O’RMON O’TLOQ G` TAYGALI O’RMON G` MINTAQA TUPROQLARI. - Bu zonada podzol, chimli, botqoq tuproq hosil bo’lish protsessi ro’y beradi. Bu protsesslar mustaqil xolda yoki birgalikda ro’y berishi mumkin. Zonaning umumiy maydoni 7444,7 ming kv.km. ni tashkil etadi.Iqlim xususiyatlariga ko’ra bu zona mo’'tadil sovuq iqlim poyasiga kiradi.Yillik o’rtacha temperatura Evropa qismida Q40S, sharqiy Sibirda -7-160S, uzoq sharqda esa Q7,50S atrofida bo’ladi. Yog’in suvlari miqdori 350-700 mm.O’simliklar asosan o’rmon daraxtlaridan hamda o’tloq va botqoq o’to’mliklaridan iborat
O’RMON - DAShT VA DAShT MINTAQA TUPROQLARI. - Yer sharida bu mintaqa 1201,5 ming kv.km ni tashkil etadi.Mintaqalar o’simliklari asosan o’tloq-dasht o’simliklaridan , Evropa qismi emanli, Sibir qismi esa asosan o’tloq dasht o’simliklaridan, Evropa qismi emanli, Sibir qismi esa qayinli ormonlardan iborat. Sur tusli o’rmon tuproqlari ko’proq lyos va lyossimon qumoqli jinslardan hosil bo’lgan.
QURUQ DAShT VA ChALA ChO’L MINTAQALARI TUPROQLARI - Quruq dashtda zonal tuproqlar xolida kashtan tuproqlar tarqalgan. Ularning maydoni 2687,6 ming kv.km.Kashtan tuproqlar mintaqasi quruq kontinental iqlim sharoitlariga ega. Mintaqaning sharqida yillik o’rtacha temperatura 2-30S, g’arbda esa 90S atrofida, yanvar temperaturasi -5-250S, iyuolniki esa Q25Q260S. Yillik yog’in miqdori 200-400 mm atrofida.
ChO’L MINTAQASI TUPROQLARI - Bu mintaqa chala cho’llar mintaqasining janubida joylashgan bo’lib, O’rta Osiyo va Qozog’istonning anchagina keng territoriyalarni egallaydi.Mintaqa o’zining juda quruq va issiq iqlimi bilan ajralib turadi.Yillik o’rtacha temperatura 15-200S, anvar temperaturasi zonaning shimolida -5-150S , janubida -1-50S, iyulniki esa shimolda
- 23-260S, janubda 26-320S atrofida.Yillik yog’in suvlari miqdori zonaning turli joylarida turlicha bo’lib, 75 mm dan 200 mm gacha etadi.Mintaqa relefi ancha notekis bo’lib, ko’pchilik territoriyasini Turon pasttekisligi ishqol etgan.
- Tarkibida suvda eriydigan tuzlarni saqlagan barcha tuproqlar sho’rlangan tuproqlar hisoblanadi. Sho’rlangan tuproqlar asosan quruq va issiq iqlimga ega bo’lgan janubiy rayonlarda tarqalgan. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi Vazirligining ma'lumotiga ko’raRespublikamizdagi jami sug’oriladigan erlarning xajmi 4220 ming gektar bo’lib, ularning yarmi (2110 ming ga) turli darajada sho’rlangan.
- O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekiston qishloq xo’jaligi juda uzoq tarixga ega.Bundan bir necha ming yillar ilgari xam ota-bobolarimiz qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini oshirish dehqonchilik ishlarini yaxshilash ustida tinimsiz izlanish olib borganlar.Eramizdan avvalgi U1-1U asrlarda quyi Amudaryo, quyi Sirdaryo, Zarafshon daryosining etaklarida Farqona vodiysida katta maydonlarda Sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanishgan
- Taksonomik birliklar- (lotincha taxis ketma-ket joylanish va nomos qonun)- tuproqlar sistematikasi va klassifikatsiyalarini tuzishda
- bir-biriga bo’ysungan tabaqalangan gurux birliklari tizimi. . Gorizontal mintaqa-tekislikda ekvatordan qutbga tomon bir xil tabiiy sharoitlarga ega bo’lgan va juda keng maydonlarni egallagan xudud. (zona) . Vertikal mintaqalanish-toq etaklaridan toq cho’qqilariga tomon ma'lum balandliklarni egallagan holda yuzaga kelgan mintaqalanish. . Introzonallik - mintaqa holida tarqalishni inkor etgan holda joylanish.
- Agroirrigatsion qatlam - qadimdan sug’orilib dehqonchilik qilinib kelinayotgan erlarda tuproqqa berilayotgan sug’orish suvlari bilan oqizilib kelingan va o’g’itlash tufayli tuproqqa tushayotgan mahsulotlar hisobiga shakllangan madaniy qatlam. . Galofitlar- kuchli sho’rlangan tuproqlarda o’sadigan o’simliklar(sho’ralar, shuvoq .Dezagregatsiya- tuproq agrotexnikalarini ya'ni struktura bo’lakchalarini buzilishi. .Kollektor- zovur tarmog’ida to’rlanadigan suvlarni qabul qilib melioratsiya qilinayotgan maydon chegarasidan chiqarib yuboradigan ochiq kanal .
Do'stlaringiz bilan baham: |