O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil: - O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil:
- 1.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish.
- 2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori.
- 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi.
- 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
- 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olindi.
- Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |