Yangi mavzuni mustahkamlash.
Azot (IV)-oksid qanday sohalarda islatiladi?
Kalsiy oksidqanday sohalarda islatiladi?
Azot (IV)-oksidqanday sohalarda islatiladi?
Azot (IV)-oksidqanday sohalarda islatiladi?
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________
Sana: ____________________ Sinf: __________________FAN: Kimyo
Mavzu: Asoslarning tuzulishi, tarkibi nomlanishi
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Asoslarning tuzulishi, tarkibi nomlanishi haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi (ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi
Asoslar tarkibidagi gidroksoguruhlar soni metall atomining valentligiga son jihatdan teng bo‘ladi, chunki gidroksoguruh shartli ravishda bir valentli bo`ladi.
Asoslar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir Asoslarning umumiy formulasi M(OH)n tarzida ifodalanadi: bu yerda M—metall atomi; n—metall atomining valentligi. Asoslarda kislorod atomi vodorod va metall atomi orasida ularning har biri bilan bog‘ hosil qilgan holda joylashadi. Nomlanishi. Asoslarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidroksid» shaklida yasaladi: kaliy gidroksid — KOH, bariy gidroksid — Ba(OH)2, lantan gidroksid — La(OH)3.Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda gidroksid so‘zi yoziladi: «metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) +[chiziqcha] + gidroksid», masalan, vismut (III)-gidroksid — Bi(OH)3, mis (II)-gidroksid — Cu(OH)2.Metall atomi nomiga gidroksoguruh sonining grekcha sonlarda ifodalanishini qo‘shib ham gidroksidlarni nomlash mumkin: Ca(OH)2 — kalsiy digidroksid) ; Bi(OH)3 — vismut trigidroksid.Asoslar fizik xossasi, ya’ni suvda erishi va erimasligiga qarab ishqor va suvda erimaydigan asos hamda kimyoviy xossalariga ko‘ra yana amfoter asoslarga ham bo‘linadi.
Suvda eruvchi asoslar ishqorlar deb ataladi (NaOH, KOH).
Suvda erimaydigan asoslarga qolgan barcha asoslar kiradi (Cu(OH)2, Fe(OH)2 .
Amfoter asoslar, ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qiladi. Ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin. (Zn(OH)2, Cr(OH)3, 1(OH)3 ).
Suvda eriydigan asoslar teri va to‘qimalarni o‘yish xossasiga ega bo‘lgani uchun o‘yuvchi ishqor deb ataladi. Ishqorlar bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish kerak! KOH — o‘yuvchi kaliy. NaOH — o‘yuvchi natriy.
Asoslarning empirik va grafik tasvirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |