Mavzu: Tuproqni kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar.
Reja:
Yer-tuproqning ahamiyati.
Tuproq hayvonot olamining guruhlari bo‘ycha shakli (uzunligi).
Turlicha ekologik muhitda TBM struktura tuzilishi haqida.
Tuproqni kimyoviy ifloslanishi.
Yer-tuproqning ahamiyati.
Tuproq-Yer qobig'ining yuza qismidagi yupqa (bir necha mm dan 1,5-2 m qalinlikdagi), g'ovak, zarrachalardan iborat hosildor qismidir. Tuproq mustaqil murakkab tabiiy jism bo'lib, u atmosfera, litosfera va biosferaning o'zaro va bevosita tutashgan joyida fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida ma'lum vaqt mobaynida hosil bo'ladi.
V. V. Dokuchayev tuproq deb yer yuzasining tuproq hosil qiluvchi omillar ta'sirida o'zgargan ustki qatlamini aytgan. Tuproq yerning o'lik jinslari, yomg'irlar, relyef, iqlim, tirik organizmlar (o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar)i va insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida paydo bo'ladi, rivojlanadi. Tuproqning hosil bo'lishida suv juda katta rol o'ynaydi. Uning tuproqqa ta'siri juda xilma-xildir.
Tuproq hosil bo'lishida iqlim sharoiti, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Tuproq hosil bo'lishida o'simliklar, bakteriyalar, zamburug'lar hamda hayvonlarning ishtiroki kattadir. O'simliklar ildizi orqali tuproqdan mineral moddalar va azot oladi, so'ngra bu moddalar o'simliklarning chirigan qismi bilan birgalikda tuproqning yuza qatlamlarida to'planadi. O'simlik ildizlari tuproqning ostki qatlamlaridagi namlikni tortib chiqaradi, bunda suv bilan birga erigan birikmalar ham yuqoriga ko'tariladi. O'simlik ildizlari tuproqni yumshatadi, uning strukturasi va boshqa xossalarini o'zgartiradi. O'simliklar qoldiqlari tuproq chirindisining asosiy manbaidir. Bakteriyalar va zamburug'lar ta'sirida tuproqdagi murakkab organik birikmalar nisbatan oddiy birikmalarga parchalanadi. Shu bilan birga bakteriya va zamburug'lar ta'sirida hosil bo'lgan organik kislotalar o'z navbatida, tuproqdagi mineral birikmalarni reaksiyaga kiritib, yangi birikmalarni sintez qilishda ishtirok etadi. Tuproq hayotida mikroorganizmlarning roli g'oyat katta. V.A. Kovda ma'lumotiga ko'ra, tuproqdagi mikroblar massasining yillik dinamik zaxirasi yer ustidagi fitomassaga barobar yoki undan 1,5-2 hissa ko'pdir. Qora tuproqlar, bo'z va madaniy tuproqlarda organizmlar biomassasi yiliga 20-50 t/ gacha yetadi. Tuproqdagi chuvalchanglar va hasharotlar organik moddalarni parchalab, ularning tuproqning mineral qismlari bilan aralashishiga imkon beradi.
Tuproq hosil bo'lishinieg cng muhim omillaridan biri insonning xo'jalik faoliyati, ya'ni o'rmonlarni kesib, o'tloq yoki ekinzorga aylantirish, yaylovda mol boqish, tuproqqa o'g'it solish, yerlarni sug'orish yoki quritish va boshqalar hisoblanadi. Bularning hammasi tuproqning tarkibi va xossalariga keskin ta'sir ko'rsatadi.
Tuproq tarixiy jarayonda hosil bo'lgan murakkab tabiiy jism bo'lib, u turg'un va inert massa emas, balki o'zgaruvchan-dinamik hosiladir. Tuproq o'ziga xos murakkab, sekin o'zgaruvchan muhit bo'lib, unda to'xtovsiz ravishda organik moddalarning sintezi va parchalanishi, oziq elementlarning aylanib yurishi sodir bo'lib turadi.
Bizga tuproqshunoslik fanidan ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishida o‘simlik va mikroorganizmlar ham faol ishtirokchilardan biri bo‘lib, boshqa omillar bilan chambarchas bog‘lanadi, shundagina u ekologik muhit hisoblanadi. Tuproq murakkab tizim bo‘lib, uning asosiy komponenti (ishtirokchisi) unda yashovchi tirik organizmlardir. Bularning faoliyatiga qarab undagi biologik, faollik, uni kechish tezligi, atmosferadagi erkin azotni (asosiy biogen element) o‘zlashtirib olishi, tuprqni o‘zini-o‘zi tozalash xususiyatlari kabi ko‘rsatkichlar organizmlar faoliyatiga bog‘liqdir.
Tuproq hosil bo‘lishida biologik omillar ahamiyati haqida M.V.Lomonosov o‘zining “Yer qavatlari haqida” (1763 yil) yozganidek, qora tuproq o‘zi hosil bo‘lmay hayvonot olami hamda unda o‘sgan organizmlarfaolligi natijasidir deb ta’kidlashgan edi. V.V.Dokuchayev esa tuproqni aloxida tabiiy tana deb atagan, u birinchi bor mikroorganizmalar tuproq hosil qilishda asosiy vosita deb takidladi. Tuproqning turli (fraksiyali) tuzilishi (loyqa, qum, tosh, kolloid) uni shimib (o‘zlashtirib) olish yuzasini belgilab beradi. Har xolda ko‘plab fizik, ximik, biologik, mikrobiologik jarayonlar tuproqdagi to‘planayotgan turli moddalarni ayniqsa, zaharli moddalar o‘simlikka o‘tishini sekinlashtiradi yoki uni eritib yo‘qotishiga olib keladi.
Agrotsenozdagi tuproq biotik majmuasi (pochvennobioticheskaya sistema) yoki PBK moddalarni bir xildan ikkinchi xilga o‘tishida muhim biologik o‘ringa ega. Chunki, bu jarayonda enargiya hosil bo‘lish bilan birga organik qoldiqlar bir turdan ikkinchi turga o‘tadi, ya’ni moddalar almashinuvi sodir bo‘ladi. V.V.Vilyams (1947) aytganidek bu jarayonsiz tuproq unimdor bo‘la olmaydi.
PBK yoki TBM og‘irligi buyicha ancha massaga ega va organizmlar soni jihatidan juda hilma-hildir. Bir gram (g) tuproq o‘rtacha (hamma tipdagi tuproqlar bo‘yicha) 3 mln. donadan 90 mln. gacha bakteriya, 0,1 mln dan 35 mln-gacha aktinomatsetlar, 8 mln.dan 10 mln-gacha mikroskopik zamburug‘lar, 100 minglab suv o’tlari, 1,5 - 6 mln.sodda hayvonlarni ushlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |