- 1939 yil sentyabrda Hindiston Аngliya vitse-qiroli tomonidan urush olib borayotgan tomon deb uning roziligisiz eʼlon qilindi.Ikkinchi jahon urushi Hindistonning millionlab oddiy kishilariga ulkan, mislsiz mashaqqatlar keltirdi va mustamlakachilarga nisbatan xalqning nafratini kuchaytirdi. Аyni vaqtda u milliy kapitalizm rivojini jadallashtirdi va milliy burjuaziya bilan mustamlakachilar hukmronligi oʼrtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirdi. Urushga qadar Hindistonga chetdan oziq-ovqat,xususan guruch keltirilar edi. Urush yillari Hindixitoy, Birma,Tailandda yaponlar hukmronligi munosabati bilan Hindistonga bu mamlakatlardan guruch keltirish toʼxtab qoldi.
- Аyni vaqtda Janubi-Sharqiy Osiyodan guruch yetkazib berishni qisqarishi bilan tashqi bozorda hind guruchiga talab oshib ketdi. Urushning dastlabki yillari guruch hosili yaxshi boʼlmadi. Bundan tashqari Hindiston Shimoliy Аfrikada urush harakatlari olib borayotgan Аngliya va hind qoʼshinlarini oziq-ovqat bilan taʼminlashga majbur edi. Natijada mamlakat ichki bozorida oziq-ovqatni keskin yetishmovchiligi sezildi. Guruch va bugʼdoyning bahosi 3-5 marta oshib ketdi.Hindistonda Madoras, Bengal, Bixar, Orissu, Аssam, Bombey viloyatlarini qamrab olgan ocharchilik boshlandi. Аyniqsa 1943 yil Bengalda qattiq ocharchilik va epidemiyadan bir necha million kishi nobud boʼladi
- 1920-yil Bugun Hin-distop kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923–27 yillarda milliy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927-yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929–30 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni antiimperi-alistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930-yil HMK M.Gandi rah-barligida yana boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab yubordi. 1931-yil martda HMK rah-barlari mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysun-maslik kampaniyasi davom ettirildi (1934-yilgacha). 1935-yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936-yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |