Turistik resurs, ob’ekt - (qo‘riqxona, tarixiy, madaniy obida, arxeologiya va hokazolar)ga turist har taraflama o‘ng‘aylikda boradigan va mazmunli dam olish, qoniqish olgandan keyin, asta – sekinlik bilan turistlar oqimini o‘ziga jalb qila boshlaydi.
Respublikamizdagi barcha turistik resursga – ob’ektga-manzilumakonga-maskanga yo‘l bor. Bu yo‘llar asfaltli, toshli, mahalliy tuproq yo‘llari, so‘qmoqlar va hakozo ko‘rinishlardadir. Bu holat inkor qilinmaydi.
Lekin, bu yo‘llarni turistik marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik resursda turistlar soni ko‘payishi mumkin. Turistik resursga hozirgi yo‘llar bilan ham turistlar olib boriladi. Lekin bu yo‘lda turistning erkin harakatlanishi, u hoxlagan vaqtda to‘xtashi, qiziqib qolgan yo‘lbo‘yi «ob’ektlar»ga ekskursiyaga chiqishni talab qilishi, yoki choy ichib dam olishni hoxlashi mumkin.
Turistik marshrut qayd qilingan, kutilmagan «taklfilar»ning bajarilishi yoki «xizmatlar» majmuasi a’lo darajada kafolatlanishi uchun ham turistik marshrutlar deyiladi. Turistlarning barcha ehtiyojlarini, talablarni bajarishda foydalanadigan yo‘llar turistik marshrutlar yoki turstik yo‘llar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |