1-ma’ruza:
SIFAT. UNING O‘ZIGA XOS MA’NOSI, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI,
SINTAKTIK VAZIFALARI. BELGINI DARAJALAB KO'RSATA OLISHI - SIFAT
DARAJALARI: ODDIY, QIYOSIY VAORTTIRMA DARAJA. SIFATLARNING
OTLASHISHI.
SIFAT
Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa?
so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga
sifat deyiladi.
Chiroyli ko‘ylak, baland
bino, devoriy gazeta, qiziq gap, kuzgi ekin
SIFATLARNING MA’NO GURUHLARI
BILIB OLING. Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko‘ra quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
1) xususiyat sifatlari; 2) rang-tus sifatlari; 3) maza-ta’m sifatlari;