SHA-1 xesh funksiyasi algoritmi.
Kafolatlangan bardoshlilikka ega bo‘lgan xeshlash
algoritmi SHA (Secure Hash Algorithm) AQShning standartlar va texnologiyalar Milliy
instituti (NIST) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 1992 yilda axborotni qayta ishlash
federal standarti (RUB FIPS 180) ko
‘rinishida nashr qilindi. 1995 yilda bu standart
qaytadan ko‘rib chiqildi va SHA-1 deb nomlandi (RUB FIPS 180-1). SHA algoritmi MD4
algoritmiga asoslanadi va uning tuzilishi MD4 algoritmining tuzilishiga juda yaqin. Bu
algoritm DSS standarti asosidagi elektron raqamli imzo algoritmlarida ishlatish uchun
mo‘ljallangan. Bu algoritmda kiruvchi ma’lumotning uzunligi 264 bitdan kichik bo‘lib,
xesh qiymat uzunligi 160 bit bo‘ladi. Kiritilayotgan ma’lumot 512 bitlik bloklarga ajratilib
qayta ishlanadi.
Xesh qiymatni hisoblash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |