mashg`ulot boshlanadi. Bolalar “Kuzoy” bilan salomlashadi. “Kuzoy” likopchasidagi barglarni qilam
ustiga sochib yuboradida tarbiyachiga yuzlanadi. Bolalarning bittadan barg olib uning rangini, qaysi
darsxt bargi ekanligini aytib berishligini so`raydi. Bolalar gilam ustiga o`tirib oladi. Masalan: Mening
qo`limdagi bargning rangi qizg`ish sariq, bu o`rik daraxtning bargi, o`rik daraxt mevali daraxtdir.
Navbatdagi bola: mening qo`limda sariq barg bor. Bu terak daraxtining bargi. Terak daraxti manzarali
daraxtdir. Shu tariqa davom etadi. Gapirish “Kuzoy” bilan tarbiyachidan boshalnadi. Agar bola qaysi
daraxtning bargi ekanligini topishda qiynalsa tarbiyachi yordam beradi. Navbati bilan barcha bolalar
gapirganidan keyin likopchadagi qizil, sariq, oq gul shakllaridan xoxlagan bittasini olish taklif etiladi. 3
ta stolda barglar xamda 1 stolda oq, 2-stolda qizil, 3-stolda sariq gullar vazaga qo`yiladi. Bolalar qaysi
rangdagi gulni tanlagan bo`lsa, shu rangdagi gulli stolga borib o`tiradi. Stol ustidagi bargdan bittasiga
o`xshatib qog`ozdan barg qirqadi va plakatga chizilgan daraxtga yelimlab yopishtiradi.
Plakatda terak, tol, olma, bexi, anor, uzum daraxtlari mevasi bilan chizilgan bo`lishi kerak.
Bolalar mevasi va daraxtlarning tuzilishiga qarab bargni to`g`ri yopishtira bilishi kerak. Tarbiyachi va
“Kuzoy” bolalar ishni kuzatadi, rag`batlantiradi, qiynalganlarga yordam beradi. Bolalar ishini
oxirlaganlaridan keyin eshik taqillab “Tabiatsevar” kirib keladi.
Salomlashishadi va o`zini tanishtiradi. Men “Tabiatsevarman” o`simliklarni, qushlarni,
xayvonlarni, tuprog`I, suvni juda-juda yaxshi ko`raman. O`simliklarni paykon qilganni, daraxt shoxini
sindirganni, qushlarga tosh otganni, jonivorlarga ozor berganni, suvni iflos qilganni o`lguday yomon
ko`raman. Sizlarchi? Sizlarning qanday ekanligingizni xozir sinab ko`rmoqchiman. Qo`lidagi rasmli
kartochkalarni gilam ustiga tarqatib tashlaydi. Rasmlar mazmuni xar xil: gullarda suv qo`yayotgan,
qafasdagi qishga ozuqa berayotgan daraxt shoxini sindirayotgan, daraxtga in qurayotgan, daraxtni
oxaklayotgan, chumchuqni tutib, bog`lab o`ynayotgan, qushlarga tosh otayotgan, anxorga chiqindi
tashlayotgan va shunga o`xshash rasmlar. Bolalar shu rasmlardan qaysi birini yoqtirmasa shuni yoniga
borib turadi va navbati bilan nimasi yomon ekanligini tushuntirib beradi. So`ngra “Tabiatsevar” olib
kelgan kuz ne`matlaridan bolalarga tortiq qilinadi.
Tarbiyachi “mazasidan top” o`yinini o`tkazadi. Oxirida “Kuzoy”, “Tabiatsevar” raxmat aytib
xayrlashadi. Bolaning yosh xususiyatini nazarda tutgan holda fikrlashga undash ularning bilishga bo`lgan
hohishini uyg`otadi. Bironta savol, jumboqli topshiriq mazmunini tez fahmlaydigan bo`ladi. Natijada
bola egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakani oson o`zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: