Urug’lanish deb,erkakalik va urg’ochilik jinsiy hujayralarining qo’shilish jarayoniga aytiladi. Urug’lanish natijasida hosil bo’lgan hujayra zigota deyiladi. Urug’lanish jarayoni hayvonlarda ham o’simliklarda ham kuzatiladi. Urug’lanish jarayonini erkaklik jinsiy hujayralari- spermatazoid va urg’ochilik jinsiy hujayrasi-tuxum hujayra amalga oshiradi. Spermatazoidlar urug’donda, tuxum hujayra tuxumdonda yetiladi.

Urug’ hujayralar tuxum hujayraga nisbatan ko’p sonlidir. Spermatazoid sonining ko’p bo’lishi, ularning saqlanishi uchun muhit yaratishga, tushgan joyining kislotali muhitini ishqoriy muhitga aylantirishga va o’zga organizmning uning immun tizimiga ta’sir etmasligini ta’minlaydi.

Spermatazoidlar urg’ochi jinsiy yo’lining ma’lum darajadagi suyuqligiuga qarshiligi reotaksis deyiladi va tuxum hujayra joylashgan tuxum yo’li tomon tuxum hujayraning taxassus moddasini sezgan holda harakat qilishi ximotaksis deyiladi. Odam spermatazoidi 1-2 mm/min tezlikda harakat qiladi. Spermatazoidning harakati faqatgina o’zing hisobiga amalga oshibgina qolmay, bachadon muskullarining qisqarishi hisobiga ham sodir bo’ladi.
Spermatazoid bachadon bo’ynidan to tuxum yo’ligacha bo’lgan masofani taxminan 3 soat davomida bosib o’tadi.
Spermatazoid ayol jinsiy yo’lida urug’lantirish qobliyatini 1-2 kunga qadar saqlab qoladi.
Spermatazoid tanadan tashqarida ya’ni termoststdan urug’lantirish qobliyatini bir haftadan ortiq saqlab qoladi.