Tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularni rag‘batlantiradigan mexanizmning yaratilishi. 2001-yildan boshlab xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirildi. 2000-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun kichik va xususiy tadbirkorlikning rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. Bu xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabi holatlarda o‘z ifodasini topdi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. 2002-yil “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi va Prezident farmoni asosida 2002-yil fevraldan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. - Tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularni rag‘batlantiradigan mexanizmning yaratilishi. 2001-yildan boshlab xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirildi. 2000-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun kichik va xususiy tadbirkorlikning rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. Bu xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabi holatlarda o‘z ifodasini topdi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. 2002-yil “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi va Prezident farmoni asosida 2002-yil fevraldan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |