HyperChem dasturida Fenol atomlari zaryad qiymati va
ayrim energetik parametrlarini o`rganish
Raimova Guli
O’zbekiston Milliy universiteti dotsenti
Bobodo’stova Dilrabo
O’zbekiston Milliy universiteti magistranti
Annotatsiya
Fenol moddasini HyperCHem dasturi yordamida zaryad qimatlari va hosil bo`lish issiqligi, IQ spektrlarini nazariy o’rganish.
Kalit so’zlar: Fenol,IQ spektroskopiya, AM1, RM1, PM3, MM+, AMBER, BIO+ va OPLS MM,
Kirish
HyperCHem birikmalarning 3D-strukturalarmi vizualizatori funksiyasini hamda kvant-kimyoviy hisoblashlarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Molekulyar dinamika va Yarimempirik usullar bilan bir qatorda ikkinchi tartibli g‘alayonlanish nazariyasi va funksional zichliklar bilan elektron korrelyatsiyasini hisobga olish amalga oshirilgan. Dastuming yutug‘i sifatida unda molekula dastlabki geometriyasini berilishini yengillashtiruvchi molekulyar fragmentlar keng katologining hamda hisoblashlarni bajarish davomida molekula geometriyasinining maqbullashtirilishini nazorat qilish imkoniyatining mavjudligini ko'rsatish mumkin. HyperCHem dasturi katta malumotlar bazasiga ega ekanligi nanosistemalar,nukleotidlar,polimerlar,kristall mustaqil qismi va zamonaviy kvant kimyo sohasini yangiliklarini o’zida mujassamlashtirgan. AM1 va PM3 kabi usullar NDDO (Neglect of Diatomic Differential Overlap) yaqinlashuviga asoslangan. RM1 usuli AM1 usulining qayta parametrlangan usuli hisoblanadi.
Olingan natijalar tahlili
Fenolning HyperCHem dasturidan foydalanib MM-molekular mexanika 4 ta usulida optimizatsiya qilish natijalari olindi.(1-jadval)
Fenolning melekular mexanika usulida hosil bo’lish issiqlik energiyalari
1-jadval
MM+
|
AMBER
|
Bio+(CHARMM)
|
OPLS
|
-0,209037kcal/mol
|
-0,909355kcal/mol
|
19,625468kcal/mol
|
-3,118945kcal/mol
|
Hisoblash natijalari shuni ko’rsatdiki,Fenolning hosil bo’lish issiqlik energiyasi Bio+(CHARMM) da optimizatsiya qilinganda eng maksimal qiymatga va OPLS usulida optimizatsiya qilinganda esa maksimal qiymatga ega bo’ladi. Demak, Fenolning energetik parametrlarini hisoblashda OPLS metodi samarali.
Fenolning HyperChem dasturidan foydalanib, yarim imperik 3 usulida optimizatsiya qilish natijalari o’rganildi (2-jadval).
2-jadval
Fenolning yarim imperik usulda hosil bo’lish issiqlik energiyalari
Usul
|
MM+
|
AMBER
|
Bio+(CHARMM)
|
OPLS
|
AM1
|
-1419,9191
|
-1419,9192
|
-1419,9192
|
-1419,9192
|
RM1
|
-1052,8820
|
-1052,8821
|
-1052,8821
|
-1052,8820
|
PM3
|
-1419,3602
|
-1419,3602
|
-1419,3602
|
-1419,3599
|
Hisoblash natijalari shuni ko’rsatdiki ko’rsatdiki Fenolning hosil bo’lish energiyasi AM1 da optimizatsiya qilinganda eng minimal qiymatga va PM3 metodida optimizatsiya qilinganda esa maksimal qiymatga ega bo’ladi. Demak, Fenolning energetik parametrlarini hisoblashda PM3metodi samarali.
Xulosa:
Biz Fenolning Hyperchem dasturida zaryad qiymatarini MM+ AMBER, BIO+ va OPLS, usullarida 4 xil usulda o’rgandik. Hisoblash natijalari shuni ko’rsatdiki Fenolning hosil bo’lish issiqlik energiyasi OPLS da optimizatsiya qilinganda eng minimal qiymatga ega bo’ldi. Fenolning hosil bo’lish energiyasi PM3 metodida optimizatsiya qilinganda maksimal qiymatga ega bo’ladi Demak Fenolning energetik parametrlarini hisoblashda PM3 metodi samarali metod hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
D.J.Bekchanov, R.A.Eshchanov, A.X.Xaitbayev A.G.Eshimbetov. Kompyuter kimyo o’quv qo’llanma. Toshkent-2020. 184 b.
N .Q . Muhamadiyev Kimyoviy birikmalar tuzilishi va xossalarini matematik modellash.O’quv qo’llanma.10-b
Do'stlaringiz bilan baham: |