10 Sh. Mirziyoyev”. //Халк сузи, 2021 йил, 25 январь. 51
rag’batlantiruvchilari sifatida ishtirok etadi.
90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati bo’yicha birinchi o’rinda
“Royyal Datch Shell” ingliz-golland konserni turar edi. Ushbu kompaniyadan tashqari yirik
TMKlarning birinchi o’nligiga 5 ta AQSH, 2 ta Yaponiya, 1 ta Germaniya, 1 ta Shveysariya
kompaniyalari kirar edi. 1995 yilda dunyoning nisbatan qudratli 100 ta TMKlari ro’yxatida ilk
marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va
“Petroleus de Venesuela” (Venesuela) kompaniyalari paydo bo’lishdi.
Yangi industrial davlatlarning (YalD) birinchi “to’lqini” orasida yirik Osiyo kompaniyalari,
birinchi navbatda Gonkong (2017 yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida 10
ta), Janubiy Koreya (FT-500 reytingida 5 ta), Tayvan va Singapur (4 tadan) eng katta yutuqlarga
erishdi. Lotin Amerikasi YaID orasida Braziliya - 11 TMK ajralib turadi. Biroq,
YaIDlarga
tegishli kompaniyalarning
transmilliylashuvi
jahon
bozorlarida
harbiy
TMKlarning maqelarini jiddiy pasaytira olmadi. 2004 yilgacha xalqaro xorijiy aktivlarni
xarid qilish bozorlarida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qildi. Faqatgina 2004 yildan
boshlab, rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari tomonidan rivojlangan mamlakatlar
kompaniyalarining bozorlarini egallash jarayoni boshlandi. Ushbu jarayonda Xitoy, Hindiston
va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari muhim rol o’ynamoqda. 2016
yilda ilk bor rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan
mamlakatlardagi
aktivlarni xarid qilish hajmi
rivojlangan
mamlakatlar
kompaniyalarining rivojlanayotgan mamlakatlardagi aktivlarni xarid qilish hajmidan ortiqroq
bo’ldi. 2017 yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida Xitoy va
Gonkong kompaniyalarining soni FT-500 reytingida ikkinchi o’rinda turgan Buyuk Britaniya
bilan tenglashdi. Faqat Xitoyga tegishli bo’lgan korporatsiyalar soni 25 tani tashkil qiladi.
7
2017
yilda Xitoy FT-500 reytingining birinchi o’nligidagi o’z mavqeini yanada oshirib, 3 ta
kompaniyaga yetkazdi (2015 yilda ushbu
reytingga
bitta
ham xitoy kompaniyasi
kiritilmagan
edi). Xitoy va
Gonkong
kompaniyalarining
umumiy
kapitallashuv darajasi Buyuk Britaniyanikidan yuqori va birinchi o’rinda mahkam o’rnashib olgan
AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. AQSh bu ro’yhatda kompaniyalar soni (169 ta),
ularning umumiy kapitallashuv darajasi (9,6 trln. doll.) bo’yicha ham so’zsiz yetakchilik
qiladi.
XX asr oxiridan boshlab hind korporatsiyalarining transmilliylashuv jarayoni kuchaydi. Ular
Osiyo va Afrika bozorlaridan so’ng 80-yillarda Yevropa bozorlariga ham o’z yig’uv ishlab
chiqarishlarini joylashtira boshladi. XX asr boshida hind kapitali 93 ta mamlakatdagi 1000 dan
ortiq qo’shma korxonalarda ishtirok etar edi. Ularning asosiy qismi eng yirik savdo sheriklari
bo’lgan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Malayziya, Singapur, Nepal, Tailand, Bangladeshga
to’g’ri keladi. Hind kapitali yuqori kontsentratsiyalashuv bilan ajralib turadi. XXI asr boshida 7 ta
eng yirik (Birla, Tata, Singxaniya, Shoxibog’ va boshqalar) savdo-sanoat uylarining hissasiga
Hindiston korporativ sektorini to’g’ri xorijiy investitsiyalarini 75 % to’g’ri keladi.
Janubiy Koreya, Xitoy va Hindiston kompaniyalarining transmilliylashuv modellari tashqi
jihatdan
o’xshashligiga
qaramay
ayrim
farqlanishlarga
ega.
Masalan,
hind
kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni ko’p yillardan beri rivojlanib keladi. Ular
transmilliylashuvning savdo modelini amalga oshirib, global bozorlarga o’tishdan oldin boshqa
kamroq rivojlangan mamlakatlar bozorlarida uzoq muddatli faoliyat ko’rsata boshlagan. Janubiy
Koreya va ayniqsa Xitoy kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni esa xalqaro bozorlarga
jadal kirib borish xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Shunga qaramay, ushbu kompaniyalar
transmilliylashuv jarayonining boshlang’ich bosqichlarida turibdi.
90-yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshlanib, uning bosqichlari
va xususiyatlari jihatidan biznesning baynalmillashuvi va transmilliylashuvining klassik
modeliga to’liq mos kelmaydi. Ushbu jarayon Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlaridan farqli
ravishda davlat ko’magisiz amalga oshirildi. Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv
jarayonining dastlabki bosqichlari yoqilg’i-energetika majmuasining (YoEM) eksport