Reja: 1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi.
Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.
Xeksher - Olinning neoklassik konsepsiyasi
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.
Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari.
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish.
Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining xususiyatlari.
Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o‘rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart. Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog‘liq ravishda xalqaro moliya- valuta, kredit munosabatlari rivojlandi. Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo‘lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o‘zini to‘liq ta’minlay olmaydi. Ular o‘zlarida ortiqcha bo‘lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo‘lgan resurslarni import qilishga majburlar. Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O‘zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o‘zaro savdo- sotiqni yo‘lga qo‘yadilar. Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90217 yillarning boshlarida xalqaro savdo hajmi AQShda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. Shu davrda O‘zbekiston yalpi milliy mahsulotida tashqi savdoning ulushi 1012 foiz atrofida bo‘ldi. Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi: •mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg‘i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari; •xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari; •transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi; •yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to‘g‘ri keladi. Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko‘rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o‘z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo‘linadi. Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish. Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish. Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish. Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi. Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to‘g‘risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o‘ziga xosligiga tayangan holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko‘p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o‘z iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko‘proq mahsulotga ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston asosan paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko‘proq shunga e’tiborni qaratish lozim. Chunki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, ob-havosi va qolaversa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o‘zi ixtisoslashgan sohaga ko‘proq e’tiborni qaratishsagina dunyo bo‘yicha ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo‘l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi. Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug‘diradi. Agar shunday bo‘lsa importni bu mamlakat qaysi mablag‘lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko‘chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko‘proq ustunlikka ega bo‘lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir
mamlakat o‘zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi” da o‘z echimiga ega bo‘ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo‘lsin. Shuni hisobga olgan holda D.Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasini qo‘llaymiz: 16.1-jadval Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat sarfi.
Movut(bir dona)
Vino(barrel)
Portugaliya
90
80
Angliya
100
120
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya’ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo‘lga qo‘yish ko‘proq foyda olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o‘z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo‘lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo‘ladi. 120 / 100 - 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut. Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‘rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o‘zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug‘i: 9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino. Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi. Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‘batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o‘tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo‘ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‘lovlari o‘zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valuta kurslaridagi o‘zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o‘zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo‘lishini;
transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;
mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash hamda ularni ko‘p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o‘zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‘llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak. Mahsulotlar bahosi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan: