1-jadval.
Yalpi ichki mahsulot tarkibi. (foiz hisobida).
2006 yil
|
Qishloq xo‘jaligi
|
13%
|
Sanoat
|
26%
|
Xizmat ko‘rsatish
|
61%
|
Qishloq xo‘jaligida yalpi ichki mahsulotning deyarli 13%i yaratiladi. Bu miqdorning 60%dan ko‘prog‘i dehqonchilikda, 37%ga yaqini chorvachilikda (shundan 1,8%i baliqchilikda) va 2,1%i o‘rmonchilikka to‘g‘ri keladi.
Turkiya qishloq xo‘jaligi hozirgi kunda o‘z aholisini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlabgina qolmay, balki chet ellarga ko‘plab xar xil mahsulotlarni, shu jumladan don va don mahsulotlarini, sitrus va mevalarni va har xil qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan konservalarni ham eksport qilmoqda.
Turkiya yerlari notekis va jami maydonning 80 %i tog‘li bo‘lib, tuproq va ekin ekish uchun uncha yaroqli bo‘lmagani uchun ekin ekiladigan yerlar va ayniqsa sug‘oriladigan yerlar nihoyatda qadrlanadi. Shuni hisobga olgan holda Turkiya hukumati 2 mln.ga yaqin yangi yerlarni kelajakda o‘zlashtirish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun yangi suv havzalari, omborlari va boshqa suv inshootlari barpo etilmoqda. Bu borada bizning respublikamiz ancha oldinlab ketganligi ma’lum. Shunday ekan, biz o‘z tajribamiz va xizmatimizni turkiyalik do‘stlarimizga o‘rtoqlashish uchun taklif etsak, har ikkala mamlakat uchun ma’qul ish bo‘lar edi.
Turkiya qishloq xo‘jaligida ham umumiqtisodiyot modeli ziddiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz bu tarmoqda ba’zi xo‘jaliklarda eng yangi agrotexnika va texnologiya yutuqlaridan, vertolyot va samolyotlardan ham keng foydalanilayotganligini ko‘rsak, boshqa birlarida hamon yog‘ochdan yasalgan omoch va ot qo‘shilgan pluglar ishlatilayotganligini ko‘ramiz. 1990 yilda 600 mingdan oshiq yog‘och omoch, 400 mingga yaqin donni ajratadigan yog‘och moslamalar, 600 mingga yaqin ot omochlari bilan bir qatorda, 11,8 ming kombayn, 59 ming samolyot va vertolyot, 79,8 ming yomg‘ir yog‘dirgich uskunalari ishlatilgan.
Biroq bu bizga Turkiya qishlog‘ida bo‘layotgan o‘zgarish, rivojlanish tendensiyasi haqida bahs qilish uchun ham imkon beradi. Yog‘och omoch kabi eski mehnat qurollarini ham miqdor, ham nisbiy jihatdan yil sayin qisqarib borayotganligidan va ular o‘rnini yangi zamonaviy ilg‘or texnika va texnologiya egallayotganligidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda mamlakat qishloq xo‘jalik mashinalari parki 750 mingga yaqin traktor, 12 ming kombayn, 263 ming kultivator, 350 ming separatorlar va shukabi mashina texnikalarga egalar.
Eng muhimi shundaki, bu texnikaning ko‘pgina qismini Turkiyaning o‘z korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Masalan, shu kunlarda Turkiya qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati yiliga 30 mingga yaqin traktor va 30 mingdan ortiq pluglar yetkazib berish, tayyorlash quvvatiga ega. Kimyo sanoati esa 7 million tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqarmoqda. Bular mamlakatning o‘sib boryotgan ehtiyojini to‘liq qondira olmasligi tabiiy.
Lekin bu ishlab chiqarish bazasini Turkiyaning o‘zida yaratilganligi yaqin kelajakda bu ehtiyojni qondiribgina qolmay, balki chet ellarga ham eksport qilish mumkinligiga ishonch tug‘diradi.
80-yillar boshidan qishoq xo‘jaligida o‘tkazilgan iqtisodiy, tashkiliy, xuquqiy o‘zgarishlar, yangi texnika va texnologiya yutuqlarini; mineral o‘g‘it, hashoratlarga qarshi gerbitsid va boshqa kiyoviy yangiliklarni, yuqori hosildor navli urug‘larni va zotdor mollar va parranda turlarini keng joriy qilinishini Turkiya qishloq xo‘jaligida “Yashil inqilobni” amalga oshirish imkonini berdi. O‘simlikchilik va chorvachilik mahsuldorligi deyarli ikki barobarga o‘sdi.
Turkiya hukumati xorijiy kapitalni jalb etishning o‘z siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblab, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarda ilg‘or o‘rinlardan birini egallashdir.
1980 yilgacha mamlakat iqtisodiyotiga 280 mln. AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilgan bo‘lsa, 20-asr oxirlariga kelib ushbu raqam 23,8 mlrd. AQSh dollariga o‘sdi. Turkiyadagi asosiy sarmoyadorlar – Fransiya, AQSh, Niderlandiya, Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Italiya va Yaponiya. Barcha xorijiy qo‘yilmalarning 64,3 %i Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Xorijiy investitsiyalarning deyarli 57 %i – qayta ishlash sanoatiga, 40 % - xizmat ko‘rsatish sohasiga(birinchi navbatda turizm va tijoart ko‘chmas mulkka), 1,7 % - qishloq xo‘jaligiga va 1,1 % - tog‘-kon sanoatiga qo‘yilgan edi.
Jahon banki o‘z e’tiborini 2002 yilda qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish strategiyasi doirasida qishloq joylarini rivojlantirishga qaratgandan boshlab, qishloq joylarini rivojlantirishga qo‘yilayotgan investitsiyalar 2002 yil budjet yilidagi 5 mlrd. AQSh dollaridan 2004 yil budjet yilidagi 7 mlrd. AQSh dollariga yetdi, ya’ni deyarli 40 %ga oshgan. Qishloq joylarini rivojlantirishga qo‘yilayotgan investitsiyalarning uchdan biri infratuzilma sektoriga yo‘naltirigan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi esa barcha kaptallarning beshdan biriga ega bo‘lgan.
Bankning ijrochi direktorlar kengashi tomonidan qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini riojlantirish – “Qishloq joylarida kambag‘al aholini qamrab olish” – strategiyasi beshta asosiy holatlarga asoslanadi. Ushbu strategiya rivojlantirishning yuqori samarsini ta’minlovchi beshta o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Asosiy e’tibor – kambag‘allar. Bank mehnat va yerdan katta daromadni ta’minlovchi kambag‘allarga yo‘naltirilgan qishloq joylarini rivojlantirish dasturini amalga oshiradi.
2. Keng miqyosda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. Garchi qishloq xo‘jaligi qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishni asosiy dvigateli hisoblansada, shuningdek Bank rivojlanishni jadallashtirishda nofermer iqtisodiy faoliyat ahamiyatini va xususiy sektor rolini tan oladi.
3. Qishloq joylaridagi barcha muammolarni xal etish. Bank uzoq muddatga mo‘ljallangan sektorlar o‘rtasidagi yondoshuvga o‘tadi, ammo bir vaqtning o‘zida avvalgi barcha manfaatdor tomonlarning qiziqishlarini qamrab ola olmagan “yuqoridan pastga” yondoshuvining kamchiliklarini bartaraf etish bilan ham shug‘ullanadi.
4. Barcha manfaatdor tomonlar birlashuvini shakllantirish. Bank dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishida barcha manfaatdor tomonlarni keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlaydi.
5. Mijoz – mamlakatdagi global vaziyatlar bilan bog‘liq muammolarni xal etish. Bank rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lgan xalqaro global muammolarga katta e’tibor qaratadi. Masalan, savdo siyosati masalalari, qishloq xo‘jaligi subsidiyalari va global iqlim o‘zgarishlari.
XULOSA
Darhaqiqat, biz o‘zimizning iqtisodny rivojlanish modelimizni yaratishimiz va unda eski aravani qayta ixtiro etmay, undan foy- dalanishimiz, eng foydali, biz uchun ma’qul bo‘lgan jihatlarini qabul qilishmiz, ilg‘or- ‘lar tajribasiga tayanishnmiz lozim.
Shuning uchun u yoki bu darajada rivojlangan va umu- man e’tiborga loyiq bozor iqtisodiyotining barcha modellarinn o‘rganish, chuqur tahlil etish va to‘g‘rn, ob’ektnv xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Bu borada respublikada keng va izchil ish- 'lar amalga oshnrilmoqda. Respublikamiznnng taniqln iqtisodchilarn, olimlari chet ellar- da bo‘lib, ularning bozor iqtiyoodiyoti tajri-basi bnlan yaqindan tanishmoqdalar.
Respublikamnznnng bir guruh yettakchi iqtpsodchi olimlari Turkiyada bo‘lib, u yerda ko‘plab xoldinglar, firma- lar, birjalar, fermer xo‘jaliklarida
bo‘lib, Turkiya modeli asoslarini o‘rgandilar va bozor nqtnsodiyoti xususiyatlarinp tahlil qildilar.
Biz uchun Turkiya tajribasi qo’l keladi.
Lekin Turkiyaning o‘z muammolari ham bor. Mamlakatnnng tog‘lik yerda joylashganligi qnshloq xo‘jaligining rivojlanishida bir muncha qiyinchilik tug‘dirardi.
Foydali sazilmalarinnng yetarli darajada tadqiq etilmaganligi esa ko‘pgina sanoat tarmoqlarining tezroq rnvojlanishiga halaqit bermoqda.
Bu model G‘arbning rivojlangan mamlakatlari ilg‘or tajribasini o‘zida o‘zlashti- rib aqs ettirish va singdirish bilan birga, jahon iqtisodiyotidagi ilgor g‘oya va amaliyot- ni ham o‘z ichnga olgan.
Bu borada Turkiyada 60-yillardan boshlab rejalashtirish yo‘lga qo‘yilganligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishda uning njobiy rol o‘nnaganligini ta’kldla- moq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |