Mavzu: Xesh funksiyalar va ulardan
axborot xavfsizligini
ta’minlashda foydalanish
Reja:
1. Kirish.
2. Xesh funksiya.
3. Xesh funksiyalar turlari.
4.
Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O’zbekiston Respublikasida axborot texnologiyasining milliy infrastrukturasi jadallik bilan
rivojlanmoqda.Bu respublikamizning mustaqillikka erishganidan beri jamiyatimiz
hayotida tubdan o’zgarishlar sodir bo’lganidan darak beradiki, hozirda iqtisodiyot,
telekommunika
siya sohasi axborot industriyasi oldidagi maqsad va masalalar o’zgardi.
Hajmi muttasil oshuvchi axborotni saqlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish
masalasini yechishga imkon beruvchi kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarini
avtomatlashtirilgan ishlash
vositalarining paydo bo’lishi va tarqalishi ushbu jarayonlarni
tajovuzkor axborot ta’siriga nisbatan zaif qilib qo’ydi. Natijada fayllarni va kompyuterda
saqlanuvchi boshqa axborotni himoyalash vositalariga ehtiyoj tug’ildi. Ayniqsa ko’pchilik
foydalanuvc
hi tizimlarda, vaqti bo’linishli tizimlarda hamda ochiq tarmoqlar orqali
foydalanuvchi tizimlarda himoyalash vositalariga ehtiyoj kuchli sezildi. Axborot-
kommunikasiya tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish va saqlash masalalari,
ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashning ahamiyati juda muhimdir. Axborot butunligini
nazorat qilishning ko’proq maqbul bo’lgan metodlaridan biri xesh-funksiyadan
foydalanish hisoblanadi. Xesh-funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib
qalbakilashtirib bo’lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko’rinishda yoki
jinoyatchining «qo’li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.
Kriptografik uslublardan (shifrmatnga va dastlabki matnga oʻgirish, elektron raqamli
imzoni shakllantirish va tekshirish, xesh-funksiya shakllantirish va tekshirish)
foydalanishga asoslangan axborotni oʻzgartirish jarayoni. Axborotni shifrlash uni
begonalar tomonidan oʻrganish yoki oʻzgartirish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi.
Shuningdek, maʼlumotlarga va dasturlarga, ulardan noqonuniy foydalanish maqsadida,
ruxsatsiz raqamli imzo tizimiga kirishning oldini olishni taʼminlaydi. Shifrlashning ikki
usuli mavjud: simmetrik va asimmetrik. Simmetrik shifrlashda, kodlash va kodni ochish
uchun birgina kalitning oʻzidan foydalaniladi. Asimmetrik shifrlashda ikkita kalitdan
foydalaniladi. Ulardan biri (ochiq kalit) dastlabki matnni shifrmatnga oʻgirishni, ikkinchisi
esa (yopiq kalit) dastlabki matnga oʻgirishni taʼminlaydi.
Xesh funksiya
Xesh funksiyalar
– ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotini chiqishda belgilangan
uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama funksiyalarga aytiladi.
Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy axborot xavfsizligi sohasida ma’lumotlarni
to’laligini tekshirishda foydalaniladi. Elektron to’lov tizimlari protokollarida ham
istemolchi kartasi ma’lumotlarini bank-emitentga to’liq yetkazish uchun foydalaniladi.
Xesh funksiya- ixtiyoriy
uzunlikdagi M-
ma’lumotni fiksirlangan uzunlikga siqish yoki
ikkilik sanoq sistemasi ifodalangan ma’lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bitlar
ko‘rinishidagi qandaydir konbinatsiyasi (svertkasi) deb ataluvchi funksiya.