Tabiatning ulug'vor manzarasi.
XVII asr ingliz olimi E. Berk estetik qarashlarida ulug'vorlikning go'zallik singari obyektga bog'liqligi ta'kidlanadi. Uning fikricha, ulug'vorlik tuyg'usining manbai — dahshat yoki hayratomuz tuyg'ular qo'zg'atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir.
Berk ulug'vorlikning inson ruhiga ta'sir kuchi haqida gapirib, uni insonga his-tuyg'uli ta'sir o'tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo'lgan qoniqmaslik tuyg'usi bilan bog'laydi.
Boshqa ingliz estetik tadqiqotchisi G.Xoum ulug'vorlik va go'zallik mutanosibligi masalalarida Berkka qarama-qarshi mavqeda turadi. Uning fikricha, ulug'vorlik go'zallikdan faqat o'zining ko'lami bilan farq qiladi va ijobiy his-tuyg'ular uyg'otadi.
I.Kant ijodida ulug'vorlik nazariyasi yanada rivojlantirildi.
U ulug'vorlikka estetikaning boshqa tushunchalari tizimi doirasida qarab, go'zallik va ulug'vorlik barcha o'xshashliklari hamda farqlari bilan bir butun umumiylikka ega ekanini asoslab berdi. Uning fikricha, go'zallik ham, ulug'vorlik ham qo'pol, sof foyda ma'nosidagi manfaatdan xoli bo'lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasawurlarini o'zida mujassamlashtirgandir. Kant ulug'vorlikto'g'risidagi fikr-mulohazalar tahliliga alohida e'tiborni qaratadi. Go'zallik va ulug'vorlik haqidagi fikr-muloha-zalarni qiyosiy tahlil etib, u shuni ta'kidlaydiki, go'zallik haqidagi fikr-mulohazalarga nisbatan ulug'vorlik haqidagi fikr-muloha-zalarda umumiy kelishuv darajasi ancha yuqoridir.
Kantga qarama-qarshi o'laroq, Hegel ulug'vorlikni boshqa bar-cha estetik muammolar qatorida, asosan, san'at asarlari zamini-da mushohada etadi. Uning fikricha, ulug'vorlik san'atning estetik xususiyati bilan ko'proq bog'langan. Shu bois ulug'vorlikning eng yorqin ifodasi — bu diniy va ilohiy san'atdir.
Chernishevskiyning qarashlariga ko'ra, ulug'vorlik tabiiy hodi-salarga ham xos estetik tushunchadir. Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo'lgan bo'ron ulug'vordir, pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli bo'lgan sevgi ulug'vordir.
Ulug'vorlik sifatiga ega bo'lgan narsalardan lazzatlanish o'sha narsalarning sifatiga bog'liq bo'lmay, balki ulardan lazzatla-nayotgan insonning tarbiyasiga ham bog'liqdir.
Qahramonlikda ulug'vorlikka xos estetik va axloqiy sifat to'la namoyon bo'ladi. Xalq fidoiylari, elu yurt jonkuyarlarining qiyofa-lari bir vaqtning o'zida ham ulug'vorlikni, ham mardonalikni namoyon qiladi. Qahramonlik torn ma'noda odatdan tashqari noyob, nodir, kam uchraydigan hodisa bo'lib tuyuladi. Lekin u kundalik hayotda oddiy sharoitda eng sodda, hamma amal qiladigan axloqiy qoidalar doirasida ham sodir bo'lishi mumkinligining o'zi ulug'vor ahamiyat kasb etadi.
Alisher Navoiy nazdidagi qahramonlik mardlik, ulug'vorlik halol mehnatda, yaxshi axloqiy aqidalarga doimiy tarzda amal qilishda o'z ifodasini topadi.
Ulug'vorlik san'atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san'atning barcha ko'rinishlari uchun asosiy mavzudir. Shubhasiz, san'atning turli shakllarida ulug'vorlik xilma-xil tasvirlanadi. Qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojiasi, qahramonlik musiqa asarlari, me'morchilik kabi san'at asarlari ulug'vorlik mavzuini badiiy o'zlashtirish jarayonida vujudga kelgandir.
Ulug'vorlik kategoriyasini quyidagi tarixiy hikoyat bilan bog'lash mumkin. Ne'matullo Ibrohimov «Ibn Battuta va uning O'rta Osiyoga sayohati» kitobida shunday hikoyatni keltiradi.
Abbosiylarning Balxdagi noibining xotini masjid qurdiradi. Shu vaqtda Xalifa ulardan katta xiroj — o'lpon undirib kelgani o'zining amirini Bakga yuboradi. Bak shahri ayollari bola-chaqalari bilan noibning xotini huzuriga kelishib, haddan ziyod katta xiroj solin-ganini aytib, arz qilishadi. Shunda noibning xotini boj yig'uvchi amirni chaqirib, o'zining qimmatbaho javohirlar qadab tikilgan ko'ylagini unga berib: «Balx aholisi bunday katta xirojni to'lay olmaydi, mana shu ko'ylakni boj hisobiga ol-da, uni Xalifaga olib borib ber, xiroj o'rniga shu ko'ylakni olsin», — deydi. Amir ko'ylakni olib borib, Xalifaga bo'lgan voqeani aytadi. Xalifa bu gaplarni eshitib, xijolat bo'lib: «Nahotki bir ayolning himmati bizning himmatimizdan a'lo bo'lsa?» — deb ko'ylakni egasiga olib borib berishni buyuradi va: «Shahar aholisini bir yillik xirojdan ozod qildim!» — deb farmon beradi. Ayol amirdan: «Bu ko'ylakni Xalifa ko'rdimi?» — deb so'raydi. «Ha, ko'rdi,» — deb tasdiqla-ganidan so'ng, ayol: «Begona odamning nazari tushgan ko'ylakni hech qachon kiymayman, bu ko'ylakni sotib, puliga masjid quringlar», — deya farmon beradi. Pulga masjid, xonoqoh, karvon-saroy qurdiradilar. Pulning uchdan biri ortib qoladi. Uni ayol olmaydi, masjid ustunlarinmg birini tagiga ko'mib qo'yinglar, kerak bo'lganda xalq yaxshi kunlariga ishlatsin», deydi.
Chingizxonga bu voqeani aytishganda, u ustunlarning tagini kavlab, masjidni buzib tashlaydi, ammo pulni topolmaydi.
Bu hikoyatda Chingizxon — pastkashlik timsoli, noibning xotini — ulug'vorlik timsoli sifatida gavdalanadi.
Demak, turli estetik hodisalar bir vaqtning o'zida jamiyatda mavjud bo'ladi va bu xilma-xillik insonning rahiy holatiga ta'sir ko'rsatadi hamda uning ma'naviy, ruhiy kamoloti ko'rsatkichi bo'lib boraveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”
2.I.A.Karimov " Uzbekiston XXI asr busagasida".
3.Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. -T.: Uzbekiston, 1994 yil.
4.E.Umarov "Estetika" T."Cho’lpon" nashriyoti, 2006 yil.
5.Adabiyot nazariyasi. T., "Fan" nashriyoti, 1979 - 81 yil.
6."Tafakkur gulshani", T. G.Gulom nomidagi adabiyot va sanoat nashriyoti, 1989 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |