TOShKENT – 2014
REJA
1. Sintaktik tizimda to’ldiruvchining grammatik xosliklari
2. Xitoy tilida to`ldiruvchining vositali va vositasiz turlari, uning xususiyatlari
3. Xitoy tilida to’ldiruvchining predloglar bilan qo’llanilishi
4. Xulosa
1. SINTAKTIK TIZIMDA TO’LDIRUVCHINING GRAMMATIK XOSLIKLARI
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari bosh bo’laklarga tobe bo’ladi va ularni to’l-dirib, aniqlab, izohlab keladi. Ikkinchi darajali bo’laklar to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabi turlarga bo’linadi.
To’ldiruvchi gapning biror bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan birikadi va uni to’l-dirib keladi:
Sen meni gapga chalg’itma.
To’ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:
1.Ot bilan: Aqilli o’zini ayblar, aqilsiz- do’stini. Mansuruv odamlar bilan hayirlashdi.
2.Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas.
3.Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo’shsak, o’n boladi. Men unga to’rt-tadan berdim.
4.Sifatdosh bilan: Eshitganni ko’rgan yengibdi. Bilmagandan bilgan yaxshi, to’g’ri ishni qilgan yaxshi.
5.Olmosh bilan: U bizni sayohatga taklif qildi. Sizni chaqirshyapti.
6.Harakat nomi bilan: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
7.Ibora bilan: Uning tepa sochi tikka bo’lishidan qo’rqdi.
8.Taqlid so’z bilan: Taqir-tuqiringni yig’ishtir.
9.Modal so’z bilan: Yo’qni yo’q deydi, borni bor deydi.
To’ldiruvchilar,boshqa gap bo’laklari kabi,birikmali holda ham qo’llanadi:
O’qituvchida zilol chashmadek tuganmas mehr va bilim bo’lmog’i kerakligini unutmang.
To’ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo’lgan fikr ravshanlashadi:
Oyni etak bilan yopib bo’lmas.Odam mehnatda sinaladi.Bu gaplardagi etak bilan, mehnatda bolaklari yordamida so’zlovchining niyati to’la ochilgan.
To’ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bilan bog’langan predmetni bildirganligi tufayli ot, olmosh va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi.
To’ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog’lanadi. Agar u bog’langan so’z kesim bo’lib shakllana olmagan bo’lsa,ana shu so’z bilan birgalikda kesimga nisba- tan bitta gap bo’lagi sifatida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas bo’lakning bo’-lagi bo’ladi. Masalan, Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshit-gan gaplarni birikmasi nimalarni ?so’rog’iga javob bo’lib,kesimga bir butun holda bog’lanadi. Bu birikmali to’ldiruvchi o’z ichida qismlarga bo’linadi: onamdan eshit-gan qanday? gap. Qanday? So’rog’iga javob bo’luvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi oz ichida yana qismlarga bo’linadi: onamdan kimdan? eshitgan.
Shunday qilib, to’ldiruvchilar kesimga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish-bog’lanish-masligiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
A) mustaqil to’ldiruvchilar;
B) nomustaqil to’ldiruvchilar.
To’g’ridan-to’g’ri kesimga tobe bog’lanib kelgan to’ldiruvchilar mustaqil to’l-diruvchilar deyiladi.
Masalan, seni sogindim gapida kimni? so’rog`iga javob bo’luvchi seni so’zi kesim vazifasida keladi.
Kesim vazifasida kelmagan, bunday to’ldiruvchilar o’zi bog’langan fe’l bilan bog’langan to’ldiruvchilar nomustaqil to’ldiruvchilar deyiladi.
Belgili va belgisiz tushum kelishigi shakillari bilan ifodalangan to’ldiruvchi vositasiz to’ldiruvchi deyiladi.
Yashashni istasang, ishlashni o’rgan.
Hokim so’zning Kimga? Nimaga? Kimdan? Kimadan? Kim uchun? Nima uchun? Kim haqida? Nima haqida? Kim bilan? Nima bilan? kabi so’roqlarga javob bo’lib keldigan kengaytiruvchilari vositali to’ldiruvchilar deyilsdi.
Yaxshi yaxshiga yondashtirar.
Vositali to’ldiruvchi jo’nalish, chiqish, ba’zan o’rin-payt kelishiklari qo’shimchalarini yoki uchun, bilan,orqali, xususida, to’g’risida kabi ko’makchilarni olgan so’zlar bilan ifodalanadi.
Chizmani kitobdan daftarga ko’chirdim.
2.XITOY TILIDA TO`LDIRUVCHINING VOSITALI VA VOSITASIZ TURLARI, UNING XUSUSIYATLARI
Xitoy tilida to’ldiruvchi odatda fe’ldan keyin qo’yiladi,lekin varianti ham mavjud. To’ldiruvchi narsa buyumning harakatining holatiga tegishli ekanligini ifodalaydi, hamda fe’lning harakat holatini yanada aniq-ravshanligini ifodalaydi. Aytish mumkinki, to’ldiruvchi felning bir qismidir.To’ldiruvchi to’g’ridan-to’g’ri fe’l bilan birikadi orasida hechqanday yordamchi so’z turkumi bo’lmaydi.
To’ldiruvchi olmosh hamda ot bilan ifodalanishi mumkin.
Masalan:
我暍茶-Wo he cha
Men choy ichdim.
Bu holatda 茶 (cha) to’ldiruvchi.
Xitoy tilida to’ldiruvhi huddi o’zbek tili kabi vositali hamda vositasiz to’ldiruvchilarga bo’linadi. Fe’lli to’ldiruvchilar konstruksiyalari bilan ifodalangan to’ldiruvchilar xam mavjud. Bunday ifodalar odatdalar odatda bir so’z bilan tajima qilinadi.
Masalan:
吃饭 Chi fan – Yemoq
吸烟 Xi yan – Chekmoq
Agar bu konstruksiyalarga aniqlik kiritilsa, ular oddiy vositasiz to’ldiruvchilar o’rniga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |