1-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: UNIVERSAL TOKARLIK-VINT STANOGINING KINEMATIK SXEMASINI O’RGANISH.
Ishdan maqsad. IK62 modelli universal tokarlik-vint qirqish stanogining tuzilishi, ishlashi bilan tanishish va unda zagotovkalarni ishlash uchun texiologik karta tuzib, u bo‘yicha ishlash va sarflangan asosiy vaqtni aniqlash.
Umumiy ma’lumot. Sanoatda ishlab chiqarilayotgan IK62 modelli stanok E. N. I. I. M. S. tasnifiga ko‘ra, 1-guruh 6-turiga kiradi. Bu stanokda silindrik, konus, murakkab shaklli tashqi va ichki yuzalar xomaki va uzil-kesil ishlanadi, teshiklar, rezbalar ochiladi. Stanokda zagotovkalarni kesib ishlashda tayyorlanayotgan detal sifati va ish unumdorligi esa zagotovka materialiga, quyim qiymatiga, ishlov berish tartibiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |