10 Sh. Mirziyoyev”. //Халк сузи, 2021 йил, 25 январь. 51
-
sharqdan g’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlarining
holati haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan, kunning so’nggida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya
elektron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi.
Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va
vaziyatning tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib bitta TMK miqyosida to’xtovsiz
tartibda ITTKIning bajarilishi, dasturlashtirish va boshqalar tashkil etiladi;
-
qabul qiluvchi mamlakatlarda valuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni
liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion qaltisliklarni o’z filiallari orasida
taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valuta paritetining pasayishi TMKning
bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish
sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
-
xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro moliyaviy
institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi.
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri bo’lib bosh
kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI natijalaridan foydalanish
hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun to’lovlarning 70 %ga
yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi.
Bunda oxirgi yillarda TMKlar ITTKI o’tkazish harajatlarini kamaytirish maqsadida o’z
izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Agar oldin
izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda
amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning oxirida xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining
kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni
minimal harajatlar bilan o’tkazish uchun kerakli resurslar va ilmiy potensialga ega bo’lgan
mamlakatlarda o’rnashmoqdalar.
TMKlar ITTKI o’tkazish uchun ishlab chiqarish infrastrukturasiga ega bo’lgan, universitetlar va
milliy tadqiqot markazlari faoliyat ko’rsatayotgan, olimlarning maoshi unchalik katta bo’lmagan
va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan qabul qiluvchi mamalakatlarni
tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omillar
bo’lib ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari orasidagi aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi,
qabul qilayotgan mamlakatning hukumati tomonidan milliy ITTKIlarni qo’llab- quvvatlanishi va
intellektual mulkni qo’riqlashning mustahkam huquqiy asosi hisoblanadi.
90-yillarda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham TMKlar bajonidil o’z
tadqiqot markazlarini joylashtirayotgan ilmiy va texnologik parklar keng tarqaldi. Bunday
parklarning muvafaqqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun u yerda olimlarning ishlashi va yashashi
uchun qulay sharoitlarga ega asosiy ilmiy va o’quv markazlari joylashgan bo’lishi, shuningdek,
ilmiy izlanishlarni kengaytirish va takomillashtirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo’lishi
zarur.
TMK korxonalarini samarali faoliyat yuritishining asosiy manbalaridan biriga bosh kompaniya
resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda uyushtiradigan
internatsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab
chiqarish quvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi.
Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular
orasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiradilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har
xil shakllari birgalikda qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan
birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallarining mahsulotlarini eksport qilish amalga
oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish o’zida kapital, texnologik jarayonlar, malakali
xodimlarning migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat chegaralari orqali yagona tizimga
birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot ishlab chiqarishni ifoda etadi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) - bu milliy