Mavzu: Kimyoga oid elektron bazalar. Spektrlar bazalari
Reja:
Kirish.
Kimyoda qo’llaniladigan hisoblash majmualari.
Ivtantermo ma’lumotlar bazasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Kimyoga oid elektron bazalar Informatsion texnologiyalar rivojlanishi natijasida hujjatlar qog’ozlardan elektron shaklga ko’chmoqda. Kimyo ta’limida elektron bazalar o’rni juda katta. Bironta kimyoviy birikma haqida ma’lumotlar zarur bo’lsa internet resurslariga murojaat qilgan holda juda tez fursatda kerakli ma’lumotlarni olish mumkin. Masalan, www.google.com qidiruv sistemasida “Toluene (toluol)” deb yozadigan bo’lsak, u Wikipedia (www.wikipedia.org), PubChem (www.pubchem.ncbi.nlm.nih.gov), www.study.com, www.worldmolecules.com, www.sigmaaldrich.com kabi internet sahifalarida jamlangan ma’lumotlarni taqdim qiladi. Oxirgisidan bizni qiziqtirgan moddaning ayni paytdagi narxi bilan ham tanishib olishimiz mumkin. Internet resurslarida yetakchi nashriyotlar tomonidan chop qilinadigan ilmiy jurnallar, kitoblar, ensiklopediyalar va ma’lumotnomalar (spravochniklar) elektron shaklda qo’yilgan. Turli sohalarga tegishli ilmiy jurnallar www.sciencedirect.com internet sahifasida jamlangan. www.chemweb.com internet sahifasida kimyogarlar uchun kerakli ma’lumotlar yoritilgan. www.rcsb.org va www.ndbserver.rutgers.edu internet sahifalarida oqsillar hamda nuklein kislotalar bo’yicha elektron bazalar keltirilgan. Makromolekulalarni (*.pdb – protein data bank kengaytirgichli fayllarni) yuklab olib, Avogadro, Mercury, Hyperchem, Abolone, VMD va boshqa dasturlar yordamida 3D tuzilishini ko’rish mumkin. Shu o’rinda Mercury dasturi haqida ham to’xtalsak. Ushbu dastur Rentgen tuzilish tahlili (RTT) usulida aniqlangan birikmalarning 3D tuzilishlarini tahlil qilish imkoniyatini beradi. RTT usulida aniqlangan hamma (monokristal hosil qilgan) birikmalar Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga (Cambrige crystallographic data center – www.ccdc.cam.ac.uk ) qo’shilib (depozit qilib) boriladi va depozit raqami olinadi. Ushbu bazada birikmalar *cif (crystallographic information file) kengaytirgichida saqlanadi. CCDC bazasida jamlangan birikmalar orasidan ConQuest dasturida izlash orqali kerakli birikmani yoki unga o’xshash strukturalarni topish mumkin. CCDC bazasidan olingan har bir fayl birikma kim tomonidan o’rganilganligi (avtorlar), qaysi ilmiy jurnalda chop qilinganligi kabi ma’lumotlarni jamlagan. Mercury dasturida yuqoridagi ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda birikma kristall yacheykasi o’lchami va tuzilishi, H-bog’lar hamda Van-der-Vaals radiuslari haqida ma’lumotlar olish mumkin. Birikmani bir nechta xil ko’rinishda vizuallashtirish mumkin. Atomlararo masofa, valent va torsion burchaklarni tahlil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |