Kurs ishining vazifasi: Turizmdagi xalqaro huquq-me’yorlarini qabul qilgan mamlakatlarda turistlar ana shu huquq-me’yorlarga ishonib, suyanib erkin harakat qilishadi. Shu bilan birga, turizm rivojlanishida turistlik oqimlarning muayyan davlatda yoki davlatlarda ko‘payishi turizmdagi xalqaro tashkilotlarning faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Har bir davlatda, shuningdek xalqaro miqiyosda turizmni tashkil etishning eng hisoblanadi. Turistlarning hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish kafolati xalqaro miqiyosda va davlatlar hududlarida harakatlanish xavfsizligidagi juda ko‘p majmuali tadbirlarning qonun himoyasida ta’minlanishni talab qiladi Mamlakatimizda turistik salohiyatni yuksaltirish, turistlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yil 23-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “ Turistlar xavfsizligini ta’minlashning qarori”ga muvofiq turistlar oqimi yuqori bo‘lgan.
Kurs ishining maqsadi: Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarining turizm obyektlarida va infratuzilmasi hududida turistlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berildi.Ta’kidlanganidek, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 47 davlat va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyurgan 313 delegatsiyani kutib olish, ularning xavfsizligini ta’minlash va kuzatish bilan bog‘liq tadbirlar tashkil etilgan.
Kurs ishining metalogik asoslari: Turistlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va xavfsizlik choralarini kuchay tirish masalalari yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga 105 taklif va taqdimnomalar kiritilgan, ularning 18 tasi ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlariga, 42 tasi mahalliy hokimiyat organlariga, 45 tasi boshqa davlat organ va tashkilotlariga yuborilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning joriy yil 6 martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra turistik salo-hiyati yuqori bo‘lgan Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrining ichki ishlar organlari tarkibida ham xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil qilindi, – deydi Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori, polkovnik Sarvarbek Usmonov. – Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun barcha boshqarmalar zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlandi. Jumladan, alohida belgilari bilan ajralib turuvchi avtobus, yengil xizmat avtomashinalari, motosikl, skuter, segvey hamda planshetlar bilan ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |