Mavzu: Umurtqalilarda ko’ndalamg targ’il muskullar qisqarish jarayoni. Sirpanuvchi ipchalar modeli Reja



Download 28,04 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi28,04 Kb.
#786575
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu


Mavzu: Umurtqalilarda ko’ndalamg targ’il muskullar qisqarish jarayoni. Sirpanuvchi ipchalar modeli


Reja:

  1. Mushak tizimining umumiy tarifi

  2. Ko’ndalang targ’il muskullar

  3. Silliq muskullar, qisqarish mehanizmi



Hayvonlarning harakati, tana qismlarining bir-biriga nisbatan harakati, ichki a’zolarning ishlashi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm bo’lishi, ajratuv aktlari turli guruh mushaklar faoliyati tufayli amalga oshiriladi.  Mushaklar - barcha yuksak hayvonlarning muhim ijrochi (ishchi) a’zolari, ya’ni effektorlari hisoblanadi. Yuksak hayvonlarda targ’il va silliq mushaklar farqlanadi. Shu bilan birga, ko’z qorachig’i mushaklari va ko’z stiliar tanasining mioepitelial hujayralari, ixtisoslashgan qisqaruvchi hosilalari ham alohida o’rganiladi.
Mushaklar qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik xususiyatlaridan tashqari qisqaruvchanlik, ya’ni qo’zg’alish paytida qisqarish yoki bo’shashish (taranglik darajasini o’zgartirish) qobiliyatiga ham ega.
Targ’il mushaklar skeletning harakat apparatlarini, ko’z harakatlari, chaynash va boshqa bir qancha muhim harakat apparatlarini shakllantiradi. Yurak mushaklari ham targ’il mushaklar hisoblanadi.
Odam va hayvonlarning targ’il mushaklari (yurak mushaklari bundan mustasno) MAT tomonidan to’liq boshqariladi, avtomatizm xususiyati bo’lmaydi, ya’ni MATning buyrug’i bo’lmasa ishlamaydi. Ular ixtiyoriy mushaklar  deb ataladichunki odam xoxishiga bo’ysunadilar.
Targ’il mushaklarning xossalari. Ko’ndalang-targ’il mushaklarning odam va umurtqali hayvonlarda uchta asosiy xossasi farqlanadi: 1. Qo’zg’aluvchanlik, ya’ni membranani ionlar uchun o’tkazuvchanligini o’zgartirib, ta’sirotga harakat potensiali vujudga keltirishi bilan javob berish qobiliyati;
2. O’tkazuvchanlik, ya’ni harakat potensialini tola bo’ylab tarqatish qobiliyati;
3. qisqaruvchanlik, ya’ni qo’zg’alish natijasida kaltalanish yoki o’z tarangligini o’zgartirish qobiliyati.
Bu mushak tolasining asosiy xususiyati shundan iboratki, uning protoplazmasida (sarkoplazmasida), tolaning uzunchoq o’qi atrofida joylashgan ko’pgina yupqa (diametri taxminan 1 mkm) iplarning, ya’ni miofibrillalarning mavjudligidadir.
Miofibrillalar birin-ketin kelgan polyarizatsiyalangan (yorug’likni turli ravishda sindiradigan) disklardan iborat. Yorug’likni ikki yuzaga sindiradigan disklar oddiy mikroskopda qoramtir ko’rinadi va ular anizotrop disklar deb ataladi. Tolaning bu disklarga yondosh qismlari esa yorug’likni bir yuzada sindiradi, ular mikroskopda tiniq ko’rinadi va izotrop disklar deb ataladi. Anizotrop disklar A harfi bilan, izotrop disklar I harfi bilan belgilanadi.
Anizotrop disklar o’rtasida yorug’ H xoshiyasi ko’rinadi. Izotrop disklar o’rtasidan qoramtir Z chiziq o’tgan bo’lib, u yupqa membrana teshiklaridan o’tuvchi miofibrillalar shu membranaga birikkan. Shu tufayli, mushak tolasida parallel o’tuvchi miofibrillalar orqali disklarning qisqarishi vaqtida bir-biriga nisbatan siljib ketmaydi.
Targ’il mushaklarning miofibrillalari o’rta hisobda 2500 protofibrillalardan (iplardan) tuzilgan. Protofibrillalar miozin va aktin oqsillarining polimerlangan cho’ziq molekulalaridan iborat. Miozin protofibrillalar aktin iplarga nisbatan ikki marotaba yo’g’onroq (diametri taxminan 10 nm). Mushak tolasi tinch holatda turganida, ingichka uzun aktinlarining uchlari yo’g’onroq va kaltaroq miozin iplari o’rtasidagi yoriqlarga kirib turadi. Izotrop disklar faqat aktin iplardan, anizotrop disklar esa miozin va aktin iplardan tashkil topgan. Anizotrop diskning o’rtasida aktin iplardan hosil bo’lgan H xoshiya joylashganligi ko’rinadi.
Miofibrillaning bir-biriga yaqin bo’lgan ikkita Z chiziqlar oralig’idagi qismi bir sarkomerni tashkil qiladi. Demak, miofibrilla birin-ketin takrorlanadigan juda ko’p sarkomerlardan iborat. har bir sarkomerga esa ikkita I disk va bitta A disk kiradi. Bo’shagan mushak tolasi sarkomerining uzunligi 3,6 mkm ni, tola qisqargan holatda esa 2,0-2,2 mkm ni tashkil qiladi.
Umurtqali hayvonlar mushak tolalarining qoramtir anizotrop disklari 1,6 mkm uzunlikka ega, yo’g’on (diametri 10 nm) miozinli iplarning parallel bog’lamlaridan shakllangan. Miozin oqsilining molekulyar massasi 500 000 Da (daltonni) tashkil qiladi. Miozin iplarida o’simtalar - miozinli molekulalarning boshchalari (uzunligi 20 nm) joylashgan. Och rangli izotrop disklarda, aktin oqsilidan tuzilgan (molekulyar massasi 42000 Da) ingichka iplar (diametri 5 nm, uzunligi 1 mkm), hamda tropomiozin va troponin mavjud. qo’shni sarkomerlarni bir-biridan ajratib turadigan Z- chiziq atrofida ingichka iplar bog’lami Z- membrana bilan birikkan.
Miofibrillalarning orasida qator bo’lib mitoxondriyalar joylashgan. Mitoxondriyalarda mushakni energiya bilan ta’minlab turadigan oksidlanish-fosforlanish jarayonlari sodir bo’ladi.
Miofibrillalar, aniqrog’i ularning sarkomerlari - bu mushak tolasining qisqaruvchi apparati, ya’ni motoridir!

Download 28,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish