Mavzu. Xalqaro savdo nazariyasi va tashqi savdo siyosati


Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari



Download 222,36 Kb.
bet3/8
Sana17.07.2022
Hajmi222,36 Kb.
#815495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-мавзу

Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatish orqali ichki bandlilikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, to‘lov balansini yaxshilash hamda valuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati - budjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valuta nazorati va import yoki eksportni to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo‘nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko‘pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‘proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo‘lishi mumkin bo‘lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti
manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo‘lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g‘aznasini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta’rif va nota’rif usullaridan foydalaniladi.
Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat budjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.
Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga solingan ro‘yxati bojxona tariflari deb ataladi.
Bojxona tariflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o‘simlik dunyosi), qayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ko‘ra, taqsimlangan mahsulotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida qurilgan.

Download 222,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish