Fizika-matematika fakulteti
Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi
18.01-guruh talabasi Yodgoraliyeva Nodiraning
Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Bajardi: N.Yodgoraliyeva
Tekshirdi: S.Evatov
Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari.
Reja:
1.Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning hayoti va ijodi
2. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari
3. Tarixchining "Odob as-solihin"asari haqida.
Muhammad Sodiq Qoshg'ariy (Qashqariy) (1740—Qashqar — 1849) — tarixchi, faylasuf, tilshu-nos olim, adib va shoir. Qashqardagi "Sochiya" madrasasida dunyoviy va diniy ilmlar, arab, fors tillari, sharq mumtoz adabiyotini mukammal egallagan. M.S.K. "Tazkirai azizon" ("Azizlar tazkirasi") (1768-69), 1844 yilda yozilgan "Tazkirai Ashob ul-qahf" ("Gʻor egalari tazkirasi") va "Risolai kasbdor" ("Kosiblar risolasi") kabi asarlar muallifi. "Tazkirai azizon" da Maxdumi Aʼzam va uning avlodlarining Sharqiy Turkiston — Yorkend xonligi (1465—1759) dagi fa-oliyati, Yorkend xonligining 16—18-asrdagi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat tarixini yoritib bergan. Asarda Naqshbandiya tariqati vakillari va ularning tariqatlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar berilgan. M.S.K. falsafa va ped.ga oid asarlar ham yozgan. M.S.K. tilshunos olim va usta tarjimon. Tabariyning "Tarixi Tabariy" hamda Muhammad Haydarnnng "Tarixi Rashidiy" asarlarini fors tilidan turk (uygʻur) tiliga tarjima qilgan. Tarixiy asarlarning turkiy tarjimasi Markaziy Osiyo, Turkiston, Kavkaz, Kaspiy dengizining jan. etagi, Tibet, Shim. Hindiston va Afgʻonistonda yashayotgan xalqlar tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. M.S.K. "Sodiq" taxallusi bilan turk va fors tillarida gʻazal, muhammas, ruboiy, masnaviy, qitʼalar yaratgan. M.S.K. adib sifatida oʻz zamonasida yashab ijod etgan yozuvchi, shoirlar ijodi haqida bizga yangi-yangi maʼlumotlar beradi. Oʻsha qimmatli maʼlumotlar asosida uygʻur mumtoz adabiyoti tarixi yangi namoyandalar bilan toʻldirildi. M.S.K. Qashqardagi Yusuf Xos Hojib maqbarasi oldidagi "Oq mozor" qabristoniga dafn etilgan.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari
O’zbek xalqining turli an’analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma’no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan adriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o’rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariy (1740-1843)ning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Bu asar XIX asr boshlarida xalqimizning odob-ahloq me’yorlari va milliy qadriyatlarini o’zida mujassamlashtirgan.
Olim 1740 yilda Qashg’arda tavallud topgan. U tarixchi, adabiyotshunos, mutafakkir olim, mutasavvuf shoir va tarjimon sifatida tanilgan.
Qoshg’ariy boshlang’ich ta’limni otasi Mulla Shoh A’lam Ohundan olgach Qashg’ardagi mashhur madrasada Xomidiydna ta’lim olishni davom ettiradi. U erda arab, fors tillarini, matematika, adabiyot, tarix, jo’g’rofiya, va diniy bilimlarni mukammal egallab, zamonasining ko’zga ko’ringan olimi darajasiga erishadi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy hayoti davomida katta ilmiy meros qoldirgan.
Manbalarda uning “Tazkira i Azizon” (Tazkirai Xo’jagon), “Zubdat al-masoyil”,“Tazkira-i ashob al-kahf”, “Tarixi Iskandar va Tojinoma-i shohi”, “Odob as-solihim”, “Qiyofat al-bashar”, “Risola – i kasbdor”, “Durr al-muzohir” kabi asarlari arab tilidan, “Tarixi Rashidiy” asarini esa fors tilidan turkiyga (uyg’urchaga) tarjima qilgan.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy 1849 yilda vafot etgan. U Yusuf Xos Xojib maqbarasi yonidagi qabristonga (Qashg’arda) dafn etilgan.
Olimning odob-axloqqa oid muhim pedagogik asari “Odob as-solihin” (“Solihlarning doblari”) kitobidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo’lib, muqaddima, etti bob va xotimadan iborat. Har bir bob esa to’rt fasldan tashkil topgan. U “ Zubdat almasoyil” nomli asar bilan bir jildda besh marta nashr etilgan: ikki marta Toshkentda
(1889, 1901) va uch marta Istanbulda (1891, 1892, 1896). Hozirgi kunda Abu Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining fondida asarning ikkita qo’lyozma (1343,
1320 y ko’chirilgan) va oltita toshbosma nusxalari saqlanmoqda.
Demak, muqaddimada asarning maqsadi ifoda etiladi, ya’ni insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi ta’kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan muaddab (odobli) va mukazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltiradi.
Yoshlarning ma'naviy barkamol, axloqan yetuk kishilar bo‘lib ulg‘ayishlarida odob muhim o‘rin tutadi. Go‘zal axloqlarni tamomiga yetkazish uchun yuborilgan Payg‘ambarimizni Alloh taolo “Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz” (Qalam surasi, 4-oyat), deb madh etadi.
Muhammad Sodiq Koshg‘ariyning “Odob as-solihin” (Solihlar odobi) asarining mundarijasi uning e’tiborga loyiq axloqiy – tarbiyaviy asar ekanligini ko’rsatadi. Asar muqaddima va 7 bobdan, har bir bobi 4 fasldan iborat bo’lib, alloma mazkur asarni yozishdan maqsadini quyidagicha bayon qilgan: “Tolibi soliqlar odobi zohiriy va odobi botiniyning bilib, unga amal qilmoqlari lozim keldi, toki bular ham talabu suluklaridin foyda topib, urug’lar martabalariga etkaylar....”.
Muqaddas dinimiz ta'limotlari asosida har bir mo‘min-musulmon bilishi zarur bo‘lgan eng muhim odoblar jamlangan kitobni tabdil qildik. O‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun ayrim o‘rinlarda izoh ham berdik. Axloq oyi Ramazonda bu kitobni o‘quvchilarga ham ilindik.
Ilmi irfon arboblariga ravshan va ochiq, zavqu ixlos sohiblariga ma'lum va ayonki, yaxshilarning suhbati chinakam saodatga eltuvchidir. Yomonlarning aralashuvi esa baxtsizlikka boshlovchidir. Bunga hech shak-shubha yo‘q.
Yaxshilarning suhbati ko‘p va xo‘b foyda beradi. Faqat chiroyli odob sharti ila. Bas, modomiki, saodat izlovchi kishining zohiru botini odob va yaxshi xulqlar bilan bezanmasa, ko‘ngli toza bo‘lmasa, istagan narsasi unga foyda bermaydi.
Masnaviy:
Beadab tanho na xudro dosht bad,
Balki otash dar hama ofoq zad.
Ya'ni:
Adabsiz nafaqat yuzini qoraga bo‘yar,
Balki butun olamga ham o‘t qo‘yar.
Bas, saodat istovchilar zohiriy va botiniy odoblarni bilib, ularga amal qilishlari zarur. Toki ular ham ushbu yo‘lda ma'naviy foydalar topib, ulug‘larning martabalariga erishsalar.
BIRINCHI BOB
Birinchi bob izn so‘rash, salomlashish va ko‘rishish, qo‘l berib so‘rashish odoblarini qamrab olgan.
Birinchi fasl
Bir kishining oldiga huzuriga, uyiga kirish uchun izn so‘rashning besh odobi bor.
Birinchi odob. Kimki biror kishining uyiga kirishni istasa, avval u kishiga eshik ortida turib kelganini bildiradi. Ya'ni, eshikni ohista qoqadi yoki tomog‘ini qiradi (yo‘taladi).
Ikkinchi odob. Agar ichkaridan ovoz chiqsa, eshikning orqasidan salom berib: “Ichkariga kirsam bo‘ladimi?” deb so‘raydi. Uch marta shunday izn so‘raydi. Har izn so‘ragandan so‘ng to‘rt rakat namoz o‘qish miqdoricha kutib turadi.
Uchinchi odob. Agar uy egasi uch marotabadan so‘ng ham kirishga izn bermasa va ovoz chiqarmasa, ortiga qaytib ketadi.
To‘rtinchi odob. Uy egasi: “Kimsiz?” deb so‘rasa, otini, kimligini aytish kerak. Ammo: “Men do‘stingizman yoki tanishingizman” demaslik kerak. Aks holda, uy egasida shubha uyg‘onishi mumkin.
Beshinchi odob. Agar uy egasi unga hamroh bo‘lsa va uni uyiga boshlab kelsa, eshik oldiga kelganida kirish uchun izn talab qilinmaydi.
Ikkinchi fasl
Salomlashishning to‘qqiz odob bor.
Birinchi odob. Ikki mo‘min bir-biriga ro‘baro‘ kelsa, xoh oshno va xoh nooshno bo‘lsin, bir-biriga salom beradi. Salom berish sunnatdir. Javobi, agar salom berilgan bir kishi bo‘lsa, farzi ayndir. Agar ko‘p kishi bo‘lsa, farzi kifoyadir.
Ikkinchi odob. “Assalomu alaykum” deb salom berish kerak. “Assalomu alayka” yoki “Salom alaykum” demaslik lozim.
Uchinchi odob. Salomga alik olish farz. Alik olishda: “Va alaykum assalom” deydi. Salomga kuttirmasdan alik olish kerak. Agar kechiktirib alik olinsa yoki alik olayotganini salom beruvchi eshitmasa, farz soqit bo‘lmaydi.
Agar ikki kishi bir-biriga birinchi bo‘lish maqsadida salom bersa, agar biri avval, biri keyin voqe bo‘lsa, alik olingan bo‘ladi. Agar ikkala salom ham bir paytda voqe bo‘lsa, alik o‘rniga o‘tmaydi, har qaysi alohida alik olishi kerak.
To‘rtinchi odob. Agar kishi bir jamoa mo‘minlarning oldiga kirsa, bir kishini xoslab (alohida ajratib) salom bermaydi. Balki barchaga birday salom beradi. Ammo ko‘chada va bozorda bir kishini xoslab salom bersa bo‘ladi.
Agar jamoa bir kishiga salom bersa, o‘sha kishi alik olishda jamoaning hamma a'zolarini nazarda tutishi kerak. Agar ulardan birini xoslab alik olsa, qolganlarning salomiga alik olinmagan hamda farz soqit bo‘lmagan bo‘ladi. Agar bir kishi tanishiga boshqa kishidan salom aytib yuborsa, xabarchi u kishining salomini yetkazgan zahoti alik olishi vojibdir. Xabarchining javobini salomga qo‘shmaslik mustahabdir. “Va alayka va alayhi, va alaykumus salom” deyish kerak. Agar maktubda salom bitilgan bo‘lsa, xuddi shu shaklda javob qaytarish lozim.
Beshinchi odob. Salom berayotib boshni quyi qilmaslik kerak. Qo‘l, kift (elka) yoki bosh bilan ham ishora qilmaydi. Agar shunday qilsa, bu juda xunuk holatdir.
Oltinchi odob. Ro‘paradagi kishi eshitishi uchun salomni baland ovozda berish kerak. Salom beruvchiga eshittirib alik olish kerak. Agar kar kishiga salom berilsa, ham ovoz chiqarish, ham qo‘l bilan ishora qilish zarur. Agar qo‘l bilan ishora qilinmasa va kar kishi buni eshitmasa, unga javob lozim emas. Agar kar kishi salom bersa, javobda ham talaffuz, ham ishora qilinadi. Agar gung kishiga salom berilsa, u kishi qo‘l bilan ishora qilib alik olsa, farz soqit bo‘ladi. Agar gung kishi salom bersa, til bilan alik olinib, ishora ham qilinsa, farz soqit bo‘ladi.
Yettinchi odob. Yoshi ulug‘ kishi kichikka, otliq piyodaga, yurib ketayotgan kishi o‘tirgan kishiga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi.
Sakkizinchi odob. Nomahram kishi yosh, sohibjamol ayolga salom bermaydi, agar u ayol salom bersa, alik olinmaydi. Agar ayol sohibjamol emas, ya'ni kampir bo‘lsa, salom bersa bo‘ladi. Agar u salom bersa, alik olish lozim.
Xotiniga va mahramlari (ona, opa-singil, amma-xola va hokazo)ga, ular harchand chiroyli bo‘lsa-da, salom berish joizdir. Ular ham alik olishlari shart.
Agar bir kishi notanish sohibjamol ayollar jamoasiga salom bersa, zarari yo‘q. Ular ham salomga alik olishadi. Ayollar jamoasi begona erkakka salom bersa, u alik oladi.
To‘qqizinchi odob. O‘n bir holatdagi kishiga salom berish makruhdir. 1) Hojatxonadagi kishiga. 2) Junub kishiga. 3) Uxlayotgan kishiga. 4) Hammomda yuvinayotgan (junub) kishiga. 5) Ovqatlanayotgan kishiga (agar og‘zida taom bo‘lmasa, salom beriladi. U ham alik oladi). 6) Xutba o‘qiyotgan imomga. 7) Azon va iqomat aytayotgan muazzinga. 8) Namoz o‘qiyotgan kishiga. 9) Qur'oni karim o‘qiyotgan kishiga. 10) Duo qilayotgan kishiga. 11) Ehromga kirgan, talbiya aytayotgan kishiga.
Uchinchi fasl
Mo‘minlar uchrashuvlarida qo‘l berib, ikki kaft bilan ko‘rishishlari kerak. Qo‘l uchida ko‘rishilmaydi. Chunonchi, “musofaha” so‘zi lug‘atda kaftlarni bir-biriga tekkizishni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunga buyurganlar. Ko‘rishishga birinchi kirishgan kishi to hamrohi qo‘lini tortmaguncha o‘zi ham qo‘lini tortmasligi kerak. Ko‘rishish vaqtida ochiqyuzli, tabassumli bo‘lish zarur.
To‘rtinchi fasl
Quchoqlashib ko‘rishishning to‘rt odobi bor. Birinchisi, safardan qaytgan kishi yaqinlari, qavm-qarindoshlari bilan quchoqlashib ko‘rishadi. Yosh bolalarning peshonasidan o‘pib, boshini silab qo‘yadi. Ikkinchisi, muqim kishilar har kuni uchrashadigan kishilari bilan quchoqlashib ko‘rishmaydi. Uchinchisi, olim, solih va fazilatli kishilar bilan quchoqlashib ko‘rishganda, ularning qo‘lini o‘pish joiz. To‘rtinchisi, ulug‘ shayxlarga ham shunday ehtirom ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |