mavzu: Xarakter aksentuatsiyasini o’rganish Reja: - Xarakter tushunchasi
- Odam xarakterining strukturasi
- Odam xarakterini shakllantiruvchi omillar
Xarakter – (Yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o’z - o’ziga bo’lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig’indisidir. Xarakter tug’ma o’zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog’liq holda tarkib topib, o’zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o’ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Xarakter tug’ma o’zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog’liq holda tarkib topib, o’zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o’ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo’ladigan har bir tipik vaziyat emotsional kechilmalarining individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog’liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo’ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishi emas, balki diqqatning to’plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo’r berishga va shu kabilarga bog’liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog’liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin - Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo’ladigan har bir tipik vaziyat emotsional kechilmalarining individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog’liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo’ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishi emas, balki diqqatning to’plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo’r berishga va shu kabilarga bog’liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog’liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |