaligi Rossiyaning kapitalistik taraqqiyoti yo`lidagi asosiy to`siq edi. Pomeshchiklar jon-jahdlari bilan eski tartiblarning saqlanib qolishiga harakat qilar edilar. Rossiyada burjuaziya sinfi ham bor edi. Ularning sarmoyalari hajmi tobora o`sib bordi. Biroq burjuaziyaning siyosiy nufuzi past, davlatni boshqarishdagi ishtiroki deyarli sezilmas edi. Ayni paytda, burjuaziya siyosiy hokimiyatga intilayotgan ham edi.

Rossiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aholisining 85 %i qishloqlarda yashardi. Shunday

bo'lsa-da, Rossiyada kapitalizm shiddat bilan rivojlanib bordi. Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli og`ir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Uning metallurgiya, mashinasozlik, neft va ko`mir qazib olish kabi tarmoqlari yuksala boshladi. Rossiya qisqa vaqt ichida (1898—1901) neft qazib chiqarish bo`yicha AQShni ham ortda qoldirdi va dunyoda birinchi o`ringa chiqdi. Chetga asosan kerosin eksport qilindi. Metall eritish bo`yicha dunyoda 4- o`rinni egalladi.

1905- yilga kelganda ishchilarning soni 500 dan ortiq bo`lgan korxonalarda butun ishchilarning deyarli 50 foizi ishlar edi.

Shu davr Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat bu — monopoliyalarning vujudga kelganligi edi. Chunonchi, Rossiya Janubining qora metallurgiyasida bu yillarda «Prodmet» degan yirik monopolistik tashkilot qaror topdi. Bu tashkilot amalda bir qancha sindikatlarning birlashmasidan iborat bo`lib, metalluigiya sanoatining eng asosiy mahsulot turlari: sortli temir va tunuka, balkalar, relslar va boshqa shu kabilar savdosini monopoliya qilib oldi. Metallurgiya zavodlarining faqat ayrim xil mahsulotlari savdosinigina o`z qo`liga olgan monopolistik birlashmalar («Truboprodaja», «Krovlya») vujudga keldi. Rangli metallurgiyada mis prokati zavodlari sindikatlari (1903) bilan «Med» jamiyati (1907) hal qiluvchi mavqeni egallab oldi.

1909- yil 1- yanvarida Rossiyada 45 sanoat tarmog`ida 140 ta monopolistik birlashmalar (sindikatlar) bo`lib, ularning eng yirigi «Prodmet» va «Produgol» edi.

Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat — Rossiya kapitalini chetga chiqarishdan ko`ra chetdan Rossiyaga kapital kiritishning ustunligi edi. Bu, bir tomondan, Rossiya kapitalizmining zaifligi oqibati bo`lsa, ikkinchidan, Rossiyada chet el kapitaliga katta foyda keltiruvchi sohalarning, mintaqalarning ko`pligi hamda arzon ishchi kuchining mavjudligi bilan ham izohlanardi.



Download 409,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish