Мавзу: Туронзамин – қадимий маънавият ва маърифат маскани



Download 1,12 Mb.
bet19/41
Sana23.07.2021
Hajmi1,12 Mb.
#126341
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji

I.A. Karimov
7. MAVZU:Sharq renessansi makkaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati tarixida buyuk xodisa.

Reja:

  1. SHarq Renessansi (uyg‘onish) Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati tarixida buyuk hodisa.

  2. SHarq Renessansi davrining buyuk allomalari va ularning jahon ma’naviyati va madaniy taraqqiyoti (sivilizatsiyasi) rivojida tutgan o‘rni.

  3. Markaziy Osiyoda so‘ngi Temuriylar davri ma’naviyatining yuksalishi.




  1. SHARQ RENESSANSI (UYg‘ONISH) MARKAZIY OSIYO XALQLARI MA’NAVIYATI TARIXIDA BUYUK HODISA

Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy – siyosiy o‘zgarishlar, yagona islom dininig tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko‘tarinkilik ruhini paydo etdi. Bu ko‘taringilik butun Arab xalifaligini, YAqin va O‘rta SHarqni qamrab olganligi uchun SHarq o‘yg‘onish davri deb ataladi. Bu jarayon IX asrdan boshlab XV-XVI asrgacha davom etdi.

Arab xalifaligida asrda vujudga kelgan Uyg‘onish davri xalifaligining Bag‘dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa щu davlatlarning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning dovomi bo‘ldi. Ayniqsa VII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi -Bag‘dod, Damashq shaharlarida madaniyat ilm-fan ko‘chayib bormoqda edi. Xususan Xalifalar mansur (754-776) Xorun ar-Rashid 786-809) va uning o‘g‘li Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hindcha yunoncha, forschadan ilmiy siyosiy badiiy asarlarning tarjimalari ko‘paydi, madaniy aloqalar avj oldi, qadimgi YUnonstonning mashho‘r olimlari Arsitotel Galen, Gippokrat, Arximed, Evklid kabilarning merosi keng o‘rganildi.

Xalifa Xorun- ar rashid va uning o‘g‘li Ma’mun davrida Bag‘dodda «Baytul hikma» (donishmandlik uyi-hozir akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil topib,YU rasadxon, keyinchalik yangi kutubxona qurildi. Bu akademiya barcha ilm sohiblari to‘plangan markazga aylandi. Bag‘doddagi mazkur ilm markazi o‘z navbatida SHarq va g‘arbda ilm faninin taraqqiyo etishga ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir etgan. Bu o‘rnida al-Ma’munning ilm-fan ravnaqiga ko‘rsatgan homiyligi beqiyos bo‘lgan. Xalifalikning turli o‘lkalaridan taniqli olimlar Bag‘dodga olib kelindi. Ma’mun Bag‘dodga halifa bo‘lib ketishidan avval Mavrda halifalikning O‘rta Osiyo va Xurosondagi noibi bo‘lgan. Uning saroyida katta olimlar: Xorazmiy, Farg‘oniy Turkiy, Marvaziy, Maturidiy kabilar ijod qilgan. O‘rta Osiyoda arablar kelib halifalikkka bo‘ysunushdan qutilish va mustaqil davlat tuzish uchun qurashga aylanib ketdi. Natijada IX asrning oxiridan boshlab mo‘g‘ullar istilosiga – IIX asrning boshlariga qadar bo‘lgan davr ichida O‘rta Osiyo va Xurosonda bir necha feodal davlatlari vujudga kelib, parchalanib ketdi, bular qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, qorahoniylar va nihoyat xorazmshohlar davlati edi.

Qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh YUnon xoh arab, xoh Mavoraunnahr va Xuroson xalqning eng qadimgi antik darvlar madaniyati bo‘lsin, Uyg‘onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Agar arablar O‘rta Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo‘lgan fan va madaniyat o‘choqlarini yo‘qotgan bo‘lsalar, ko‘p o‘tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qushiluvchi natijasida SHarqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.

YAqin va O‘rta SHarqda jumladan Eron Kavkaz ort iva O‘rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. M.Xayrullaev ta’kidlaganidek «YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlaridagi madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab feodal munosabatlarning yangi bosqichi bo‘ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo‘ysungan mamlakatlarning xo‘jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar- hind O‘rta Osiyo Eron, Arab, YUnon, Rim madaniyatlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va bir –biriga ta’sir etib borishi katta rol o‘ynaydi»46

Bu davrda qishloq xo‘jaligi foydalanadigan er maydonlari kengaydi, ko‘plab sug‘orish inshootlari tiklandi va yangilari qurildi, paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ular tolasidan mato to‘qilgan. Mavoraunnahrda xususan Urganch, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro to‘qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo‘lgan.

Qishoq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Natijada YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko‘lami ortib bordi.

«Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixida YAngi sahifa ochdi. Makedoniyalik Aleksandr orzu qilgan SHarq va g‘arbning hayotida YAngi davr boshlandi. Bu jarayonning, ayniqsa, Evropa uchun ahamiyati beqiyos bo‘ldi. SHarq faqatgina Evropa madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman evropalik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonni tubdan o‘zgartirib yubordi».

X asrdan boshlab Mavoraunnahr va Xirosonda mustaqil feodal davlatlar: Tohiriylar, Samoniylar, Qoraxoniylar, g‘aznaviylar, Suljuqiylar, Xorazimshohlar davlatlarining paydo bo‘lishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi.

Samoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlaridan hisoblanar edi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan, kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy bahs, munozaralar o‘tkazganlar. Samoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazimiy, al-Farobiy, Beruniy, ibn Sinolar yashab ijod etishgan.

Qoraxoniylar davlatida (X asr 2-yarmida tashkil topgan) ham ba’zi xonlar o‘z saroylarida kutibxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab, hatto g‘arbiy Evropa olimlarining asarlari ham bor edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. YUsuf xos Hojib, Muhamad Qoshg‘ariy kabi olimlar asarlar yaratdilar.

g‘aznaviylar davlati (XI asr boshlari)da ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Muhmud g‘aznaviy o‘z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to‘pladi. Olimlarni ilmiy ishlarga jalb etdi. Beruniy ham Mahmud saroyida yashab «Hindiston» asarini yaratdi.

Suljuqiylar davlatida Alp Arslon Muhammad hokimiyatni boshqargan vaqtda uning vaziri Nizom ul-Mulk o‘z davrining mashhur siyosiy arbobi va ma’rifatparvar inson sifatida dovrug‘ qozondi. «Siyosatnoma» asarini (1091-1092) yozdi. U g‘aznaviylar ish uslubiga o‘zgartirishlar kiritdi. Nizom ul-Mulk 1067 yilda Bag‘dodda o‘zining shaxsiy jamg‘armasiga «Nizomiya» madrasasini qurdirdi, unga homiylik qildi.

Xorazimshohlar davlati (XI asr) davrida Xorazimda ilm-fan rivoj topdi. Ma’mun o‘z saroyida tashkil etgan. «Baytul hikma» «Donishmandlar uyi»da qomusiy olimlar Beruniy, ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nosir ibn Iroq faylasuf Abu Sahl al-Masihiy, tabib Abdulxayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug‘illandi. Lekin toju-taxt uchun kurash natijasida bui lm dargohi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.



SHarq «uyg‘onish davrida» ilm-fan 3 yo‘nalishda rivojlangan:

  1. Birinchi yo‘nalish – matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, Kime, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga ibn Sino, Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rayxon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.

  2. Ikkinchi yo‘nalish – ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, fikh, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo‘yicha Farobiy, al-Kindiy, ibn Sino, Zahiriddin Bayhaqiy, Muhammad Narshahiy va boshqlar faoliyat ko‘rsatganlar.

  3. Uchinchi yo‘nalish – ta’limiy-ahloqiy yo‘nalishi bo‘lib bu sohada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlar tarkibida yoki axloqiy asarlarda bayon etsalar, adib va tarbiyashunos olimlar ta’lim-didaktik asarlarida ifodalaganlar. Ma’lumki, SHarq uyg‘onish davrida inson muammosi ma’naviyat sohasidagi asosiy masala bo‘lgan. SHuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda SHarqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug‘lash etakchi o‘rin tutgan.

Umuman uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ular quydagilardan iborat:

  1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.

  2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarinng rivoji, ratsionalizm aql kuchga ishonish asosiy e’tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.

  3. Insonni ulug‘lash, uning aqliy tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yish.

  4. Universallik - qomusiylik barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyatining muhim tomonlaridan biri edi.

Bu davrmadaniyati umuminsoniy fazilatlar rivoji uchun xizmat qildi. Uyg‘onish davri mutafakkirlari o‘zlarining qomusiyliklari, Ayni bir paytning o‘zida ham faylasuf, musiqashunos, ham mantiqshunos, jamiyatshunos va adabiyotchi, tarixchi, shoir va matematik, xullas ilimning hamma sohalaridan xabardorliklari, ijodning bir necha sohalarida o‘zlarini ko‘rsatganliklari bilan ajralib turadilar. SHarq ulug‘ siymolarining kishini lol qoldiradigan jihatlaridan biri sifatida bir necha tilda bemalol gaplasha olganliklarini ham aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ilm-fan va madaniyatda ular shug‘illangan sohalarni sanab aytib berish osonroqdir. Bundan tashqari ularning ko‘pchiligi fanda yangicha yo‘nalishlarni, yangicha tafakkur uslubini ixtiro qildilar, ilgari hech kim aytmagan YAngi ta’limotlarni maydonga tashladilar va ilmiy asoslab berdilar. Buyuk tafakkur allomalari tomonidan chuqur ilmiy asoslangan g‘oya va ta’limotlar faqat ular yashagan davr ko‘zgusi emas, balki kelajakni oldindan bashorat qilish, tabiiy, ijtimoiy voqea va jarayonlarni oldindan aytib berish nuqtai nazaridan ham bebahodir. Donishmand bobolarimizning ilmiy-falsafiy ta’limotlari umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’limotdir. SHu narsa e’tiborga sazovarki, SHarq mutafakkirlari o‘z davri dolzarb hayotning markazida bo‘ldilar, xalq va vatan manfaatini himoya qildilar. Bu ularning haqiqiy barkamol inson, otashin vatanparvar, xalqparvar va buyuk alloma ekanligining belgisi va bosh sababidir. Ushbu buyuk zotlar,­­­­­­­ qomusiy aql egalari yashagan Osiyoda ilm-fan va madaniyat, falsafa yanada rivojlana boshladi. Bu rivojlanish, to‘xtovsiz takomillashib borish bir necha yillarni o‘z ichiga qamrab oladi va bizning davrimizga etib keldi.48

Xulosa qilib aytganda, islom dinining yoyilishi, markazlashgan Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish Mavoraunnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish-«SHarq Renessansi»-uyg‘onish davrini boshlab berdi. SHarq uyg‘onish davri ta’lim-tarbiya muammolarini tahlil qilar ekanmiz, uni 2 yo‘nalishda-1) qomusiy olimlar ijodiy merosida ta’lim-tarbiya muammosi va 2) sof ta’limiy-axloqiy asarlarda komil insonni tarbiyalash muammolarining hal etilishi orqaliifodalanganini ko‘ramiz. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston FA umumiy yig‘ilishida 1994 yil 7 iyulda so‘zlagan nutqida ta’kidlab o‘tganidek, «falsafa ilmini xususan SHarq falsafasini teran o‘rganish, shu asosda ulug‘ madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish yaqin o‘tmishimizdan qolgan mafkuradan xolos bo‘lish, o‘zimizning asrlar sinovidan o‘tgan, ulug‘ ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy-umumbashariy ruh bilan boyitish hammamizning dolzaryu vazifamizdir».

Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi. Ma’mun ibn Ma’mun Abulabbos (tug‘ilgan yili noma’lum-1017, mart)-Xorazmshoh­ sulolasining uchinchi hukmdori (1009-17). O‘rta Osiyo, SHarq mamlakatlarining bir qancha olim, shoir va yozuvchilarini o‘z atrofiga to‘plagan. Gurganch (Urganch) da «Ma’mun akademiyasi» ga asos solgan. Xorazmda 995-1015 yillarda, ya’ni 22 yilgina hukmronlik qilgan Xorazmshoh Ma’muniylar sulolasi davrida madaniyatga, ilm-fan, adabiyot rivojiga alohida e’tibor berildi. Abu Abbos Ma’mun II davrida Xivada ilmiy markaz-Ma’mun akademiyasi tashkil etilgandan so‘ng uning dovrug‘i o‘z davrida butun SHarqqa yoyildi. IX asr o‘tib ibn Sino, Abu Nasr ibn A’roq, al-Xorazmiy, Qamariy, al-Qosiylar ijod etgan. Bu olimlarning ko‘pchiligi tibbiyot, riyozat, falakiyot, fizika, Kime, hikmat kabi fanlarning rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shib, ularni yangi va yuqori bosqichga ko‘targanlar. Ma’mun Urganchda bir qancha yirik binolar qurdirgan. Ma’mun g‘aznaviyning Xorazmga qlgan yurishi (1017) natijasida bu erdagi olimlarning ko‘pchiligi g‘aznaga majburan olib ketildi, shahar inqirozga yuz tutdi. Saroyda uyushtirilgan suiqasd natijasida Ma’mun o‘ldirildi. 1997 yil 11 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qayta tashkil etish to‘g‘risida» gi Farmoni nihoyatda katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Umuman 1995-97 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti yordamida 3 tomli «Buyuk siymolar, allomalar» kitobi nashr qilindi. Unda IX-XX asr boshlarida yashab ijod etgan xalqimizning 75 nafar olimi, donishmandlari, adiblari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

VIII asr boshlarida Markaziy Osiyo arablar istilosiga uchradi, u arab xalifaligiga bo‘ysundirildi, bu erga islom dini kirib keldi. IX asr boshlaridan boshlab Movaraunnahrda arab yoziuvida yozilgan yodgorliklar vujudga kela boshladi. Arab istilosidan, ya’ni VIII asrdan XX asr boshlarigacha Movaraunnahrda islom dini ta’sirida arab yoziviga asoslangan madaniy-ma’rifiy rivojlanish hukm surdi. M.Xayrullaevning ta’kidlashicha VIII-XX asr boshlaridagi madaniyatni 4 davrga bo‘lish mumkin:


  1. Ilk uyg‘onish davri. IX-XIII asr 20-yillarigacha o‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda arab istilosiga qarshi uzoq davomli kurash natijasida Markaziy Osiyo erlarida tub xalqlarning mustaqil feodal davlatlari vujudga keldi. Ilmiy-madaniy yuksalish Bag‘doddan Movaraunnahr, Xuroson erlariga ko‘chdi. 1220 yilda bu madaniy uyg‘onish-Renessans birdan uzilib qoldi, mo‘g‘illar hujumi bilan Movaraunnahr va Xurosonni vayronaga aylantirdi, olimlar qatl etildi.

  2. ikkinchi uyg‘onish davri Markaziy Osiyoda XIV asr 2-yarmidan boshlab XV asrni o‘z chiga oladi. Temuriylar davri ham shunga kiradi.

  3. Uyg‘onishning uchinchi davri Temuriylar davlatining inqirozi bilan boshlandi. Temuriyzoda Mirzo Bobur XVI asr boshlarida Hindistonda Temuriy davlatini barpo etdi. Markaziy Osiyolik olimlar Hindiston erida ijod qila boshladilar. Mavoraunnahrda esa uzoq yillik feodal urushlar, ikchi nizolar kuchayib ketdi. XVI asr ikkinchi yarmida Buxoro va Xiva xonliklari, XVIII asr oxirida esa mustaqil Qo‘qon xonligi tashkil topdi. Bu notinchlik XVI-XIX asr birinchi yarmigacha iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotga salbiy ta’sir qildi.

  4. Turkiston madaniyatining to‘rtinchi davri XIX asr 60-yillaridan XX asrning 17-yillarigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bu erda Rossiy hukmronligi o‘rnatila boshlandi.

  5. Uyg‘onishning beshinchi davri 1999 yillarda O‘rta Osiyoda, shuningdek er yuzining ko‘plab mintaqalarida boshlandi. Bunda o‘zlikni anglash, tarixni bilishga intilish kuchaydi.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish