Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlarga 1490-1504 yillardagi Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi, Vasko da Gama, Jeyms Kuk, David Livingiston, Afanasiy Nikitiy, D.Tasman, Mikluxo Maklay, D.Dikson va boshqa sayyohlar ochgan marshrutlar kiradi.
Yangi zamonaviy marshrutlar Yevropada va Amerikada dastlabki avtomobillar, poyezdlar va samolyotlar, bug‘ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilingan 17-18 asrlar to‘g‘ri keladi.
O‘zgartirilgan marshrutlarni inson o‘zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan geografik relf shakllari o‘zgarganidan keyin o‘zgartiradi. Albatta, yangi yo‘l oldingisiga (eskisiga) qaraganda o‘zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun ko‘plab sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi.
O‘zgartirilgan marshrutlar ko‘pincha davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy me’yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Xudi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar yangi shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Sanoat ob’ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo‘riqxonalarining tashkil qilinishi ham ko‘pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |