Ta'limiy: O'quvchilarning bo'lim yuzasidan o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: Yoz faslida ta'tilni yaxshi va samarali o'tkazishga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilaming yoz fasli va tabiat haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish, hikoya, ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.
Mashg’ulot jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinf o’quvchilarining mashg’ulotga tayyorgarligi tekshiriladi
|
“ Tez javob” didaktik o’yini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Mashg’ulot shiori tanlanadi.Mashg’ulot davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3- bosqich
Mashg’ulotning borishi
|
1.O’tgan mashg’ulotni so’rab, o’qish malakalarini tekshirish.
2.Ifodali o’qish.
3Mavzuni o’qishga tayyorgarlik,
4.Ijodiy ish 4 qator she’r yozish
5.Lug’at ishi
7.Dam olish daqiqasi.
|
Savol-javob
Izlanish
Izlanish
Suhbat
Namoyish
|
4 daqiqa
5 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
1.Ibratli kishilarning yaxshi xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.
3.Mashg’ulotlikdagi savollarga javob topiladi.
4.Boshqotirma yechiladi.
|
Doska bilan ishlash
Munozara
Suhbat
Izlanish
|
5 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich
Mashg’ulot yakuni va baholash
|
O’quvchilarning mashg’ulotda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e’lon qilinadi.Mashg’ulot yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish
|
Mavzuni o’qib o’rganib kelish.
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism a) salomlashish;
b) siyosiy daqiqa;
v) davomat;
Mashg’ulot jarayoni:
1. Shoir she’rda sizga nima deyapti? Nima uchun?
2. Siz yozgi ta’til davomida nima qilasiz?
Yaxshi dam – mehnatga hamdam.
1-bosqich. O'qituvchi o'quvchilarga o'tgan mashg’ulotda o'tilgan ertakni o'qitadi va mazmunini hikoya qildiradi. Uyda ertakning da-vomi haqida o'quvchilaming yozib kelganlari o'qitiladi. O'qituvchi o'quvchilar fikrini umumlashtiradi va xulosalaydi. 10 daqiqa
2-bosqich. O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi va she'mi ifodali o'qib, mazmunini so'zlab beradi. She'r boshqa mashg’ulotlarda qo'llanilgan usullardan foydalanib o'qitiladi. 10 daqiqa
3-bosqich. O'quvchilar 4 guruhga bo'linadi va boshqotirmalar beriladi.
Guruhlarga topshiriq.
Har bir guruhga oromgohlar tasvirlangan surat 4 qismga bo'lib, orqa tomoniga savollar yozilgan holda tarqatiladi. Guruhlar navbat bilan savollarga javob beradilar. Agar javob to'g'ri bo'lsa, suratni xattaxtadagi belgilangan joyga yelimlaydilar. Agar javob noto'g'ri bo'lsa, savol yozilgan boiak o'qituvchiga beriladi. Qaysi guruhda oromgoh rasmi bir butun holga kelsa, ular g'olib bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan birga mashg’ulotlikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar ustida ish olib boradi. 17 daqiqa
Muhokama:
• She'mi ifodali o'qing. She'r qaysi fasl haqida?
• She'rdagi quyidagi misrani tushuntirib bering:
Shifoli nur sochib, oltin yoz keldi, Boshlandi har yoqqa sayr-sayohat.
• Siz ham a'lo baholarga o'qidingizmi?
• Siz yozgi ta'til davomida nima ishlar bilan mashg'ul bo'lmoq-chisiz? 7 daqiqa
Baholash. O'quvchilar reyting mezonlari asosida baholab boriladi va mashg'ulot yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi. 1 daqiqa
Uyga vazifa: yod olish
MMIBDO’__________________
Do'stlaringiz bilan baham: |