NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
To’raqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli
19-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi
IMOMNAZAROVA XURSANOYNING
7-sinf o`quvchilariga ona tili fanidan
“YUKLAMA” mavzusida yozgan bir soatlik
Muallif: 19-umumta’lim maktabivv ona tili va adabiyoti
fani o’qituvchisi: Imomnazarova Xursanoy
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Yuklama.
|
Maqsad Vazifalar
|
Maqsad:Yuklama,ularning turlari haqida nazariy bilim berish. .Imlo savodxonligini oshirish Bilim malaka va ko’nikmalarini mustahkamlash.
Vazifalar: O’quvchilarda ona tili faniga hurmat ruhini shakllantirish .Darsda qo’llanilgan turli usullar orqali berilgan topshiriqlarni o’quvchilar tomonidan guruh holatida ishlab, do’stona munosabatni ,o’zaro hurmat fazilatlarini shakllantirish Javoblarni nazorat qilib baholash.
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
Yuklama haqida ,ularning turlarini bir-biridan ajrata olish, nutqda qo’llashni bilish,,ularning imlosi haqidagi ma’lumotlarni bilish.
|
O’quv jarayoni amalga oninioshirish texnologiyasi
|
Uslub:Tezkor savol-javob,”Aqliy hujum”,”Kimning guli ko’p ochiladi?” o’yin ,”Chalkash jadval”.
Shakl:guruhlarda ishlash.
Vosita:darslik,ko’rgazmalar,tarqatmali testlar,gulqog’ozlar,rag’bat
Nazorat:savol-javob.
Baholash:5 balli tizim
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: Dars mavzusini ochib beruvchi nazariy bilimlarni 45 daqiqa davomida barcha o’quvchilarning o’zlashtirilishiga erishish.O’quvchilar faolligini oshirish.O’quvchilarning ona tili faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish,o’quvchilarning javoblarini munosib baholash, mavzuni mustaqil o’rganish ,xotirada saqlash,ma’lumotlarni boshqalarga ham yetkazishga erishish. bilimlarini mustahkamlaydi,yangi mavzuga tegishli bo’lgan nazariy bilimlarni puxta egallash,yakka va guruh bo’lib ishlash,nutqni rivojlantiradi, fikrlash qobiliyati kengayadi,ifodali o’qish malakasini oshiradi.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’rganish,ular asosida o’z ustida ishlash .Nazariy bilimlarni o’rgatishda yangi –yangi uslubni yaratish,samaradorlokni oshirish.
.
O’quvchi:mustaqil ishlashga o’rganadi ,o’z fikrini chiroyli va ravon bayon qila olishga intiladi, qo’shimcha manbalarni izlaydi.Do’stona muhitda hamkorlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi
|
Darsning mavzusi: Yuklama
Darsning ta’limiy maqsadi-yuklama haqida nazariy ma’lumot berish,savodxonlikni oshirish, bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, yuklamalrda nurqda foydalanishni o’rganish;
Darsning tarbiyaviy maqsadi-o’quvchilarni vatanga muhabbat,yurtga sadoqat, istiqlolga e’tiqod, hamjihatlik, do’stona munosabat, buyuk ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi-o’quvchilardagi yuklama haqidagi nazariy bilimlarini , imlo savodxonligini rivojlantirish.
Darsning jihozi-tarqatmalar, ko’rgazmalar, notbuuk, proyektor, monitor.
Darsning uslubi-guruhlarda ishlash, aqliy hujim, FSMU.
Dars turi –yangi bilim beruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |