Mushak tolasining membranasi – plazmalemma asab membranasi bilan o’xshash. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, taxminan sarkomerlarning chegarasida (baqada Z-chiziq darajasida, sut emizuvchilarda - A va I disklar chegarasi darajasida) vaqti-vaqti bilan bir maromda T-simon o’simtalar (diametri 50 nm bo’lgan naychalar) beradi. Plazmalemmaning bu o’simtalari uning maydonini kattalashtiradi va shu bilan birga umumiy elektrli hajmini (sm) ham kengaytiradi.
Mushak tolasining ichida miofibrillalar bog’lami o’rtasida plazmalemmaga parallel ravishda sarkoplazmatik retikulum deb ataladigan naychalar tizimi joylashgan. Ushbu naychalar tizimini har bittasi shoxlangan, lekin berk tizim bo’lib, miofibrillalarga juda yaqin yondoshgan va o’zining ko’r uchlari (uchidagi kistermalari) bilan plazmalemmaning T-simon o’simtalariga (T-tizimga) birlashadi.
T-tizim va sarkoplazmatik retikulum - bu plazmalemmadan signallarni (qo’zg’alishni) miofibrillalarning qisqaruvchi apparatlariga o’tkazishni ta’minlovchi apparatdir.
Umurtqali hayvonlar targ’il-mushak tolalarining innervastiyasi orqa miya motoneyronlari yoki miya so’g’oni (stvoli) tomonidan amalga oshiriladi. Bitta motoneyron o’z aksonining kollaterallari bilan bir nechta mushak tolalarini innervastiyalaydi. Bitta motoneyron va u innervastiyalaydigan mushak tolalaridan tuzilgan majmuasining harakatlantiruvchi birligi yoki motoneyron birligi deyiladi (HB yoki MNB).
Asab tolalari ta’sirlarga nisbatan "bor yoki yo’q" qoidasiga binoan reakstiya qiladi, ya’ni barcha bo’sag’a kuchidan ustun ta’sirlarga standart harakat potensiali bilan javob beradi va aksincha bo’sag’a kuchidan past ta’sirlarga harakat potensiali bilan javob bermaydi.. Lekin, asab tanasiga (mushakni innervastiya qiluvchi) yoki skelet mushaklarning o’ziga elektr ta’sir ko’rsatilganida rag’batning kuchiga bog’liq bo’lgan turli kuchga ega mushak reakstiyasini chaqiradi. Bu hol, faollashgan harakat birligiga yoki mushak tolalari sonining har xil miqdoriga bog’liq. Rag’batlarning ancha kuchlilari ko’p miqdordagi harakat birligini (yoki mushak tolalarini) faollashtiradi.
Umurtqalilar silliq mushaklari me’da, ichak, siydik yo’llari, bronxalar, qon tomirlari va boshqa ichki a’zolar devolarining mushak qatlamlarini shakllantiradi. Ular MAT tomonidan sust boshqariladi, avtomatik ishlash xususiyatiga va ularni ko’p holatlarda yoki o’z-o’zini boshqarishini ta’minlaydigan o’zining intramural yoki metasimpatik asab chigaliga ega. Silliq mushaklarni (yurak mushaklarini ham) odam xoxishiga bo’ysunmasligini nazarda tutib, ayrim xollarda ixtiyorsiz mushaklar deb ataladi. Silliq mushaklar hujayralarida, xuddi ko’ndalang-targ’il mushaklarniki singari, sarkomerli
Do'stlaringiz bilan baham: |