II BOB O’zbekiston Respsiblikasi qonun va qarorlarida turistlar hayoti xavfsizligini ta’minlash
2.1 Turistlarning xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari
Turizm sohasida ta’lim olayotgan barcha talabalar va mutaxassislar O’zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun moddalarini yaxshi
o’zlashtirishi va mukammal bilishi o‘rinli bo’ladi.
Ushbu qonunning 18-moddasi: «Turistiarnmg xavfsizligi kafolati» O’zbekiston Respublikasi hududida turistlarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi manfaatdor vazirlikiar va
idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha turistlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta’minlash mintaqaviy dasturlarini
ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar. Turistik faoliyat subyektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ular jarohatlanganda,kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy va o‘zga xil yordam ko'rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.
19-moddasi: Turistlarning xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari. Turistik
faoliyat subyektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
• turistlarning safarda xavf - xatardan xoli bo’lishlari uchun shart-sharoitni, safar, sayr, ekskursiya yo’llari, musobaqalar o‘tkaziladigan joylaming xavfsizligini ta’minlashlari;
• turistlarga jarohatlanish va baxtsiz hodisalardan saqlanish hamda ulaming oldini olish usullarini o'rgatishlari, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan yo‘l-yo‘riq berishlari, shuningdek, belgilangan yo‘nalishning xususiyati va turistlarning
xatti-harakatiga bog'liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf manbalarihaqida ulaming o‘zini xabardor qilishlari;
• turistlarning sayohatlar, safarlar, musobaqalar, boshqa turistik tadbirlarga tayyor-garligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari;
• falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatishlari;
• avtomobil, tog‘-chang‘i, velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‘or turizmi va
turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish va o‘tkazishda xavfsizlikning
alohida talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart. 20-moddasi: «Turistlami sug’urta qilish». Turistlami sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat subyektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkiiotlari bilan tuziiadigan bitimlar asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi Qaroriga1 muvofiq, quyidagi moddalar turistiaming hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan:
xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish;
ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan
holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayohat qilishni ta’minlash;
belgilangan yo‘nalishning xususiyati va turistlaming xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ulaming o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash;
qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el turistlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O’zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar, odatda, faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o‘ylashadi. Biroq turist o‘z davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibgamsolib turadigan sanitar - epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’tirozlar bo’lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko'ngilsizliklardan saqlaydi. Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy belgilangan tartibi ham, xorijga safar chog’ida sug‘urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrofmuhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng ommaga deyarli noma’Ium shartlari va qoidalari ham mavjud.
___________________________
«O’zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning ayrim masalalari
to‘g‘risida» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil l6-artdagi 53-sonli Qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |