Bu yerda ichki siyosatdagi kabi, gap hokimiyat va zaxiralar taqsimoti to‘qnashuvi haqida ketmoqda. Olimlarning fikricha, xalqaro munosabatlar fanining asosiy predmeti hokimiyat munosabatlaridir. Uning predmeti siyosiy fanlar predmetiga to‘g‘ri keladi, faqat geografik sohada farqlanadi. Dalil sifatida ichki siyosiy va xalqaro – siyosiy jarayonlarning kuchli o‘zaro ta’siri va o‘zaro birlashib ketishiga oid faktlar keltiriladi. Haqiqatan, hozirgi kunda ichki va xalqaro siyosatning o‘zaro bir-biriga singib ketishi fenomeni kuzatilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |