7-MAVZU. VANADIY KATALIZATORI ISHTIROKIDA
OLTINGUGRT IKKI OKSIDINI BIRLAMCHI VA IKILAMCHI
OKSIDLASH
7-mavzuni yoritish rejasi:
7.1.Oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3 oksidiga vanadiy katalizatori
ishtirokida oksidlash mexanizmi.
7.2.Katalizatorning zaharlanishi.
7.3.Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3
oksidiga oksidlash jarayonining sharoitlari.
7.4.Oksidlash tezligini temperaturaga bog`liqligi diagrammasi haqida.
7.5.Oltingugurt 3 oksidi chiqishining temperaturaga bog`liqligi diagrammasi
haqida.
7.6.Oltingugurt 2 oksidini oltingugurt 3 oksidiga ikkilamchi oksidlash.
7.7.Kontakt apparati turlari.
7.1. OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTNGUGURT UCh OKSIDIGA
VANADIY KATALIZATORI IShTIROKIDA OKSIDLASh MEXANIZMI
.
Bu mexanizm oraliq mahsulot hosil bo`lish nazariyasi asosida tushuntiriladi.
Bu nazariyaga muvofiq A + V = S reaktsiyasi ketsa va buning ketishi uchun
aktivlanish energiyasi reaktsiyasi e zarur bo`lsa, bu reaktsiya katalizator ishtirokida
shu vaqtda tezroq ketadiki, agarda bu reaktsiya oraliq mahsulot hosil qilish
bosqichlari bilan ketib va umumiy zaruriy aktivlanish energiyasi e
3
katalizator
qo`llanmagandagi aktivlanish energiyasi e dan kichik bo`lsa.
A+V=S+e (14.1.)
A+K=AK+e
1
(14.2.)
AK+V=S+K+e
2
(14.3.)
A+V=S+e
3
(14.4.)
Bu nazariyani vanadiy katalizatorlarida ko`rsak, quyidagicha ketadi:
SO
2
+ V
2
O
5
= SO
3
+ V
2
O
4
(14.5.)
V
2
O
4
+ 0.5O
2
= V
2
O
5
(14.6.)
SO
2
+ 0.5O
2
= SO
3
(14.7.)
Bu erda oraliq mahsulot V
2
O
4
oksididir.
Amaliyotda BAV katalizatorlarini ishlatish uchun uni kontakt apparatiga
solib, 2-3 kun mobaynida katalizator orqali, tarkibida avval 0,5% SO
2
gazi bulgan
o`choq gazi bir soat mobaynida, keyingi soatda 1% SO
2
keyingi soatlarda 1,5; 2%
SO
2
va hokazo % SO
2
gazi bo`lgan o`choq gazi utkaziladi. Toki o`choq gazi
tarkibidagi SO
2
ning miqdori 7 yoki 9-10% bo`lmaguncha. Bunday SO
2
ni sekin
asta katalizator orqali o`tkazish katalizator tarkibida V
2
O
5
* K
2
S
2
O
7
kabi aktiv
kompleks hosil qilish uchun kerak ekan. Bu kompleks 400-450
0
C atrofida vanadiy
katalizatori ustida suyuq qotishma hosil qilib, unda esa SO
2
va O
2
larning yutilishi
yaxshi bo`ladi. Bu esa reaktsiyaning ketishini tezlashtiradi. SVS, SVD va boshqa
shunga uxshash katalizatorlar o`choq gaziga to`yintirilmay, ko`p vaqtni olmay,
yuqorida ko`rsatilgan V
2
O
5
*K
2
S
2
O
7
ni tayyor holda katalizatorlar tarkibiga
kiritiladi. Shular oxirgi paytda ko`p qo`llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |