1.3. Yetishtirish sharoitining quritilgan uzum sifatiga ta’siri
Turli xidagi tuproq iqlim sharoitida yetishtirilgan uzum mevasi sifat jihatdan hamda miqdor jihatdan ham ancha farq qiladi. Ko’pchilik mualliflar uzum yetishtirilayotgan tuman ob-havo sharoiti, tuproq iqlim sharoiti, uzum donalarini kimyoviy tarkibiga o’lchamiga va hosil sifatiga ta’sir ko’rsatadi deb ta’kidlaydi.
Uzumning texnalogik tovar sifatiga ta’siri bo’yicha navning xususiyati 60-90% ni, ob-havo sharoiti esa 10-24% ni tashkil etadi. Hosilni yig’ishdan 6-hafta ilgari yuqori harorat va faol quyosh radiasiyasi ta’siri natijasida, uzum donalarini yiriklashuvi va uning tarkibidagi eruvchan moddalar miqdorini ko’payishiga olib keladi.
Uzumdan yuqori sifatli mahsulotlar olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar tizimida eng asosiy e’tibor sug’orish va o’g’itlashga hamda tuproq unumdorligiga qaratilgan.
R.R.Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot ishlab chiqarish korporasiyasi tomonidan olib borilgan tajribalarda bog’larni tomchilatib sug’orishni turli mintaqalarga mo’ljallangan usullari yaratilgan bo’lib, bu usullarda sug’orilganda, suvning 35-40% tejaladi, bunday joylardagi tokzorlar hosildorligi 90 sentnetdan 170 sentnergacha yetgan.
Kishmish nalar xom ashyo bazasini yaxshilash uchun yirik mevali urug’siz uzum navlari – kishmish Botir, Ertagi kishmish, Samarqand kishmish navlarini yangi maydonlarini ko’paytirishni tavsiya etdi. Qadimda bog’bonlar tok o’g’itlashga qarshi bo’lganlar, chunki tok o’g’itlash uzumdan olinadigan mahsulotlarni sifati buzilishiga olib keladi.
Fransiyada uzoq yillar mobaynida go’ngni uzum sifatiga salbiy ta’siri haqida fikrlar bo’lgan. Ko’p asrlar tokchilik Fransiyada yer kuchini pasayishiga va hosildorlikni pasayishiga ta’sir qilmay qolmagan albatta. Tokzorlarni o’g’itlash nafaqat hosildorlikni oshiruvchi manba bo’lib, balki hosil sifati va kimyoviy tarkibini hamda undan olinadigan mahsulotlar sifatini boyitishiga xizmat qiladigan ozuqadir.
Hozirgi vaqtda o’g’itlash orqali hosil sifatiga ta’sir etmaydgan me’yorlarni ishlab chiqqan. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, yuqori hosil olingan uzum sifatini pastligi antogeneziga emas, balki noto’g’ri olib borilgan agrotexnikada, noqulay sharoitda va ayniqsa o’simlikni noto’g’ri oziqlanishida kuzatiladi.
Bir narsani e’tiborga olish zarurki, hosil qanchalik ko’p bo’lsa, uning shakllanishi uchun qulay sharoit yaratish muhimdir. Uzum sifati va undan olinadigan mahsulotini asosiy ko’rsatkichi bu albatta qand miqdoridir. Uning pasayishi va ko’payishi ko’p jihatdan ham agrotexnikaga (tok tupiga tushadigan og’irlik, hosil terishdan oldingi sug’orishlar, uzum hosilini erta terish) ham mineral oziqlanish me’yoriga bog’lq deb ta’kidlaydi.
Azot o’g’itiga ko’proq e’tibor berib, faqat bir tomonlama oziqlantirsh salbiy natijalarga olib keladi. Hatto azot o’g’itlaridan meyyoridan ortiq foydalanish uzumning kimyoviy tarkibiga va quritilgan mahsulotlarga ham ta’sir etadi.
Xush ta’m va rangli moddalar asosan uzum po’stida bo’ladi. Ammiyak silitrasi esa meva donachalarini yiriklashuviga va po’sti qalinligini yupqalanishiga olib keladi. Superfosfat esa meva donachasini kattalashtirish, po’st qalinligini oshiradi, kaliy o’g’itlar esa uzum po’stini qattiqligi oshiradi, kaliy o’g’itlar esa uzum po’stini qatiqligini ta’minlaydi. Kaliy va azot o’g’itlarida olib borgan tajribalarga ko’ra meva-po’stini massasini 0,85% ga, kaliy o’g’itlarining 11% ga azot o’g’itlari bilan oziqlantirganda ham shuncha ko’paygan. Uzumning zamburug’ va fiziologik kasalliklariga tabiiy chidamliligini oshirishda kalsiy o’g’itlari muhim o’rin tutadi. Azot va kaliyli o’g’itlarning ko’p miqdorda yoki yuqori dozada solish, uzumning hosil miqdorini, mikrobiologik va fiziologik kasalliklarga chidamliligini pasaytiradi.
Tokzorlar tuprog’i namligini 78- 80% dan oshirmasdan, hosil terishda 45-50 kundan oldin sug’orib turish lozim. Uzumni juda kech sug’orish quritilgan uzum sifatini pasaytiradi.
Qozog’iston janubida uzumning Pushti kishmish, Oq kishmish, Nimrang, Toyfi va boshqa navlarini sug’orishini hosil yeg’ishdan 30 kun ilgari to’xtalishi evaziga sifatini yuqori bo’lishiga erishilgan. Sug’orishni shu muddatdan kech to’xtatilishi uzum sifatini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |