Biologik omillar
Yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish — juda xavfli hisoblanadi. Tropik iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda tarqalgan yuqumli kasallik-larga qarshi boshqa iqlim mintaqasidan kelgan turistlaming bu yerda tarqalgan xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi immuniteti yetarli bo’lmaydi. Sariq kasal, bez-gak, tifva boshqa kasalliklarni yuqtirib olish xavfi vujudga keladi. Buning oldini olish uchun har xil profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi, turistlarni emlash va maxsus shifokor ruxsatnomasini olishi zarur bo’ladi. Bunday ruxsatnomasiz mamlakatga kiritilmaydi (ba’zi hollarda ularga aviachipta ham sotilmaydi). Bunday talablar ko‘proq Afrika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo mamlakatlariga borilganda juda muhim hisoblanadi. Shuni ta ’kidlab o ‘tish Iozimki, yuqumli hududlar xarita-sida, sariq kasalligini yuqtirib olish xavfi bor davlatlar jumlasiga Gretsiya kiritil-
gan, xolera kasalligi bor hududlarga Povolje va Odessa hududi kiritilgan. Turist-larga umumiy ovqatlanish muassasalaridan tashqaridagi oziq-ovqat, mahalliy savdo shoxobchalaridan sotib olingan, ishlov berilmagan, xom mahsulotlarni va ayniqsa ko‘chada sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish tavsiya etilmaydi.
Ovqatdan zaharlanish oqibati — odatda juda ham og‘ir bo‘ladi.
Hasharotlaming, xatarli hayvonlaming chaqishi — xavfni yuzaga keltiradi. Bu
xavf aholi yashash joyidan tashqariga — changalzorlar, o‘rmonlarga uyushtirilgan
ekskursiyalarga borilganda yanada yomon oqibatlarga olib keladi. Ob-havosi issiq
mamlakatlarda suv havzalarida cho‘milish mumkin emas, plyajda xatarli infeksiyani yuqtirib olish mumkin.
Shaxsiy xavfsizlik va xavfsizlik buyumlari
Turistlarga o‘g‘rilarning tajovuz qilish hollari tez-tez uchrab turadi. Ular firibgarlarning, ko‘cha va cho‘ntak o ‘g‘rilarining diqqat markazida bo’lishadi. Shuningdek, turistlar terroristlar uchun qulay hujum qilish obyektlari hisoblanadilar.
Rio-de-Janeyro (Braziliya)da politsiya vakillari turistlarga ularning vazifalari
ro‘yxatini taqdim etadi. Bu ro‘yxatda: turistlarga yolg‘iz sayr etish, qo‘riqlanayot-gan plyaj va hududlardan ikki kvartal uzoqqa ketish, taqinchoqlar taqish (uzuklar, ziraklar, zanjirlar), ko‘p pul olib yurish, pulni mehmonxona xonasida qoldirish, umkalarni yerga qo‘yish, fotoapparat va videokameralarni stolga qo‘yish tavsiyaetilmaydi. 1998-yili rus turistlaridan eng zamonaviy shovqinli plyajda o‘g‘rilar 400 AQSH dollarini olib qo‘yishgan. Boshqa bir holatni oladigan bo‘lsak, mehmonxonaga kirayotgan turistning qo'lidan videokamerasini bir o‘g‘ri olib qo‘yadi, turist qarshilik ko‘rsatganida, uni pistolotda otib qo‘yadi va ko‘zdan g‘oyib bo’ladi. Ispaniyada turistlar mavsumi kelganda, o‘g‘rilar turistlami talashadi. Turistlar O’rta Yer dengizi atrofida joylashgan kurortlaiga borishganda, ular kredit karta yoki yo‘l chiptalaridan foydalanishmaydi, balki o‘zlari bilan katta miqdorda naqdpul olib borishadi. Shuning uchun ham bu yerda mehmonxonalami tunash keng yoyilgan. Rossiyada ham bunday ishlar bo’lib turadi. Hatto shaharlarning markazlarida ham turistlar to‘la xavfsizlikda bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida
jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni
ta’minlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlardagi holat va vaziyatni
monitoring qilish, kelib tushgan ma’lumotlar tahlili asosida vaziyatning kelgusi
rivojlanishini prognoz qilish;
transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish; transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda huquqbuzarlik holatlari, tabiiy va texnogen tusdagi hodisalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor va samarali choralar ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar to‘g‘risida Bosh boshqarma Navbatchilik qismini
tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni
ta’minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markazni tashkil etish
bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) 1 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda
xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Situatsion-tahliliy markazining nizomini
tasdiqlasin;
b) 2021-yil 1-yanvarga qadar:
transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videoregistrator (bodikamera)lar bilan ta’minlasin; transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlarini qidiruvdagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan dasturiy ta’minotga ega planshetlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyala-
rini rivojlantirish vazirligi Markazni transport va turizm obyektlari hamda ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan boshqaruvini
amalga oshirish uchun zarur yuqori tezlikdagi aloqa transport kanallari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |