Tabiiy urug’lanish deb, hech qanday sun’iy ta’sirlarsiz tabiiy urug’lanishga aytiladi.
Sun’iy urug’lanish- bu erkakalik jinsiy hujayralarini tuxum hujayra tomon sun’iy ta’sirlar bilan yuborilishiga aytiladi.
Sun’iy urug’lantirishga oid ishlarni avval sovuqqonli hayvonlarda (baqa, qurbaqalarda), so’ngra issiqqonlilarda o’tkazish XVII asrda boshlangan. Hozirgi vaqtda butun dunyo chorvadorlari shu metoddan foydalanishmoqda. Sun’iy urug’lantirishni chorvchilikda keng qo’llashni M.F.Ivanov boshlagan edi.
Odatda erkaklik jinsiy hujayrasi ham urg’ochilik jinsiy hujayrasi ham yetilish tugagandan so’ng bo’linmaydi va rivojlanmaydi.
Agar urug’lanish sodir bo’lmasa, spermatazoid o’z aktivligini juda tez yo’qotadi va yashashga qobliyatsiz bo’lib qoladi. Tuxum hujayra esa urug’lanmasa, juda kichik yadro bilan ko’p miqdordagi sitoplazma o’rtasidagi keskin nomuvofiqlik tufayli juda tez halok bo’ladi. Shu sababdan urug’lanish va rivojlanish sodir bo’lishi uchun jinsiy hujayralar mumkin qadar tezroq uchrashishi zarur.
Urug’lanishning ikkita fazasi farq qilinadi: Urug’lanishning tashqi va ichki fazasi.
Urug’lanishning ikkita fazasi farq qilinadi: Urug’lanishning tashqi va ichki fazasi.
Urug’lanishning tashqi fazasi urug’ hujayraning tuxum hujayraga intilishi va tuxum hujayrada qabul qilivchi do’mboqchalarning hosil bo’lishi bilan boradi. Effektiv spermatazoidlardsan biri shu do’mboqchaga yetib borib unga yopishadi. Spermatazoid tuxum hujayraga tekkan zahoti uning akrosomasida gialuronidaza fermenti yordamida tuxum hujayra qobig’idagi gikozaminoglikanni eritadi.Spermatazoidning boshchasi bo’yni va tanasi tuxum hujayra ichiga kirib, dumi tashqarida qoladi. Kortikal granulalar urug’lanish qobig’ini hosil qilishi natijasida po’stloq qavat yo’qoladi. Shu davrdan boshlab ichki urug’lanish fazasi boshlanadi.
Urug’lanishning ichki fazasida spermatazoid joylashgan boshchasi sitoplazmaga kirgandan so’ng,shishadi va tuxum hujayra yadrosiga nisbatan 180o ga buriladi va spermatazoidning sentrosomadan iborat bo’yin qismi oldinda bo’lib qoladi va tuxum hujayraning yadrosi tomon harakatlanadi.
Sentrosoma atrofida axromatin to’ri hosil bo’ladi. Tuxum hujayraning yadrosi ham shishib spermatazoid yadrosi tomon harakatlanadi. Spermatazoid va tuxum hujayra yadrolari qo’shiladi va zigotani hosil qilishi bilan urug’lanish davri yakunlanadi.
Urug’lanish natijasida jinsiy hujayralardan sifati jihatidan farq qiladigan, ota-ona irsiyatiga ega bo’lgan yangi hujayra zigota hosil bo’ladi. Zigota bo’lina boshlaydi va ko’p hujayrali embrionga aylanadi.
Urug’lanish natijasida yuzaga keladigan ikkilanma irsiyat katta ahamiyatga ega. U organizmning yashash sharoitiga moslashuvini va yashovchanligini orttiradi.