Tuproq hayvonot olamining guruhlari bo‘ycha shakli (uzunligi)
Qabul qilinganki, tuproqning ustki qismi asosan minerallardan (93 %) va organik moddalardan (7 %) iborat. O‘z navbatida organik moddalarning 85 % o‘lik organikdan, o‘simlik ildizi-1 % va edafondan (5%) iboratdir. Edafon tuzulmasiga bakteriya va aksinomitsetlar (40 %), zamburug‘ va suv o‘tlari (40%), yomg‘ir chuvalchangi (12%) va 5%i mikrofaunadan, 3%i mezofaunadan iboratdir. Bir gektar maydon tuprog‘ida bakteriyalar massasi 10 tonna, mikroskopik zamburug‘lar ham 10 tonna, sodda hayvonlar 370 kilogramni tashkil qiladi. Bir gektar maydon xaydalma tuprog‘ida 250 ming yomg‘ir chuvalchangi (50-140 kg), yaylovda 500-1575 ming (1150 dona 1580-122) pichanzorda esa 2, 5-6 ming dona chuvalchang bo‘ladi. (2 tonna), Biosferadagi hayvon organlari orasida tuproqda yashovchi xayvonlar og‘irligi eng yuqori biomassasiga egadir. Ma’lumotlar ko‘rsatishicha agar 1 gektar erda 300 kg tuproq faunasi bo‘lsa, 80 mln kilometr kvadrat yuzasi tuproq qatlamida 2,5 milliard tonnaga etadi. (Dyuvino Tong, 1973).
Tuproq faunasining faoliyati (pedofauna) shundan iboratki, avvalo ular organik massani chiritish (asosan yomg‘ir chuvalchangi) va bu birikmani bakteriyalar, aktinomitsetlar, tuproq zamburug‘lariga tayyorlaydi, ular minerallariga aylanadi natijada o‘simliklar uchun yana o‘zlashtirishga olib keladi.
Tuproqdagi organizmlar doimiy ravishda o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishadi, ular dinamik tarzda ishlashadi, yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi, ulardan ba’zi guruhlari o‘ta faol fermatativ apparatga egadir, Tashqi muhitga turli zaharli (toksin) moddalarni ajratib turadi. Demak; tuproq (biotasi) uni unimdor bo‘lishida, uni sog‘lom xolatda saqlanishida sirfati qishloq xo‘jalik maxsulotlari olishda atrof muxitni muxofazasida o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Umuman tuproq (PBK )-TBM sining ahamiyati, beqiyosdir. Barqaror va maxsuldor agroekosistemani tashkillanishida biosferani ifloslanishini oldini olishda katta birinchi qatorda turadi.
Turlicha ekologik muhitda TBM struktura tuzilishi haqida.
Tuproq-biosferani bir qismidir, unda turlicha ekologik omillar xarakatda bo‘ladi. SHuning uchun tabiatda turli tip va ko‘rinishdagi tuproqlar hosil bo‘ladi. Ulardagi biologik jarayonlar ham o‘zgarib turadi. Masalan, janubdagi tuproqlarda, ya’ni, etarli xarorat namlik, ozuqa bo‘lishi tufayli yuqori faol biologik xossalari bilan shimol tuproqlaridan ustun turadi (shimolda chegaralovchi omil xarorat, tuproq hosil qiluvchi ona jins etishmaydi) boshqacha qilib aytilganda turli ekosistema har hil tuproq organizmlarini tarkib topishda muhim omil hisoblanadi, natijada unumdorligi jixatdan farq qiladigan tuproqlar vujudga keladi, ularda noqulay omillarga bardoshlilik turli yo‘nalishda tarkib topgan. Masalan: qora tuproqlar o‘zining yuqori hosil berishi hamda taksikont-zaxarli moddalarga chidamliligi bilan boshqa tuproqlardan farq qiladi. SHimoldagi padzal tuproq turlari unumdorligi ancha past va antropogent ifloslanishiga chidamsiz bo‘ladi. Tuproq tiplari va uni madaniylashgan xolatiga ko‘ra bu farqlanish ancha diapazonda o‘zgarib turadi, undagi biotlar sonini belgilaydi. Eng ko‘p sonli mikroorganizmalar qora tuproqda hamda ba’zi kashtan tuproqlarda bo‘lishi aniqlangan. Kog‘ozga chizilsin Sug‘ariladigan bo‘z tuproqlar ham yuqori darajadagi organizmalar soniga egadir. Bu tuproqlardan shimol va janubga siljigan sari mikroblar gurug‘i kamayadi. Mikrobiotlar va ozuqalar serob qavatda yuqori darajada shakllanadi, faoliyati tez o‘taydi yoki unumdorlik darajasi bilan biotlar rivoji chambarchas bog‘liqdir.
Turlicha ekosistemada mikroorganizmlar faoliyati tuzilishi o‘zgarganligi uchun unumdorlik xossalarini o‘zgarib turishiga olib keladi, undagi biokimiyoviy jarayonlarni sekin yoki tezlanishiga sabab bo‘ladi Masalan, shimoliy ekosistemada biologik moddalar almashinuvida zamburug‘lar guruhi faol bo‘lsa, janubda mikroblar senozida bakteriya va aktinomitsetlar faollashadi, son jihatdan hilma-hildir.
Turlicha ekosistemalar shakllanishida mikroorganizmlarning turlarini o‘zgarishi muhimdir. Agar ekosistemani minerallashuv jarayoni sekin o‘tadi.
SHunday qilib tuproqdagi mikrobiosenozi faoliyatiga qarab (ularni turlariga qarab) tuproq hosil qilish jarayonini faoliyatiga baho berishi mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |