Mavzu: V. Bartoldning O'rta Osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlari Reja: Kirish I bob. V. Bartoldning hayoti va o'lkashunoslik fanida tutgan o'rni



Download 302,35 Kb.
bet2/7
Sana13.06.2022
Hajmi302,35 Kb.
#662354
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Egamberdiyev Ruslan V. Bartoldning O\'rta Osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlari

Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: V. Bartoldning O'rta Osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlari ma'lumotlarning ahamiyati, ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini hisobga olgan holda o’rganish, o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish.
Kurs ishining predmeti: V. Bartoldning O'rta Osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlari ma'lumotlarning ahamiyatini o’rganish metodikasining maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli.
Kurs ishining vazifalari:
1. V.Bartoldning tarjimai holi;
2.V.Bartold ijodida O‘rta Osiyoning X-XI asrlar siyosiy hayoti
tarixining o‘rganilishi;
3. V. Bartoldning o'rta osiyo arxeologiyasi o'lkashunosligi rivojlanishida tutgan o'rni haqidagi ma’lumotlar;
4.V.Bartoldning o'rta osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlarining ahamiyati haqida manbalarni o’quvchilar ongiga yetkazishning interfaol o’qitish usullari.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. V. BARTOLDNING HAYOTI VA O'LKASHUNOSLIK FANIDA TUTGAN O'RNI
1.1.V.Bartoldning tarjimai holi

Vasiliy Vladimir Bartold (3(15)-noyabr 1869-yil, Sankt-Peterburg — 1930-yil 19-avgust, Leningrad) — rus va sovet sharqshunosi, turkolog, arabshunos, islomshunos, tarixchi, arxivshunos, filolog; rus sharqshunoslik maktabining asoschilaridan biri. Sankt-Peterburg Fanlar Akademiyasi akademigi (1913-yilda), Imperator Pravoslav Falastin jamiyati aʼzosi. Brokgauz va Yefron ensiklopediyasi hamda „Islom ensiklopediyasi“ning birinchi nashri mualliflaridan biri.


Vasiliy Vladimirovich Bartold asli ruslashgan nemis birja brokeri oilasida tugʻilgan. 1887-yilda 8-Peterburg gimnaziyasini tamomlagan. Sankt-Peterburg universitetining Sharq tillari fakultetiga oʻqishga kirgan. 1891-yilda universitetni tamomlagan, 1892-yildan u yerda ishlagan. Otasining mablagʻlari Bartoldga oʻz taʼlimini davom ettirish, shu jumladan chet elda sayohat qilish uchun sarf-xarajatlarni qoplashga imkon berdi1.
1899-yilda britaniyalik sharqshunos hamda numizmat Stenli Lan-Buletning „Musulmon sulolalari“ kitobi Bartold tarjimasida tarjimon tomonidan koʻplab tuzatishlar bilan nashr etilgan.
1900-yilda „Turkiston moʻgʻullar istilosi davrida“ (1 va 2-qismlar, Sankt-Peterburg, 1898-1900-yillara) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib Bartold Sharq tarixi fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
U Sankt-Peterburg universitetida dars bergan, har yili Sharq mamlakatlariga sayohatlar uyushtirgan.
1901-yilda Vasiliy Bartold favqulodda, 1906-yilda Peterburg universitetining professori etib tayinlandi. U 1903-yilda tashkil etilgan Markaziy va Sharqiy Osiyoni oʻrganish boʻyicha Rossiya qoʻmitasining kotibi boʻlgan. 1904-yilda Samarqand atrofida arxeologik qazishmalar olib bordi; 1910-yilda Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, 1913-yilda “Osiyo xalqlari adabiyoti va tarixi” yoʻnalishi boʻyicha akademik etib saylangan.
Oktyabr inqilobidan keyin Bartold 1921-yilda Osiyo muzeyida tashkil etilgan Sharqshunoslar kollejini boshqargan. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridayoq u hal qilishda ishtirok etgan muhim vazifalardan biri RSFSR va SSSRning oʻz yozuviga ega boʻlmagan xalqlari uchun alifbo tuzish va arab alifbosini kirill alifbosiga almashtirish edi.
Bartold 1926-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan I Butunittifoq turkologik qurultoyining ishtirokchilari va tashkilotchilaridan biri edi2.
Bartold Oʻrta Osiyoga birinchi marta 1893 yilda kelgan. Keyinchalik bir necha bor Toshkentda boʻlgan. Toshkentdagi Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkilotchilaridan biri. U Fanlar akademiyasi sharqshunoslar kollegiyasining doimiy raisi, Turkiston xalq universitetining faxriy aʼzosi (1918-yilda), Turkshunoslik qoʻmitasining rahbari (1928–1930-yillarda). Moddiy madaniyat tarixi Davlat akademiyasi raisi oʻrinbosari, „Eron“ ilmiy jurnalning muharriri. Bartold Yaqin, Oʻrta Sharq, ayniqsa Oʻrta Osiyo va Arab xalifaligi, islom tarixi, turkiy xalqlar tarixi, filologiya va etnografiyasi,
Afgʻonistan, Eron, Zakavkazye va qisman Xitoy tarixiga oid asarlar yozgan. Nashr qilingan 685 asaridan 320 tasi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. Bartold Shoʻro Sharqidagi xalqlarniig alifbosini arabchadan lotinchaga oʻtkazishda faol qatnashdi. Uning koʻpgina asarlari oʻzbek, tatar, qirgʻiz, turk, fors, arab, ingliz,
nemis va fransuz tillarida nashr qilingan. „Islom ensiklopediyasi“da 246 ta maqolasi bilan qatnashgan. Bartold Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, etnografiyasi va psixologiyasini chuqur oʻrgangan.
Biroq u Turkiston xalqi madaniyatini obyektiv va haqqoniy baholay olmadi, maʼlum darajada uni kamsitdi. Bu uning „Ulugʻbek va uning davri“ asarida aniq seziladi. Chunki Bartold Chor Rossiyasi mustamlakachiligining ideologi edi, u yevropaliklarning osiyoliklardan ustunligi gʻoyasini olgʻa surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi3.
Akademik V.V. Bartold 1930-yil 19-avgustda vafot etdi. Smolensk lyuteran qabristoniga dafn etilgan4. 1963-1977-yillarda 9 jildlik asarlari toʻplami nashr etilgan.


Download 302,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish